87
Ta’limni isloh qilish to’g’risidagi qonun (1988yil)da belgilanishicha ta’lim
masalalari bo’yicha davlat sekretari shaxsi ta’lim mazmuniga
davlat talabini va
barcha uchun majburiy bo’lgan ingliz maktablari uchun o’quv predmetlarini
belgilaydi deyilgan.
1
Qonun maktabda o’rganish uchun o’n bitta majburiy bo’lgan predmetlarni
belgiladi: 3 ta predmet «Yadro»
hisoblanadi, ya’ni matematika, ingliz tili,
tabiiy
fanlar, shuningdek, din, tarix, geografiya,
texnologiya, musiqa, san’at, jismoniy
tarbiya va chet tili (o’rta maktabda)lar ham mavjud edi.
Angliya Ta’lim va Fan Departamenti tomonidan «Ta’limni isloh qilish
to’g’risida»gi
qonun qabul qilingach, asosiy predmetlar uchun komissiya tuzildi.
Komissiya tarkibida predmetchilar, o’qituvchilar, shuningdek, qo’shimcha
guruh
mutaxassislari faoliyat yuritishdi.
90-yillarning boshida umummilliy ta’lim standarti va o’quv rejasi zarurligi
ma’lum bo’ldi.
To’liqsiz o’rta maktablarning yuqori sinflari uchun majburiy predmetlarni
o’qitishga o’quv vaqtining 85% i ajratilgan.
1
Keyinchalik o’qituvchi pedagoglarning tanqidi va talablari asosida majburiy
predmetlar uchun ajratilgan vaqt 70-75% ga qisqartirilgan.
Angliyalik pedagog DJ. Uaytning ta’kidlashicha,
Angiyada islohot
o’tkazishda «qatnashchi davlat maktablariga asosiy va iqtisodiy maqsadga erishish
vositasi sifatida qaragan».
2
Shuningdek, inson va fuqarolarning qiziqishlarining inobatga olinishi
lozimligini ta’kidlaydi. Amerikalik pedagog DJ. Gudled yozishicha:-»Ta’lim
rejasini oshirish, maktabning javobgarligini kuchaytiradi». Shuningdek, u:-
»Maktabda testning yuqori ko’rsatkichlari qo’llash orqada «qoluvchilar» uchun
dastur bo’lib, ularning kamayishiga erishish mumkinligini takidlagan.
Yaponiyada esa, zamonaviy ta’lim islohoti 1984 yilda premer-ministr
Nakasone asos solgan Maktabni isloh qilishning davlat qo’mitasi
tomonidan
amalga oshirilgan. 1985 yilda qo’mita dokladi matbuotda e’lon qilingan, unda
ta’limni isloh qilishga kirishilganligi bildirilgan.
80-yillarda Yaponiyada o’quv soatlar soni va o’quv rejalar sonini
(maktablarda)
qisqartirishga qaror qilindi, ya’ni ta’lim standati qisqartirildi (bu
haqda 1-jadvalda ko’rsatilgan).
To’rtinchi sinfda o’quv vaqti 31 dan 29 o’quv soatiga qisqartirildi, V-VI
sinfda haftasiga 34 soatdan 30 soatga qisqartirildi.
O’quv vaqtining sezilarli darajada qisqartirilishi o’quvchilarning o’quv
soatlarini engillashtirdi va standart rejasini pasaytirdi. Qo’shimcha darslar endi
ilgariroq, ya’ni VI sinfda olib boriladigan bo’ldi va 10-12 % o’quv vaqtida amalga
oshiriladigan bo’ldi. Yapon islohotchlari dars yuklamalarini kamaytirishga
1-jadval
Boshlang’ich maktab
Kichik
Dostları ilə paylaş: