O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti qurbonova O’lmas Usmonovna



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/45
tarix25.11.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#134439
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45
qiyosiy pedagogika

1
 
Holmes B.Comparative Education: Some Consideration of Method. London, 1981. 
1
The National Curriculum 5-16: a consulltation document. London, 1987.P.7. 
 


88 
maktab 
Sinf 
I II III IV V VI 
VII VIII
70-yillar 
25 26 28 31 33 33 
34 34
80-yillar 
25 26 28 29 29 29 
30 30
uringanlar, o’quv reja va dasturlarni ko’proq egiluvchan, bolalarning qiziqishiga 
yo’naltirgan holda ishlab chiqarganlar deydi, yapon pedagogi I.Kazuo.
1
1988 yilda Fransiyada maktab dasturlarini ko’rib chiquvchi komissiya 
tuzilgan, ta’lim mazmunini isloh qilishning asosiy sababi matbuotda e’lon qilingan 
(1989), unda ta’lim mazmunini majburiy qism, ya’ni bilimlarning asosini o’zida 
mujassamlashtirgan (har bir inson uchun albatta zarur bo’lgan), qo’shimcha qism 
dasturi yakka tartibdagi qobiliyatni hisobga olgan holda o’qitish, shuningdek, 
qo’shimcha, mustaqil ta’lim olish nazarda tutilgan.
2
Bu tamoyillar 90-yillar reformasida o’z aksini topdi va majburiylik mazmuni 
qisqartirildi.
Shuningdek, Xitoy ham ta’lim tizimining majburiy standartlarini qisqartirish 
yo’lidan bordi, hamda 80-yillar o’rtalarida barcha uchun yagona o’quv rejasi, 
dasturi va darsliklarini ishlab chiqishda markazlashtirish hukmronlik qildi.
Ta’lim jarayoni qatnashchilarning yuklamalarini kamaytirish, ularning 
qiziqishlaridan kelib chiqib, qo’shimcha darslar 10% (kichik o’rta 
maktablarda)yuqori maktablarda 20-30%ga qisqartirilgan.
1
60-70 % o’quv dasturi (majburiy fanlar)ni XXR Davlat ta’lim qo’mitasi 
tasdiqlasa, qolganlarini tegishli provinstiyalar, mahalliy tegishli organlar 
tasdiqlaydilar.
Sharqiy va Markaziy Yevropada ta’limni isloh qilish, milliy standartni 
yaratish masalasi bilan bog’liq bo’lgan ushbu yo’nalishga Vengriya misol bo’la 
oladi. 
Vengriya pedagogi Z.Batori o’quv rejalari va dasturlari, shuningdek, alohida 
darsliklarni yaratish (80-yillar oxirida) markazlashgan xarakterga ega ekanligini 
ta’kidlaydi, «ta’lim mazmunining ayrim sohalarida bilim keragidan ko’ra ko’proq 
edi»
2
deydi u. 
1992 yil Vengriya pedagoglar guruhi milliy o’quv rejasining loyihasini 
tayyorladilar, bu reja 6 yoshdan 16 yoshgacha bo’lgan o’quvchilarga mo’ljallab 
tuzilgan bo’lib, quyidagi fanlar bo’yicha edi: ona tili, chet tili, matematika, tabiiy 
fanlar, inson va jamiyat, san’at, texnika madaniyati va atrof muhit, hayot, oila, uy 
1
 
Kazuol. School Education in Japon. Tokio, 1989, P.25, 
2
Principes pour une peflexion sup les contenus dei lenseignement Iee Monde de Education. 1989. № 159.p.15-20.
1
Боревская Н.Е. Новые учебные программы в КНР. Педагогика. 1993. № 3.С.106. 
2
Bathory Z. A National Core Curriclulum and the Democratization of Public Education in 
Hungary// Curriculum Studies. 1993. Vol.1 . N.1. P.94.
 


89 
iqtisodi, jismoniy tarbiya va sport. Mazkur fanlarga o’quv vaqtining 80 % i 
ajratilgan edi.
1993 yilda «Ta’lim to’g’risida»gi qonunning loyihasi ishlab chiqilgan. 
Qonun loyihasi muhokamasida har xil yondashuvlar yuzaga kelgan: ayrim guruhlar 
ta’limni markazlashtirish, davlatning muntazam boshqaruvini o’rnatish tarafdorlari 
bo’lgan bo’lsalar ayrimlari esa maktabga to’la erkinlik berish markazlashtirmaslik 
tarafdorlari edilar. 
Shunday qilib 80-yillarning ikkinchi yarmi va 90-yillarning boshidagi 
Ta’lim standartini yaratishga bo’lgan har xil qarash va va urinishlar bir tomondan 
o’quv rejalari va dasturlarini qisqartirish yo’lidan borgan bo’lsa, boshqalari 
aksincha, ko’paytirish tarafdori edilar.
Shu o’rinda shuni ta’kidlash joiz, agar savodxonlikning an’anaviy bo’lib 
kelgan tushunchasi o’qish, xat va hisob o’rganishdan iborat bo’lgan bo’lsa, 90-
yillar boshiga kelib esa, bu tushuncha ancha kengaydi. Taylandda o’tkazilgan 
«Ta’lim barcha uchun» mavzuidagi (1990 y) Butundunyo Konferenstiyasida 
shunday deyilgan: «Ta’lim yo’nalishi tushunchasining o’zi kengaytirilishga 
muhtoj», shuningdek, «bilim va yangiliklarning keng qamrovliligi hayot uchun 
zarurdir».
1
Har xil mamlakatlarning pedagog va ta’lim sohasi arboblari ta’limni isloh 
qilishda xar xil yo’ldan borishgan.
Birinchidan, barcha mamlakatlar o’quv rejalariga zamonaviy predmetlar va 
kurslar kiritishni, shuningdek, o’quv predmetining yangi materiallar bilan 
boyitishni o’z oldilariga maqsad qilib qo’yganlar.
Ikkinchidan, ta’lim mazmunini qayta qurishning muhim yo’nalishlari 
sifatida o’quv dasturlarini fundamentallashti-rishni zarur deb hisoblaganlar.
Uchinchidan, bilimlarning integrastiyasini, o’quv dasturlarini mukammal 
yaratishni ilgari surdilar.
U yoki bu qarashlarni ko’rib chiqib, ta’limning mazmunini 
modernizastiyalash xarakterida ekanligining, bunda asosiy o’quv fanlari majmui – 
tabiiy-matematik va gumanitar fanlarga alohida e’tibor qaratilganligiga amin 
bo’ldik.
80- yillarning oxirida tabiiy ilmiy va matematik ta’limni isloh qilish zarur 
edi. Chunki mazkur fanlar sohasida yangilanishlar mavjud edi.
Shuning uchun mamlakatlarda birinchi o’rinda e’tibor tabiiy-matematik 
ta’limga qaratilgan.
AQSHning o’rta maktablarida tabiiy fanlarni o’rganishning majburiyligi barcha 
maktablarga taalluqli emas edi. Ko’plab shtatlarning hukumat komissiyasiga 
tavsiyasi bilan o’rta maktablarning yuqori sinflarida matematika va tabiiy fanlar 
uch yil mobaynida, informatika esa yarim yil mobaynida o’qitiladigan bo’ldi. 
Buyuk Britaniyada esa «Ta’limni isloh qilish to’g’risida»gi qonun (1988 
y)ga muvofiq tabiiy fanlarni o’qitish majburiy bo’lmagan boshlang’ich va to’liqsiz 
1
Final Report World Confepence on Education for All: Mrrting Basic Leapning Needs. 5-9 March 1990. Somtien, 
1990.P.7. 


90 
o’rta maktablarda tabiiy fanlarni majburiy maktablarning barcha o’quvchilari 
uchun majburiy qilib belgilangan.
1
Shuningdek, 80- yillarda GDRning ayrim erlarida Asosiy maktabning o’rta 
sinflarida matematika fanlarini o’rganish haftasiga 4-5 soat o’quv soatiga 
ko’paytirilgan. 
Tabiiy bilimlarni oshirishga intilish nafaqat rivojlangan mamlakatlar uchun, 
balki, rivojlanayotgan mamlakatlar uchun ham xarakterlidir. Shu o’rinda xind 
pedagogi U.S.Choudxarining quyidagi so’zlarini keltirib o’tish joiz: 
- «Dunyo tabiiy fanlar inqilobidan qayg’uradi. Uning markazi industrlashgan 
davlatlar bo’lsa, hayotning barcha jabhalarida uning ta’sirini sinab ko’ruvchi 
rivojlanayotgan mamlakatlardir.»
2
Tabiiy ilmlarni oshirish avvalambor diqqat e’tiborga muhtoj bo’lgan 
davlatlarga taalluqli bo’lgan predmetlar Shimoliy va Markaziy Yevropada ta’lim 
mazmuni egallagan, ya’ni oshirilgan, yoki MDH davlatlarida kamaytirilgan. Afrika 
mintaqaviy konferenstiyasida (1982 yil) shunday deyilgan: «qit’adagi mamlakatlar 
tabiiy bilimlarni yangilash uchun yangi dastur va darsliklar tayyorlamoqdalar.
1
Shuningdek, asosiy e’tibor (o’qitishda) o’quvchilar kundalik xayot bilan 
bog’liq bo’lgan hayotiy bilimlarni oshirishlarida deyilgan.
Buyuk Britaniyada matematikani o’qitish komissiyasining dokladida (1988 
y) bu fan sohalari quyidagilarga ajratildi: maktabda o’rganish uchun zarur bo’lgan: 
hisob, algebra, gemetriya, statistika va ehtimollar nazariyasi, algoritm, elementar 
dasturlash kabilar.
2
Mualliflar o’z nutqlarida matematikaning hayot-mehnat 
faoliyati uchun zarur bo’lganlariga asosiy e’tiborni qaratgan.
80-90- yillar dunyo mamlakatlari ta’lim mazmunidagi islohotlarda tabiiy 
fanlarning integrastiyalashuvi vujudga kelgan.
Integrastiyalash 
modeli 
o’quv 
materiallarining 
yuqori 
darajada 
integrastiyasi, masalan, «energiya» mavzusi fizika fanida o’tiladigan bo’lsa, 
biologiya va ximiya fanlarida boshqa mavzular orqali bir-birisi bilan bog’langan.
Shuningdek, mazkur uchta fanlar ketma-ketlik asosida o’rgatilgan. Ya’ni 
biologiya, fizika, ximiya alohida o’rgatilgan, lekin bir vaqtda emas.
Tabiiy bilimlar kursidagi bu kabi yondashuvdan Yaponiya’ning kichik o’rta 
maktablarida foydalanilgan.
Amerika pedagogi R.Fogarti fanlar integrastiyasining o’nta variantini 
ajratgan.
Ular predmet ichida integrastiya, predmetlararo, ikki yoki undan ortiq 
predmetlar yig’indisi. 
Shuningdek, mavzu bo’yicha birlashtirilgan materiallar, yangilik yoki 
tushunchalar haqidagi integrastiyalashgan o’quv dasturlari va kurslari kabilar. 
Integrastiyalashtirishning oliy darajasi sifatida har xil fanlar sohasidagi 
maktablarning yuqori sinflari, oliy o’quv yurtlari yoki aspiranturalar uchun 

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin