O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti qurbonova O’lmas Usmonovna


Mavzu: Osiyo mamlakatlarida ta’lim-tarbiya jarayonining o’ziga xos



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/45
tarix25.11.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#134439
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
qiyosiy pedagogika

 
Mavzu: Osiyo mamlakatlarida ta’lim-tarbiya jarayonining o’ziga xos 
xususiyatlari

1. Yaponiya ta’lim tizimi va uning tarkibi. 
2. Boshlang’ich, o’rta ta’lim jarayonini tashkil qilish mazmuni. 
3. O’rta maxsus va hunar-texnika ta’limi.
4.
Koreya ta’lim tizimi va uning tarkibi. 
Tayanch tushunchalar: Fukoku- kioxsi, tadqiqot va o’qitish birligi, xususiy 
maktab.
 
Iqtisodiy qudrati jihatidan Yaponiya jahonda Amerika Qo’shma Shtatlaridan 
keyin ikkinchi o’rinda turadi. Jahonning ko’zga ko’ringan ruhshunoslari va 
iqtisodchilari Yaponiya rivojlanishidagi bu ulkan parvozni mamlakatda ta’lim 
tizimlari taraqqiyotiga berilgan yuqori darajadagi e’tibor samarasi, deya qayd 
etadilar. Bu bejiz emas. Kun chiqish mamlakati deb yuritiladigan bu o’lkada ta’lim 
tizimlarini bosqichma-bosqich takomillashtirib borilishiga hukumat, xususiy 
kompaniyalar, jamoat tashkilotlari, ota-onalar qanchalik omilkorlik bilan 
yondashayotganliklarini hisobga olsak, jahon ilmiy tadqiqotchilarining yuqoridagi 
xulosalari asosli ekanligining guvohi bo’lamiz.
Tabiiyki, Yaponiya ta’lim tizimlarining yuksak parvozi o’z-o’zidan bo’lgani 
yo’q. Uning ham o’ziga xos inqirozi va muammolari bo’lgan. Bularni to’liqroq 
tasavvur qilish uchun mamlakat pedagogik tamoyillari va taraqqiyotining tarixiy 
bosqichlariga nazar tashlash maqsadga muvofiq.
Yapon ta’limining mumtoz shakllanishi 1867 — 1868 yillardagi mamlakat 
hukmdori Meydzi tomonidan amalga oshirilgan islohotlarga borib taqaladi. Bu 
hukmdorning o’z oldiga qo’ygan ikki qat’iy shiori bo’lib, biri «Fukoku- kioxsi” — 


29 
boyish, mamlakatni mustahkamlash va harbiylashtirish, ikkinchisi esa «Siokusan 
kogio” — ilg’or G’arb ishlab chiqarish texnologiyasi asosida mamlakat 
iqtisodiyotini rivojlantirish edi. Meydzi bu ikki maqsadni amalga oshirishning bosh 
omili ta’lim tizimlarini tubdan o’zgartirish va yangilashda deb hisoblardi.
Davlat boshlig’ining bu xulosalari Yaponiyada 1872 yilda «Ta’lim haqida 
Qonun» qabul qilinishiga olib keldi. Qonunga muvofiq tez orada eski uslubdagi 
ta’lim tizimi o’rnida mamlakat rivojlanishini ta’minlashga samarali xizmat 
qiluvchi yangi yo’nalishdagi 53750 ta boshlang’ich 256 ta o’rta maktab, 8 ta 
dorilfunun tashkil etildi. Bu o’quv yurtlaridagi ta’lim shakllari ma’rifatli G’arb 
ta’lim uslublari bilan uyg’unlashtirildi, 1890 yilga kelib ilgarigi 3.4 yillik 
boshlang’ich maktablar muntazam 4 yillikka aylantirildi va u bepul amalga oshirila 
boshlandi.
1908 yildan boshlab Yaponiyada boshlang’ich ta’lim majburiy 6 yillikka 
aylantirildi. O’quv-tarbiya ishlari bepul amalga oshiriladigan bo’ldi. 1893 yildan 
e’tiboran Yaponiyada kasb yo’nalishidagi dastlabki kollejlar paydo bo’la boshladi.
Birinchi dorilfunun 1886 yilda Tokioda tashkil etildi. Lekin bu dorilfununga 
oliy tabaqali aslzodalarning bolalari qabul qilinardi. Asr boshida mamlakatda 
ayollar uchun ham dorilfununlar tashkil etildi. Lekin bu bilim maskanlarida xotin-
kizlar uchun faqat xo’jalik yuritish, oila iqtisodiyotidangina ta’lim berilardi.
1897 yilda Kiatoda ikkinchi dorilfunun ochildi. Ikkinchi jahon urushida 
Yaponiya mag’lubiyatga uchragandan keyin mamlakat maorifi tizimlariga 
Amerika Qo’shma Shtatlari ta’lim tamoyillari kirib kela boshladi.
1946 yilda qabul qilingan Konstitustiya Yaponiya fuqarolarining ta’lim 
sohasidagi huquq va burchlarini belgilab berdi. Unda «Layoqatiga ko’ra barcha 
fuqarolar bilim olish huquqiga ega. Barcha bolalar bepul umumiy ta’lim olishlari 
shart» ekanligi belgilab qo’yilgan.
1947 yilda qabul qilingan «Ta’lim haqida Qonun» Yaponiya Konstitustiyasi 
ruhiga uyg’un bo’lib, mamlakatda ta’limning maqsad va vazifalarini to’la ifoda 
etadi. Unda, jumladan, shunday deyiladi: «Biz shaxsiy g’ururi bor, o’zining 
qobiliyati va imkoniyatiga ishonuvchi, haqiqat va tinchlikni sevuvchi odamlarni 
tarbiyalaymiz, toki ular ko’p qirrali madaniyat sohibi bo’lsinlar». Shunday qilib, 
Yaponiya’ning Ta’lim, fan va madaniyat vazirligi boshqaruvi hozirgi paytda qat’iy 
markazlashdi, ilg’or xalqaro standartlar darajasidagi yapon ta’lim tizimlari qaror 
topdi.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin