O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti qurbonova O’lmas Usmonovna


O’rta maxsus va hunar-texnika ta’limi



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/45
tarix25.11.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#134439
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   45
qiyosiy pedagogika

O’rta maxsus va hunar-texnika ta’limi
O’rta maxsus va hunar-texnika ta’limi tizimiga kiruvchi bilim maskanlari 
Yaponiyada garchi oliy ta’lim tizimiga - kiritilsada, u bizdagi hunar-texnika bilim 
yurtlariga to’g’ri keladi. Ular asosan kichik kollej, texnik kollej, maxsus 
tayyorgarlik kollejlariga bo’linadi.
Kichik kollejlar ham maqomiga ko’ra o’ziga xos dorilfunundir. Ularda kasbga 
yo’naltirish jarayoni juda chuqur va puxta. O’qish muddati 2-3 yil, bitirgach, 
«bakalavr» nomi berilmaydi.
1984 yilda Yaponiyada 336 ta shunday kichik maktab bo’lib, ularning 37 tasi 
davlat tasarrufida, 51 tasi munistipal, 448 tasi xususiy kollejlardir.
Texnik kollejlarda 5 yil o’qitiladi, unga kichik o’rta maktabni bitirganlar 
qabul qilinadilar. Bunday kollejlar yoshlarga o’rta texnik ta’limni beradilar. Bu 
bilim maskanida katta maktab dasturi asosida mexanika, elektronika, ximiya, 
texnologiya, qurilish, metallurgiya kabi maxsus texnik fanlar o’qitiladi. Kollejni 
bitirgan o’quvchilar dorilfununning 2-yoki 3-kursiga kirib o’qishlari mumkin.
Maxsus tayyorgarlik kolleji. 1976 yilda tashkil etilgan yalpi tipdagi o’quv 
yurtidir. U faqat yuqori malakali mutaxassis tayyorlabgina qolmay, balki 
talabalarning madaniy saviyasini o’stirishni ta’minlaydi. O’qish muddati 1 yil, kurs 
800 soatdan iborat. Bu kollej bitiruvchilari dorilfununning tegishli kurslariga qabul 
qilinmaydilar.
Koreya Respublikasi ta’lim tizimi. 
Koreyaning zamonaviy ta’lim tizimi rasman Yaponiya mustamlakasidan 
ozod bo’lgan 1945 – yildan boshlangan. Ammo kengroq qaraydigan bo’lsak 
koreyslarda ta’lim tizimi 1894 yilgi islohotlardan keyin yuzaga kelgan deyish 
mumkin. 1881 yili Koreyadagi Choson hukumati mamlakat xavfsizligini 
kuchaytirish maqsadida maxsus armiya tuzadi va g’arbliklar harbiy san’atdan dars 
bera boshlaydilar.
Bu o’z navbatida chet tili va boshqa fanlar ta’limini yuzaga kelishini ta’minladi. 
Garchi 1882 – yili maxsus qo’shin uchun darslar to’xtab qolgan bo’lsa – da, bir 
qancha amaliy fanlar darsi davom etaverdi. Bu davrda asta – sekinlik bilan 
Gvangxevon, Bejexakdan, Ixvaxakdan kabi shaxsiy ta’lim muassasalari ham 
vujudga kela boshladi va keyinchalik universitetlar uchun asos bo’lib xizmat qildi.
1894 – yili shaxsiy bilim maskanlari birlashtirilib, mamlakat ta’lim tizimini 
boshqaruvhci institut tashkil etildi. Shu bilan birga 1895 – yildan boshlang’ich 
maktablar va maktab uchun kadrlar tayyorlaydigan pedagogika maktablari tuzildi. 
Bundan tashqari bir qancha xususiy maktablar ochilib, 1900 – yilda ular 


34 
faoliyatini tartibga solib turadigan “Xususiy maktablar to’g’risidagi qonun” qabul 
qilindi. 1910 – yili Koreya va Yaponiya o’rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq 
Koreya Yaponiyaning rasman mustamlakasiga aylantirildi. Natijada bu mamlakat 
ta’lim tizimiga ham katta ta’sir ko’rsatdi. Yapon mustamlakachilari Koreyaning 
ta’lim tizimini keskin o’zgartirish yo’lidan bordi va xususiy maktablar faoliyati 
cheklab qo’yildi. Bu davrda 1911 – yil 23 – avgustda qabul qilingan “1 – Choson 
ta’lim buyrug’i” amal qildi.
Unga ko’ra, koreys va yapon fuqarolarining farqli ta’lim siyosati olib borildi. Ya’ni 
mahalliy xalq faqat 4 yil mobaynida boshlang’ich ta’lim olar, o’rta va oliy ta’lim 
berilmas edi. Bu yapon mustamlakachiligining uzoq o’ylangan rejalari qatoriga 
kiradi. Ammo 1919 – yili boshlangan norozilik harakatlari oqibatida Yaponiya 
hukumati biroz yon berishga majbur bo’ldi va buyruqqa o’zgartirish kiritib, 
boshlang’ich ta’lim 4 yildan 6 yilga uzaytirildi. 1922 – yil 4 – fevralda “2 – 
Choson ta’im buyrug’i” qabul qilindi. Bu buyruqqa ko’ra, ta’lim muddatlari 
uzaytirildi. Ya’ni, oddiy maktablarda ta’lim 6 yil, ayollar maktablarida esa 5 yil 
etib belgilandi. Shuningdek, asta – sekinlik bilan universitetlar ham paydo bo’la 
boshladi. Jumladan, 1924 – yili Kyongson Davlat Universiteti ochildi. Shu yili 
Xitoy – Yaponiya urushi boshlanishi munosabati bilan mustamlaka Koreyada 
nazorat yanada kuchaytirildi. 
Oddiy maktablar va boshlang’ich maktablar, yuqori va o’rta maktablar 
birlashtirildi. Koreys tili fanlari kamaytirilib, imperiya xalq demokratiyasi fani 
kiritildi. 1943 – yil 3 – avgustda “4 –Choson ta’lim buyrug’i imzolandi va yapon 
mustamlakachiligining ta’lim sohasidagi zo’ravonligi kuchaydi. Jumladan, o’rta va 
yuqori maktablarda ta’lim 4 yilgacha kamaytirilib, koreys tili fani dasturdan olib 
tashlandi. Uning o’rniga yapon tili darslari kiritildi. Koreyani yoppasiga 
savodsizga aylantirish siyosati natijasi o’laroq, 1944 – yilgi Koreya Umumiy Arxiv 
qo’mitasi ma’lumotlariga qaraganda o’sha paytda Koreyaning savodxonlik darajasi 
bor – yog’i 13,8%ni tashkil etgan. 1945 – yili Ikkinchi Jahon urushi bilan birga 
Koreyadagi Yaponiya mustamlakachiligi ham tugadi. Endilikda Koreyada tabiiyki 
boshqa sohalar qatori ta’lim tizimini o’zgartirish vazifasi turardi. Eng avvalo 
“Ta’limni rivojlantirish qo’mitasi” tashkil etildi va qo’mita oldiga darsliklar 
yaratish majburiyati qo’yildi. Ta’lim tizimi tadbiq etilishi davom ettirilib, axloq, 
etika, texnikaga oid fanlar kiritildi. 1963 – yillardan boshlab esa ta’lim tizimida 
tabiiy va ijtimoiy fanlarga e’tibor kuchaydi. 1981 – yili Prezident Chon Du Xvan 
mamlakatda shaxsiy ta’lim berish va xususiy ta’lim maskanlari faoliyatini qonunan 
ta’qiqlab qo’ydi. Lekin maktabda mustaqil shug’ullanish uchun imkoniyatlar 
yaratib berdi. 1992 – yilga kelib esa boshlang’ich maktablar faoliyati yanada 
rivojlanishi uchun xukumat tomonidan bir qancha imtiyozlar yaratildi.
Zamonaviy Koreya ta’lim tizimida boshlang’ich maktablarning roli muhim. 
Koreyada boshlang’ich ta’lim uchun o’quv yilida 1 – martga qadar 6 yoshdan 
yuqori bo’lgan bolalar qabul qilinadi. Lekin 5 yoshli bolalar ham o’qishga kirishga 
huquqli bo’lib, buning uchun maktab mas’ul shaxsining ruxsatnomasini olishi 
lozim bo’ladi. O’quv yili esa 1 – mart Koreya Respublikasida davlat bayrami 
munosabati bilan 2 – martdan boshlandi. 6 yil davom etadigan boshlang’ich ta’lim 
majburiy etib belgilangan. Boshlang’ich ta’im 1yil ikki semestrga bo’lingan holda 


35 
olib boriladi. Boshlang’ich ta’limdan keyihgi “zinapoya” vazifasini o’rta ta’lim 
bajaradi. O’rta ta’lim Koreya Respublikasida 3 yil davom etadi. O’rta ta’lim ham 
majburiy bo’lib, bir o’quv yili 1 – martdan keyingi yil mart oyiga qadar davom 
etadi. Darslar 45 daqiqadan etib belgilangan bo’lib, bir yilda 1222 soatni tashkil 
etadi. O’rta ta’lim maktablarida davlat tili, axloq, ijtimoiy fan, matematika, 
jismoniy tarbiya, musiqa, san’at, chet tili kabi 10 ga yaqin fanlar o’qitiladi. 
Shuningdek, o’rta maktabda o’quvchi uchun tanlov fanlar mavjud. Bular qatoriga 
axborot, chet tili (ko’pincha nemis, fransuz, ispan, xitoy, yapon, rus, arab tillari ) 
kabilar kiritish mumkin. O’rta maktab tugatilgan yuqori maktablarda ta’lim davom 
ettiriladi. Yuqori maktablar bir necha turlarga bo’linadi: Davlat yuqori maktablari 
(Koreya Ta’lim va Texnika fanlari vazirligi, Madaniyat, Jismoniy tarbiya va 
sayyohlik vazirligi boshqaradi), Umumiy yuqori maktablar (Har bir viloyatdagi 
yuqori tashkilotlar tomonidan boshqariladi), Xususiy yuqori maktablar. 
Shuningdek, yuqori maktablar o’qitish fanlariga ko’ra ham bir qancha turlarga 
bo’linadi: Umumiy maktablar, ixtisoslashtirilgan maktablar (qishloq xo’jaligi, 
sanoat, dengiz xo’jaligi, axborot ), maxsus maktablar (litsey shaklidagi maktab), 
texnika maktablari, chet tili maktabi, jismoniy tarbiya maktabi, san’at maktablari. 
Koreya Respublikasida Ta’lim vazirligi maxsus tashkil etgan yuqori maktablar 
ham bor. Bular asosan qishloq xo’jaligi, baliqchilik, sanoat, xalqaro tillarga 
ixtisoslashgan bo’ladi.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin