O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti qurbonova O’lmas Usmonovna


Mavzu: Jahon mamlakatlarida pedagog kadrlarga bo’lgan ehtiyoj va ularni



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/45
tarix25.11.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#134439
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   45
qiyosiy pedagogika

 
Mavzu: Jahon mamlakatlarida pedagog kadrlarga bo’lgan ehtiyoj va ularni 
tayyorlash masalalari. 
Reja: 
1. Yevropada o’qituvchilarni dastlabki tayyorlash masalalari. 
2. O’qituvchilarni ishga qabul qilish. 
3. O’qituvchilar malakasini oshirish qoidalari. 
Tayanch so’zlar: 
o’qituvchilarni dastlabki tayyorlash, O’qituvchilarni ishga 
qabul qilish, malaka oshirish, maktabgacha tarbiya; boshlang’ich maktab; o’rta 
maktab; litsey; oliy ta’lim, dastur.
 
 
Boshqa ko’plab kasblar kabi o’qituvchilik kasbi tayyorgarligi dastlabki 
pedagogik ta’lim olingandagina tugamaydi. O’qituvchilarga doimiy yangilanib 
turuvchi talablar qo’yiladi. Professional o’qituvchi bu yangilanishlarga tabiiy 
ravishda o’z kasbiy darajasini doimiy oshirib borish bilan erishishi lozim. 
O’qituvchilarni tayyorlash uzluksiz jarayon sifatida ishga kirgunicha, ishga 
kirayotgan vaqti va ishlayotgan davri bosqichlarini o’z ichiga olishi kerak. 
O’qituvchilarni dastlabki tayyorlash

Yevropa Ittifoqining aksariyat davlatlarida(Daniya, Finlandiya, Fransiya, 
Germaniya, Grestiya, Irlandiya, Ispaniya, Shvetsiya, Buyuk Britaniya) 
boshlang’ich va o’rta maktab o’qituvchilarining dastlabki tayyorgarligi oliy o’quv 
yurtlarida kechadi. O’rta maktabning boshlang’ich sinflarida dars berish uchun 
o’qituvchilar oliy ma’lumotli bo’lishi kerak (Avstriya), Belgiya, Gollandiya 
bundan istisno. 
O’qituvchilarning kasbiy va amaliy tayyorgarligi asosiy kurs bilan bir 
vaqtda(baravar usul) yoki asosiy kursdan keyingi, masalan, aspirantura 
darajasida(izchil usul) olib boriladi. Baravar usul bo’yicha kirish talablariga to’liq 
o’rta ma’lumot to’g’risidagi attestat, ba’zi hollarda oliy ma’lumot olishga loyiqligi 
haqidagi sertifikat talab qilinadi. Izchil usul bo’yicha dastlabki oliy ma’lumot 
(universitet yoki undan boshqa)ni maxsus fan yo’nalishda egallagan talabalar 
muallimlikka aspirantura yoki universitetdan tashqari kurslarda tayyorlanadi. 
Baravar usul o’qituvchilarining barcha ta’lim va tayyorgarligi boshlang’ich 
maktablarda izchil usulda yo’lga qo’yiluvchi Fransiyadan boshqa barcha 
davlatlarda tarqalgan. Angliyada har ikki usul ham amal qiladi, ammo maktab 
o’qituvchilarini tayyorlashning baravar usuli kengroq tarqalgan. 
Shotlandiyada kasbiy ta’limda lektorlar pedagog darajasini egallashlari 
mumkin. Bu majburiy bo’lmasada, 85% lektorlar bu daraja sohibi bo’ladilar. 
Pedagoglar tayyorlashda lektorlar uchun albatta pedagog malakasi talab qilinadi. 
Oliy ta’limning boshqa sohalarida lektorlar odatda bunday malakaga ega emaslar. 
Hozirgi kunda universitet xodimlari uchun ta’lim kurslarida pedagogik metodlarga 
taya’niladi. 
Lektorlardan oliy ta’limda ham, undan keyingi ta’limda ham ta’lim 
usullarini doimiy yaxshilab borish talab qilinadi. Bu turli sabablar bilan izohlanadi. 
Bir qancha davlatlarda lekttorlardan yaxshi natijalarga erishish talabi qo’yilgan 
qoidalar mavjud. Shuningdek: 


69 
1.
Talabalarning muvaffaqiyatlari bilan bog’liq moliyaviy pul ulushi 
mavjud. 
2.
Talabalarga har bir predmet bo’yicha so’rovnomalarni to’ldirishga 
beriladi. Natijalar kursdagi barcha lektorlarni jamlovchi kurs qo’mitasi 
a’zolari, talabalarning vakillari, ishlab chiqarish va mahalliy jamiyatlar 
vakillari huzurida e’lon qilinadi. 
3.
Ta’lim sifatini tekshirishni amalga oshiruvchi inspektor va boshqa 
universitet xodimlari ishtiroki. 
4.
Talabalarni baholovchi professionallar guruhi. 
Yomon o’qitish mazkur kursga juda kam talabalarni to’plashga sabab 
bo’ladi va bu o’z navbatida kurning yopilishiga olib kelishi mumkin. 

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin