O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti qurbonova O’lmas Usmonovna



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/45
tarix25.11.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#134439
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   45
qiyosiy pedagogika

Dastlabki kurslarni tasdiqlash 
Shotlandiya Davlat kotibi o’qituvchilar tayyorlanishini bir necha yo’l 
bilan nazorat qiladi: 
-U maktab o’quvchilari ta’limi kursini tasdiqlaydi. 
-Tasdiqqa ega bo’lgan, sharoitlarni yaratib beruvchi homiy tashkilotlarga 
ko’rsatmalar beradi. 
-Har yili malaka oshirish kurslariga kirish talablarining eng quyi darajasini 
ishlab chiqadi. 
-Ta’lim uchun o’qituvchilar soni o’rnini nazorai qiladi. 
Maktab inspektori pedagogik ta’lim sifati kafolatida muhim rol o’ynaydi. 
1994 yili angliya va Uelsda o’qituvchilar tayyorgarligi agentligi 
(O’TA) tashkil qilindi. Uning maqsadlari quyidagicha: 
-Ta’limning barcha yo’nalishlari bo’yicha sifat va samaradorlikni yaxshilash 
-O’qituvchilarning barcha maktablarda kurslarga jalb qilinishini kafolatlash. 
-O’qituvchilarning dastlab tayyorgarligi uchun davlatrejasini ishlab chiqish 
hamda yangi o’qituvchilar uchun davlat standarti va talablarini ko’rib 
chiqish. 
O’TA “O’qituvchi malakasi statusining davlat standarti”ni ishlab 
chiqdi. Shuningdek ro’yxatdan o’tgan tashkilotlarda o’qituvchilarning 
dastlabki tayyorgarligi kursini muvaffaqiyatli tugatgan talabalar malakali 
o’qituvchi maqomi(MO’M)ga ega bo’ladilar. 
Har bir kurs har bir ta’lim oluvchiga har bir standart bo’yicha alohida 
bahoni o’z ichiga oladi.
Talabaga quyidagi standartlar talabi qo’yiladi: 
— Predmetni bilish va anglash.
— Rejalashtirish, sinfdagi o’quvchilarga ta’lim berish va uni boshqarish.
— Nazorat, baholash, jurnal yuritish bayonot va hisobot berish.
— Boshiqa kasbiy talablar.
Oxirgi toifa quyidagi bilimlarni o’z ichiga oladi: o’quvchilarga o’zining 
shaxsiy va kasbiy xulqi bilan namuna bo’lish, kasbiy takomillashishi kerakligini 
anglash va pedagogika yangiliklari, o’z predmeti yangiliklaridan xabardor bo’lib 
borish.
Umumiy o’qituvchilar kengashlari. 
Shotlandiyada umumiy o’qituvchilar 
kengashlari (UO’K)
 
1965 yili tashkil qilingan bo’lib, u shotland o’qituvchilari 


70 
kasbiy darajasini yaxshilash, kasbga kirishish standartlarini belgilash va bu 
standartlar dastlabki tayyorgarlik kurslarida ma’lum strukturalarga erishish 
mumkinligiga ishonchni tarbiyalaydi. Yangi o’qituvchilar UO’Kga shartli qabul 
qilinadilar. To’liq a’zo bo’lish faqatgina ikki yillik sinov muddati tugaganidan 
so’ng amalga oshadi. To’liq a’zo bo’lgan o’qituvchilardan o’z kasbiy darajasini 
uzluksiz takomillashtirish, o’z-o’zini baholashni rivojlantirishga tayyor bo’lishi 
talab qilinadi. 
 
Angliya va Uelsda tashkil qilingan UO’K quyidagi muammolar yechimiga 
yordam beradi:
— ta’lim standartlari; 
— o’qituvchilar xulqi standartlari; 
— o’qituvchi kasbining o’rni;
1.
o’qituvchining tayyorgarligi, obro’si va faoliyati;
— o’qituvchi kadrlar safini to’ldirish;
— dars berishga tibbiy jihatdan yaroqlilik.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin