O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti qurbonova O’lmas Usmonovna


O’qituvchilarni ishga qabul qilish



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/45
tarix25.11.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#134439
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   45
qiyosiy pedagogika

O’qituvchilarni ishga qabul qilish
Vazifaga kirishish
Yangi o’qituvchi uchun dastlabki bir necha yil og’ir kechishi mumkin. Bir 
qancha davlatlarda (Avstriya, Belgiya, Angliya, Daniya, Fransiya, Germaniya, 
Grestiya, Irlandiya, Italiya, Shotlandiya, Shveytsariya) yangi o’qituvchini dastlabki 
tayyorgarlik kursini muvaffaqiyatli yakunlab, ishga kirish arafasida baholash davri 
mavjud.
Avstriyada sinov muddati bir yildan iborat. Maktab xodimi yangi 
o’qituvchining faoliyatini kuzatib borishga javobgar hisoblanadi. Yangi o’qituvchi 
yil davomida haftada bir marta pedinstitutga katnash imkoniyatiga ega.
U bu muddatni qay darajada muvaffaqiyatli o’tkazganini maktab jamoasi, 
ilmiy mudir, maktab inspektori va pedinstitut xodimi hal qiladilar.
Belgiyada o’qituvchi stajer bo’lgunicha 240 kun vaqtinchalik o’qituvchi 
bo’lib ishlashi lozim. Stajirovka yana bir yilni o’z ichiga oladi. Bir yildan so’ng 
stajyor faoliyatini ilmiy mudir hamda maktab inspektori baholaydi. Ilmiy mudir va 
maktab inspektori bayonotiga asosan mazkur o’qituvchining lavozimiga loyiq 
ekanligi yoki sinov muddatini yana biron yilga uzaytirish lozimligi yohud uning 
faoliyati umuman qoniqarsiz ekanligi hal qilinadi. Germaniyada sinov muddati 
bo’lg’usi o’qituvchining kasbiy tayyorgarlik darajasiga qarab belgilanadi.
6 daraja mavjud: 1 — eng yuqori, 5 yoki 6 qoniqarsiz. O’qituvchi birinchi 
darajada 12 oy sinov muddatida faoliyat yuritadi, 2 — 15 oy, 3 — ikki yil.
Maktab inspektori ilmiy mudir qarashlariga asosan sinov muddati nechog’li 
samarali o’tganligi haqida qaror qabul qiladi.
Daniyada sinov muddati ikki yil davom etadi. Yakuniy qaror asosan ilmiy 
mudir axboroti asosida maktab kengashi tomonidan qabul qilinadi. Grestiyada dars 
o’tishning dastlabki ikki yili sinov muddati hisoblanadi. Shundan so’ng o’qituvchi 
maktab maslahatchilari tomonidan baholanadi. Baho ijobiy bo’lgan holda 
o’qituvchi o’z vazifasida doimiy qoldiriladi.


71 
Shotlandiyada yangi o’qituvchi ta’limga muvofiq kursni tugatgan hamda 
UO’Kning shartli ruxsati bilan o’qituvchi hisoblanadi. To’liq ro’yxatdan utish 
faqatgina ikki yillik sinov muddatidan so’nggina amalga oshiriladi.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin