Ilovalar -fan dasturi - ishchi dasturi - tarqatma materiallar - testlar - baholash mezonlari va fanni o’rganish bo’yicha boshqa materiallar)
MARUZALAR MATNI
4-Modul Pedagogika fan sifatida
MA’RUZALAR MATNI 1-MAVZU: Pedagogika tarixi bo‘limining maqsad va vazifasi. Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim-tarbiya ishlari va pedagogik fikrlar. (2 soat) Reja:
“Pedagogika tarixi” fanining maqsad va vazifalari.
“Pedagogika tarixi” fani g’oyalarining kishilik jamiyati taraqqiyoti bilan o’zaro aloqadorligi.
Ta’lim-tarbiya va pedagogika tarixini davrlashtirish muammolari.
Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar taraqqiyoti.
Eng qadimgi yozma manbalarda ta’lim-tarbiya masalalarining yoritilishi.
Tayanch atamalar: ta`lim, tarbiya, pedagogika, pedagogika tarixi, pedagogik fikr, davrlashtirish, yozma manbalar, kishilik jamiyati, donishmand, barkamol shaxs, “Urxun – Enasoy yodgorliklari Irq bitiklari”, “Avesto”.
ASOSIY MATN
Insoniyat tarixiga nazar tashlar ekanmiz, hamma davrlarda har tomonlama barkamol shaxsni tarbiyalash insoniyatning azaliy orzusi bo’lib, ajdodlarimiz ma’rifat, ma’naviyat va madaniyatni qanday qilib yosh avlodga o’rgatish, ularni komillikka etaklash yo’llari, usullari va qonun-qoidalarini izlaganlar. Darhaqiqat insonning ma’rifiy va ma’naviy komillikka erishishi tarbiya deb atalmish ijtimoiy hodisa orqali amalga oshirilgan. Jamiyat rivojlangan sari etuk, barkamol shaxslarni tarbiyalab etishtirish ehtiyoji ortib, o’zgarib, yangilanib borgan.Insoniyat jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida ta’lim-tarbiya muassasalarini yaratish, yosh avlodlarni o’qitish va tarbiyalash sohasidagi tajribalarni nazariy jihatdan anglash, umumlashtirish va hayotga tadbiq qilish jarayonida pedagogika fani shakllandi.
“Pedagogika” atamasi yunoncha bo’lib, “bola yetaklovchi” degan ma’noni bildiradi. Tarixiy manbalarning ko’rsatishicha, qadimgi Yunonistonda o’z xo’jayining bolalarini sayr qildirgan, maktabga olib boradigan qullarni “bola yetaklovchi”, ya’ni tarbiyachini “pedagogos” deb atashgan. Keyinchalik esa bolalar ta’lim tarbiyasi bilan shug’ullanishga maxsus tayyorlangan o’qimishli donishmandlarni “pedagog” deb atay boshlaganlar.
Shuningdek, Yunonistonda bolalarning “donishmand”lar bilan suhbatini esa “maktab” deb atashgan. Garchi “maktab” yunon so’z bo’lib, “bo’sh vaqt, mehnatdan dam olish” ma’nosini anglatgan bo’lsa-da, hozirda “maktab” esa ta’lim-tarbiya muassasasi sifatida xizmat qilmoqda. Pedagogika tarixiga nazar tashlar ekanmiz, hozirgi O’zbekiston hududidan topilgan eng qadimgi asori atiqalar, o’zbek xalq pedagogikasi, zardushtiylik dinining muqaddas kitobi “Avesto”, turkiy xalqlarning eng qadimgi yozma ma’rifiy yodgorliklari “” va “Urxun – Enasoy yodgorliklari Irq bitiklari”, islom ta’limotining asosiy manbalari “Qur’oni Karim” va Hadislarda, shuningdek, tasavvuf ta’limotida ilgari surilgan komil inson tarbiyasi va ta’lim-tarbiyaning mazmuniga oid g’oyalar ma’rifiy-pedagogik ahamiyatga ega bo’libgina qolmasdan, balki pedagogikaning fan sifatida shakllanishida, ta’lim va tarbiya mazmunining boyib borishida hamda komil insonni tarbiyalashda muhim manba ekanligi namoyon bo’ladi.
Sharq qomusiy olimlari va ma’rifatparvar pedagoglari Muso al-Xorazmiy “Al-kitob al-muxtasar fi-hisob al-jabr val-muqobala”, Al-Kindiy “Insoniy bilimlar tasnifi”, Abu Nasr al-Forobiy “Ixso al-ulum” (“Ilmlar tasnifi”) va “Fozil odamlar shahri”, Abu Ali ibn Sino “Donishnoma”, “Tadbiri manzil” va “Aqsom al-ulum aqliyya”, Abu Rayxon Beruniy “Minerologiya”, “Hindiston”, “Saydona”, Abu Abdulloh al – Xorazmiy “Mafotih al-ulum” (“Ilimlar kaliti”), Ismoil al – Buxoriy “Al-Jome’ as-sahih” va “Al-adab al-mufrad”, Abu Iso at-Termiziy “Al-Jome’ as-sahih”, Yusuf Xos Hojib “Qutadg’u bilig”, Kaykovus “Qobusnoma”, Zamaxshariy “O’git va nasihatlarning oltin shodalari”, Najmiddin Kubro “Odob qoidalari”, So’fi Olloyor “Sabot ul-ojizin” Burxoniddin Zarnudjiy “O’quvchiga ta’lim yo’lida yo’llanma”, Ahmad Yugnakiy “Hibat ul -haqoyiq”, Amir Temur “Temur tuzuklari”, Ulug’bek “Zij” va “Tarixi arba’ ulus”, Alisher Navoiy “Hamsa” va “Maxbub ul-qulub”, Abdurazzoq Samarqandiy “Matlai sa’dayn va majmai bahrayn”, Abdurahmon Jomiy “Bahoriston”, Sa’diy “Guliston”, Davoniy “Axloqi Jaloliy”, “Husayn Vaiz Koshifiy, “Axloqi Muhsiniy”, Bobur “Boburnoma”, Abdulg’oziy “Shajarai turk” va “Shajarai tarokima”, Munis Xorazmiy “Munis ul-ushshoq”, va “Savodi ta’lim”, Muhammad Sodiq Qoshg’ariy “Odob as-solihin” (“Yaxshi kishilar odobi”), Muhammadrizo Ogahiy “Ta’vizul-oshiqin”, Furqat “Ilm hosiyati”, “Ko’rgazma” va “Gimnaziya”, So’fi “Ustod”, “Mudarris” va “Dars”, Ahmad Donish “Navodirul vaqoe” (“Nodir voqealar”), Saidrasul Saidazizov “Ustodi avval”, Ali Askar Kalinin “Muallimi Soniy”, Munavvar Qori “Adibi avval”, Abdulqodir Shakuri “Rahnamoi savad”, Abdulla Avloniy “Adabiyot yohud milliy she’rlar” (“Adabiyotdan xrestomatiya”), “Adibi avval”, “Ikkinchi muallim” va “Turkiy guliston yohud axloq”, Mahmudxo’ja Behbudiy “Bolalar uchun kitob”, “Islomning qisqacha ta’rifi”, “Amaliyoti islom”, Sadriddin Ayniy “Taxzib us-sibyon” (“Bola tarbiyasi”), Abduxoliq Usmon Qori “Tahsil ul-tavjid”, “Engil adabiyoti”, Muhammadjon Qori Naimjon “Odobli bola”, Rahimov Muhammadjon Mirza “Ta’limiy hisob” (“Arifmetika ta’limi”), Saidahmad Siddiqiy “Mir’ati adab” (“Odob ko’zgusi”), Abdurauf Fitrat “Rahbari najot” va “Sayyohi hindi bayonoti”, H.H.Niyoziy “Qiroat” (“Engil adabiyot”, “O’qish kitobi” kabi ma’rifiy-pedagogik asarlarida, G’arbda esa Platon “Davlat”, Aristotel “Siyosat”, Yan Amos Komenskiy “Buyuk didaktika”, Iogann Genrix Pestolotstsi “Gertruda o’z bolalalarini qanday qilib o’qitadi”, Iogann Gerbart “Tarbiya maqsadlaridan kelib chiqqan umumiy pedagogika”, “Psixologiyani pedagogikaga tatbiq qilish to’g’risidagi xatlar”, “Pedagogikaga doir lektsiyalar ocherki”, Adolf Distverg “Nemis o’qituvchilarini o’qitish uchun qo’llanma”, Konstantin Dmitrievich Ushinskiy “Bolalar dunyosi”, “Muallimlar uchun qo’llanma”, “Kishi – tarbiya predmeti sifatida” (“Pedagogik antropologiyadan tajriba”), Lev Nikolaevich Tolstoy “Alifbe” va “O’qish kitobi”, Anton Semenovich Makarenko “Pedagogik poema”, “Ota-onalar kitobi”, “Bolalar tarbiyasi to’g’risida lektsiyalar”, “Ta’lim-tarbiya tajribasidan ba’zi xulosalar”, Vasiliy Aleksandrovich Suxomlinskiy “Pavlish maktabi”, “Bolalarga jonim fido” kabi asarlarida va o’zlarining ijodiy pedagogik faoliyatlarida pedagogikaning bosh masalasi – tarbiya muammosi va ta’lim mazmuniga turlicha munosabat bildirib, pedagogika ta’lim-tarbiya haqidagi fan ekanligini asoslab berdilar. Qomusiy olim Abu Nasr Forobiy ta’lim va tarbiyaga birinchi marta shunday ta’rif bergan edi: “Ta’lim, - degan so’z xalqlar va shaharliklar o’rtasida nazariy fazilatni birlashtirish, tarbiya esa shu xalqlar o’rtasidagi tug’ma fazilat va amaliy kasb-hunar fazilatlarini birlashtirish degan so’zdir.
Ta’lim faqat so’z va o’rgatish bilangina bo’ladi. Tarbiya esa, amaliy ish tajriba bilan, ya’ni shu xalq, shu millatning amaliy malakalardan iborat bo’lgan ish-harakat, kasb-hunarga berilgan bo’lishni, o’rganishidir”1 Ma’rifat darg’asi A.Avloniy “Turkiy guliston yohud axloq” asarida esa pedagogika fanini aniq va tushunarli qilib ta’riflaydi: “Tarbiya «pedago’giya”, ya’ni bola tarbiyasining fani demakdur... “Al-hosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir...”2 Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib,pedagogika tushunchasini tarixiy taraqqiyotiga quyidagi umumlashgan ta’rifni bersak bo’ladi: pedagogika jamiyatning ta’lim va tarbiyaga bo’lgan ehtiyojini qondirishga yo’naltirilgan ilm – fan va amaliy faoliyat sohasidir.