O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə4/150
tarix26.11.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#134982
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   150
Maktabgacha va boshlang’ich-hozir.org

Pedagogika tarixi fani predmeti – mustaqil O’zbekiston Respublikasida ta’lim-tarbiyaning jahon xalqlari pedagogik-tarixiy taraqqiyoti bilan uzviy bog’liq holda, yaxlit rivojlanish jarayoni sifatida o’rganishdan iboratdir.
Pedagogika tarixi fanining maqsadi – qadimgi O’rta Osiyo hududida, shuningdek, dunyoning boshqa mintaqalarida pedagogik fikrlar taraqqiyotini, buyuk Sharq mutafakkirlari va ma’rifatparvar shoirlari hamda jadidlarning ta’lim-tarbiya nazariyasiga qo’shgan hissalarini, mustaqillik davrida zamon va makon talabiga javob beruvchi milliy maktab va milliy pedagogikani rivojlantirish hamda ta’lim-tarbiyaning nazariy asoslarini yaratish qonuniyatlarini o’rganishdan iborat. Zero, boshqa ijtimoiy hodisalar singari ta’lim-tarbiyaning paydo bo’lishi va rivojlanishi ham ma’lum obyektiv qonuniyatlar asosidi sodir bo’ladi. Pedagogika tarixi fani vazifalaridan biri ana shu obyektiv qonuniyatlarni aniqlashdan iborat. Ma’lumki, ijtimoiy fanlarning qonuniyatlari ham obyektiv harakterga ega. Ular ma’lum joyda, mamlakatda ayrim kishilar tomonidan ochilishi, kashf etilishi mumkin. Lekin bu obyektiv qonuniyatlarning ta’sir doirasi juda keng bo’ladi, ayrim millat, mamlakat, mintaqa doirasi bilan cheklanmaydi. Bu fan erishgan yutuqlar ham butun insoniyatga foyda keltirishi lozim.
Pedagogika tarixi fanining ilmiy-nazariy, ijtimoiy-amaliy vazifalari quyidagilardan iborat:
– ta’lim-tarbiya qonuniyatlarini umuminsoniy va milliy, ijtimoiy hodisa sifatida, shuningdek, jamiyatning o’zgaruvchan ehtiyojlari bilan bog’liq holda o’rganish;
– ta’lim-tarbiyaning maqsadi, mazmuni shakllarini jamiyatning iqtisodiy rivojlanish darajasi bilan bog’liq holda yoritish;
– o’tmishda pedagogika ilmi va ta’lim-tarbiya sohasi orttirilgan ijobiy tajribalarni umumlashtirish va amaliyotga tatbiq etish usullarini ko’rsatib berish;
– ijtimoiy-pedagogik fikrlar taraqqiyotining har bir bosqichida O’rta Osiyo hududida va jahonning boshqa mintaqalarida pedagogik fikrlar rivojlanishini va ta’lim-tarbiya holatini tarixan haqqoniy tasvirlash;
– pedagogik-tarixiy bilimlar – bo’lajak iqtisodchi pedagoglarning milliy, tarixiy, ma’naviy-pedagogik ongini shakllantirishga faol ta’sir etishini nazarda tutish va h.k.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin