O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


Alisher Navoiy asarlarida ta`lim-tarbiya masalalarining ilgari surilishi



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə48/150
tarix26.11.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#134982
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   150
Maktabgacha va boshlang’ich-hozir.org

Alisher Navoiy asarlarida ta`lim-tarbiya masalalarining ilgari surilishi.
Alloma tomonidan yaratilgan asarlar mazmunidan anglanadiki, ularda ilgari surilgan qarashlarning markazida inson va uning kamolotini ta’minlash g‘oyasi turadi. Mazkur o‘rinda navoiyshunos olim V. Zohidov quyidagi fikrni ifoda etadi: “Navoiy ijodi hamda amaliy faoliyatining eng asosiy, markaziy masalasi, yo‘nalish nuqtasi har narsadan oldin inson, uning taqdiri, baxti, saodati, uning yaxshi yashashi, bu uchun zarur jamiyat masalalaridir”.
Alloma tomonidan yaratilgan asarlarda komil insonni tarbiyalab voyaga yetkazishning uslub, vosita va usullari yuzasidan ham so‘z yuritiladi. Alisher Navoiy bola tarbiyasi bilan oila hamda maktabda shug‘ullanish, shuningdek, bola tarbiyasini olib borish jarayonida namuna uslubidan foydalanish maqsadga muvofiq ekanligiga alohida urg‘u beradi. Tarbiya va ta’lim ishlari o‘qituvchi hamda ota-onalar tomonidan olib borilishi lozim. Mutafakkir bolalar bilan munosabatda bo‘lish chog‘ida ular tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatoliklarni bartaraf etishda ularga jismoniy jazo berishdan saqlanish, aksincha, xushmuomalalik bilan yo‘l qo‘yilgan xatolarning mohiyatini ularga tushuntirish zarurligini, biroq bu o‘rinda ma’lum me’yorga amal qilish zarurligini aytadi. Alisher Navoiy o‘qituvchining, ayniqsa, talabchan bo‘lishi bolalarning puxta bilim olishlari va ularda axloqiy sifatlarning shakllanishiga muhim ahamiyatga ega deb hisoblaydi. Alloma ma’lum fan asoslari yoki muayyan kasb-hunar sirlarini o‘rganishga layoqatli, iste’dodli bolalarni tarbiyalashga alohida ahamiyat berish jamiyat uchun katta foyda keltiradi, qobiliyatsizni tarbiyalashga urinish befoydadir, degan xulosaga keladi va bu o‘rinda quyidagilarni bayon etadi: “g‘obiliyatlini tarbiya qilmaslik zulmdir, qobiliyatsizga tarbiya hayf. Uni tarbiya qilmaslik bilan nobud qilma, bunga tarbiyatingni nobud qilma”.
Alisher Navoiy asarlarida zamonaviy pedagogika fani asoslari qatorida muhim o‘rin tutuvchi omil o‘z-o‘zini tarbiyalash masalasining mohiyati ham yoritiladi. Bu borada bildirilgan fikr mazmuniga ko‘ra, bolaning o‘zi yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklarini o‘zi anglab olishi hamda ularni bartaraf etish uchun imkoniyat yaratish zarur. Mutafakkirning e’tirof etishicha, kimki bu borada yaratilgan imkoniyatdan to‘g‘ri foydalansa, o‘z xatosini anglay oladi va uni bartaraf etishga harakat qiladi, kimki yo‘l qo‘yilgan xatoni anglash va uni to‘g‘rilashga harakat qilish o‘rniga turli bahonalarni ro‘kach qilaversa, xatolari sonining yana bittaga oshishi uchun shaxsan o‘zi sharoit yaratadi. Keltirayotgan bahonasi qancha ko‘p bo‘lsa, uning yanglishishi, xatosi shunchalik katta ko‘rinadi, kamchilikning mavjud ekanligini ko‘rsatgan kishi bilan
tortishish qancha kuchli bo‘lsa, el oldida uning obro‘si shunchalik pasayadi.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin