O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


-MAVZU: XVII asrdan XX asrning birinchi yarmigacha tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar rivoji



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə54/150
tarix26.11.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#134982
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   150
Maktabgacha va boshlang’ich-hozir.org

11-MAVZU: XVII asrdan XX asrning birinchi yarmigacha tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar rivoji
REJA:
1. Buxoro amirligi, Qo’qon va Xiva xonliklarida ta’lim-tarbiya.
2. Maktab va madrasalarda ta’lim mazmuni. Qizlar maktabi va unda ta’lim mazmuni.
3. Munis Xorazmiyning “Savodi ta’lim” asari – husnihatga doir dastlabki qo’llanma sifatida.
4. Muhammad Sodiq Qoshg’ariyning “Odob as-solihin” asari – yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarni yorituvchi manba.


Tayanch sozlar: «Firdavsul-iqbol» asarida yozishicha, Abdulg’oziy Bahodirxon davlat tepasiga kelgandan so’ng uyg’ur, nayman, qo’ng’irot, qiyot, nukuz, mang’it, qangli, qipchoq, jaloyir, alieli, do’rmon, yuz, ming urug’, «Shajarai turk», «Shajarai tarokima» va «Manofe’ul-inson»
ASOSIY MATN

1. Buxoro amirligi, Qo’qon va Xiva xonliklarida ta’lim-tarbiya.
XVII asrda feodal tarqoqlik va bosh-boshdoqlik avj olgan davrda Xiva xonligini markazlashgan davlatga aylantirish, o’zaro urushlarga barham berish, el-yurtga osoyishtalik baxsh etish uchun Binni Oqatoyxonbinni ArabMuhammad Abulg’oziy Bahodirxon (1603-1664) ham qurol, ham qalam bilan kurash olib borgan adolatli hukmdor, ma’rifatparvar davlat arbobi, iste’dodli adib va tarixnavis olim hamdir. U o’zbek xonlari ichida Zahiriddin Muhammad Boburdan keyingi o’zbek xalqining madaniyat, ijtimoiy-siyosiy va huquqiy fikrlar tarixida sezilarli iz qoldirgan buyuk mutafakkirdir.

Abulg’oziy Bahodirxon yigirma (1644-1664) yil hukmronligi davrida Xorazmni ham siyosiy, ham iqtisodiy jihatdan, ham madaniy tomondan yuqori darajaga ko’tarish maqsadida davlatni ma’muriy boshqaruv, qonunchilik va soliq tizimi, dehqonchilik, chorvachilik va me’morchilikni rivojlantirish, madrasa va maktablar, masjidlar qurilishi, ilm-fanni yuksaltirish bilan bog’liq islohotlar o’tkazib, qo’shni davlatlar bilan iqtisodiy, madaniy, diplomatik aloqalarni ham keng yo’lga qo’yishga intildi. U o’zining elchisi Davlatmand orqali rus podshosiga murojaat qilib, Rossiya va Xiva xonligida savdo-sotiq munosabatlarini mustahkamlashni so’raydi. Shuningdek, Abulg’oziy Bahodirxon Xiva va Hindiston davlatlari o’rtasida diplomatik va savdo-sotiq munosabatlarini mustahkamlash uchun Shohbobo va Shohjahonlarni elchi qilib Hindistonga yuboradi. 1648 yilda Eron shohi Abbos XII ga elchi yuborib, ikki o’rtada savdo-sotiq va do’stlik aloqalarini mustahkamlashni iltimos qiladi. Bu siyosiy tadbirlar Abdulg’oziy Bahodirxonning markazlashgan davlat va fuqarolarning manfaatlarini himoya qilish va mustahkamlash siyosatida oqilona yo’l tutganligini ko’rsatadi. Shunisi xarakterliki, Abdulg’oziyxon podsholarning davlat boshqaruv siyosatida deyarli uchramaydigan ibratli ish qildi, ya’ni u tirikligida toju taxtni o’g’li Anushaxonga o’z ixtiyori bilan (1664 yil boshida) topshirdi.


Darhaqiqat, tarixshunos olim va shoir SherMuhammad Munis «Firdavsul-iqbol» asarida yozishicha, Abdulg’oziy Bahodirxon davlat tepasiga kelgandan so’ng uyg’ur, nayman, qo’ng’irot, qiyot, nukuz, mang’it, qangli, qipchoq, jaloyir, alieli, do’rmon, yuz, ming urug’laridan ko’p kishilarga o’rin va amal tayin etgan: «O’zbekdin uch yuz oltmish kishiga … amal berdi. Alarning o’ttuz-o’ttuz birtasiga o’z yonidan o’rin berdi. Andoqkim, ikki shayxulislom, ikki qozi, bir raissayid ota avlodindin, bir mutavalli, bir naqib, to’rt otaliq, to’rt mutavalli, bir naqib, to’rt otaliq, to’rt inoq to’rt mirob, to’rt parvonachi, ikki oqa, ikki arbob, to’rt chig’atoy inoqi va bir vazirkim, xolomehtarderlar va qo’shbegi, bu ikkovi o’rinsiz. Xon (Abulg’ozi) huzurida oqyo ustida turdilar». Abdulg’oziy Bahodirxonning ulkan xizmatlari shundan iboratki, u xonlikni markazlashgan davlatga aylantirishga, intilib boshqarish tizimini islohot qildi, mamlakatni boshqaruv siyosatida har bir urug’ vakili uchun eng obro’li 32 nafar kishiga saroyda o’z yonidan amal berdi va shu mansablarga 360 kishini tayinlaydi. Shulardan 32 kishini esa o’ziga mahram qilib oladi. Har bir urug’ga bitta inoqni boshliq qilib qo’yadi. Quyi toifalar va urug’larning boshlig’i etib biyni qo’ygan, bir necha biyni esa otaliqqa bo’ysundirgan. Shuningdek, bir urug’ning sardori inoqni bir necha otaliqqa boshliq qilib ham tayinlagan.
Abdulg’oziy Bahodirxon saroyda o’tkaziladigan turli rasmiy qabul marosimlari va siyosiy tadbirlarda ishtirok etish va o’tirish uchun inoqlarga to’rt joy ajratgan. Inoqlardan faqat biri xonning chap tomonida Amirulumoradan keyin o’tirish huquqiga ega bo’lgan, u ulug’ inoq deb atalgan. Boshqa inoqlar ham xonning chap tomonida, yigirmanchi o’rindan boshlab o’tirishi rasm bo’lgan. Yangi xonni taxtga o’tkazish vaqtida inoqlar oq namatning to’rt burchagidan ushlab, unda bo’lajak Xiva hukmdorini uch marta osmonga irg’itar edilar, – bu inoqlarning asosiy va faxriy burchi edi. Inoqlarga egallab turgan mansablariga qarab 50 tillodan 500 tillogacha maosh to’langan. Shuningdek, ulug’ inoq yoki inoqbek unvoni egasi 300 tillodan 500 tillogacha maosh olganlar. Rasmiy qabul marosimlarida to’rt otaliq xonning chap tomonida o’tirganlar. Bir otaliq xondan nari, to’qqizinchi o’rinda uch otaliq esa shayxuislomdan keyin o’n bir va o’n to’rtinchi o’rinlarda o’tirganlar. Otaliq unvoni yorlig’i faqat o’zbeklargagina berilmasdan, balki boshqa qoraqalpoq, turkman, uyg’ur urug’lari vakillariga ham berilgan. Otaliq unvoni olganlarga oltin qilich va xanjar taqib, zarbob to’n kiyib yurishi rasm bo’lgan. Ularga 10 tillodan 150 tillogacha maosh to’langan. Otaliqlardan keyin xonning chap tomonida to’rtta biy o’tirgan, ular ham turli imtiyozlarga ega bo’lib, maosh olganlar.
Shunday qilib, Abulg’oziy Bahodirxonning davlatni oqilona boshqarish siyosatida inoqlar, otaliqlar, biylar va boshqa amaldorlar muhim rol o’ynaganlar. Davlatni boshqaruv tizimidagi mansablar ma’muriy, siyosiy, huquqiy, diniy va harbiy lavozimlarga bo’lingan bo’lib, bu vazifalarni bajaruvchilarga tegishli maosh va mukofotlar berilardi. Sud ishlari qozilar qo’lida bo’lib, u shariat qonunlari asosida qat’iy yuritilardi. Abulg’oziy Bahodirxon barcha Sharq hukmdorlari kabi o’z saltanatini mustahkamlash, Xorazmda ilm-fan va madaniyatni rivojlantirish maqsadida o’z saroyiga ilg’or fikrli olimu fuzalolar, shoiru bastakorlar, me’moru naqqoshlar, tabiblar, tarixnavislar, adiblar, xattotlar va boshqa kasb egalarini to’plab, samarali ijod qilishi uchun shart-sharoitlar yaratib berish bilan birga, ijodkor sifatida o’zi ham «Shajarai turk», «Shajarai tarokima» va «Manofe’ul-inson» («Kishilarning sihat salomatliklari yo’lida») kabi siyosiy-huquqiy va tarixiy-badiiy va tibbiyotga oid asarlarni yozdi. Bu asarlar Abulg’oziy Bahodirxonning tarixiy, siyosiy va huquqiy qarashlarini o’rganishda asosiy manba bo’lib xizmat qiladi.
Binobarin, jabr-zulm, zo’rlik va haqsizlik Abulg’oziy yashab, ijod qilgan muhit-feodal jamiyati uchun xarakterlidir. Abulg’oziy toj-taxt uchun mamlakatni parchalab yuborayotgan, el-yurtga notinchlik keltirayotgan, xalq boshiga kulfat va baxtsizlik urug’ini sochayotgan o’z akalari Asfandiyorxon, Habash va Elbars sultonlarni «Shohlik sharobidan mast bo’lg’on nodonlar», deb ataydi va mamlakatni tadbirkorlik bilan boshqarolmagan Po’lod sultonning axloqsizligi va noqobilligini shunday tasvirlaydi: «Po’lod sulton aqlsiz, tentak erdi. Aning ikki odati bor edi. Tahi bir, «ikki kichik» barmog’ini bosh barmog’ining ustinda qo’yib, ikki kichik barmog’ini urub,shirq-shirq qilib ovoz chiqarar erdi, nechukkim masxaralar, ma’rakagirlar qilurlar. Ikki qo’lini shundoq qilib «Shiliqru!», der erdi. Har qilg’on sayin «Shiliqru!», der erdi. Bir karat so’rdikim:
- Xurosonga karvon ketaturg’on bormu?- deb:
- Karvon tuna kun ketdi, - dedilar. Bir kishiga hukm etdi:
- Bor, taqi karvonning barchasini qaytarib, olib kel! Sog’cha qudug’inda karvonning keyinidin, etib qaytarib Xivaqqa olib keldilar. Ulug’ musulmonlarning ko’nglina bu ma’qul bo’ldikim: «Albatta, sulton Xuroson bilan yov bo’ladur. Yo’q ersa, o’zga ish uchun bo’lsa bizning birimizning qaytarmoq kerak erdi?» Karvon xalqni barchasin sulton oldiga olib keldilar. Sulton ularning yuzlarina boqib, qo’llarini shirq-shirq etib dedi:
- Menga bir-etti pok Shiliqru! To’rt besh karat takror etdi. Karvon xalqi tushunmaydilar. Sultonning navkarlari aytdi:
- Menga bir-etti poki keltur!
O’zga nimarsa kerakmas! – deytururlar. Boring, keling!».
Abulg’oziy hukmdor mard, tadbirkor, irodali, sabr-toqatli bo’lishi, har qanday qiyin vaziyatda ham o’zini yo’qotib qo’ymasdan to’g’ri va oqilona hukm chiqarishi lozimligini alohida ta’kidlaydi. U otasining fitnachilarga bo’lgan munosabatiga to’xtalib: «Xonning fe’li kengligi va gunohkorlarni avf qilgani otamiz xonning boshina va barcha yurt xalqining boshina ko’rguliklar keltirur», deb hayotiy dalil sifatida keltirishi bejiz emas. Chunki akalari Habash va Elbars sultonlar o’z otasi ArabMuhammadning ko’zini o’yib olish bilan qanoatlanmay, uning o’g’li va nabiralarini Asfandiyorxonning ikki o’g’li bilan qatl qiladilar.
Xullas, Abulg’oziyxon Xiva xonlari orasida o’ta tadbirkorligi, tashkilotchiligi va bilimdonligi bilan ajralib turadi.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin