So’z duridur javhari jondin aziz,
Balki erur ikki jahondin aziz.
So’zdin erur har tan aro jon dag’i,
Jon demayin gavhari imon dag’i,
Bo’lsa birov shakli zabundin zabun,
Qomat esa ham ango andoqki nun.
Qo’l ango shal bo’lsa, oyog’i dog’ilang,
Boshdin oyoq bo’lsa, agar oru nang,
Lekin ango bor esa durri maqol,
Borg’usidir yoniga ahli savol.
So’z duridin kelturibsan anga dil,
Tirg’uzur oni gar esa murda dil.
Nishotiy so’zning “qabih” va “malih” bo’lishini ta’kidlab, qabih so’z kishilarning dilini og’ritib, ozor berishini, malih esa, jon ozig’iekanini uqtiradi. Shuning uchun ham qabih so’zlamasdan, doimo malih, ya’ni shirin va ma’noli so’zlash lozimdir, deb ta’kidlaydi:
Mantiq eli qilganida jonda farq,
Qildilar hayvon bilan insonda farq.
So’zdin erur ma’niyi rangin murod,
Bo’lmasa ul so’zni degil girdibod.
Kimki yomon so’zni der — inson emas,
So’zki yomondir, ani hayvon demas.
Nishotiy fikricha, “ganji soz” dunyoda shu qadar ko’pki, uni ishlatishda tilga nihoyatda ehtiyotkor bo’lib, so’zga zebu-ziynat berish lozim. Uni dilu jon deb atalmish “ayvonda” (qalbda) parvarish qilib chiqarish kerak. Shundagina so’z ta’sirchan bo’lib, tinglovchiga “jon”bag’ishlaydi:
Arshning ostida erur ganji roz,
Olmoq ila bo’lmag’ay ul ganj oz.
So’zki malohat bila marg’ub erur,
Ziynat ango bo’lsa agar ko’b erur.
Har kishi so’z bikrin paydo qilur,
Boshdin-oyoq zeb huvaydo qilur.
Parvarish aylar ani ayvon aro,
Vah, qayu ayvonki, dilu jon aro
Nuqta adosin dog’ioson degay,
Dostları ilə paylaş: |