Jimu, xoyu alifkim men kimu, darding yuki birla, Dilda nuqtasi bag’rimda dog’im loyiqi xun men.
Bu muammoning birinchi misrasidagi oldingi uch so’z (jim, alif, ho jaho bo’lsa, ikkinchi misradagi «dilida nuqtasi, bag’rimda dog’im» so’zlari (N–shakli tasviri bo’lib, bag’ir dog’i ko’ngil russasini ifodalagan.
Demak, chiston, muammo, muashshax kabilar qizlarning she’riy qobiliyatini, zehnini, falsafiy mushohadasini chuqurlashtirishda ma’rifiy-tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan.
Uvaysiy ijodida uning ma’rifiy-ta’limiy qarashlarini ifodalovchi g’azallar ko’p. Uning she’rlarida ona qalbi, insonga mehr-muhabbat, yaxshilik kabi pokiza yuraklarning aks sadosi eshitiladi. Jahon otinning ko’pchilik asarlari insoniy muhabbatni, go’zallikni ifoda etadi Uning she’rlaridagi asosiy lirik qahramon hayotni butun go’zalligi bilan sevuvchi, unga maftun bo’lib, uning ijobiy hodisalaridan shodlanuvchi, jabr-zulmga qarshi ma’naviy kurashuvchi, do’stlik, vafodorlikka sodiq, chin oshiq, aqlli, bilimdon ayol. Ana shu olijanob insoniy fazilatlar kishilardagi vafosizlik, bemehrlik, yolg’onchilik, subutsizlik kabi salbiy illatlarga qarama-qarshi qo’yiladi:
Mehnatu olamlarga mubtalo Uvaysiyman, Qayda dard eli bo’lsa, oshna Uvaysiyman. Istadim bu olamni, topmadim vafo ahli, Barchadin yumib ko’zni muddao Uvaysiyman. Kechalar fig’onimdin tinmadi kavokiblar, Arzi to samo uzra mojaro Uvaysiyman. To ko’rib xarobotin ta’n etma, ey zohida Bir nafas emas xoliyy iqtido Uvaysiyman. Uvaysiy o’zbek xalqining til boyligidan maqol, matal, atamalaridan unumli foydalangan holda o’z shogirdlarini ezgulikka, vafodorlikka da’vat etadi:
Uvaysiy yuz jafo ko’rsang haqiqat yoridan doim, Ugurma yuzni andin, solma ko’zni o’zga dildora. Insonning yurish-turishi, suhbati, muomalasi, jamoli, vafosi, sadoqati, ixlosi kabi fazilatlarni ulug’laydi. Uvaysiy haqiqiy muhabbatni, insonning muhabbatini kuylaydi. U hayotga muhabbatni, uning latofatini kuylar ekan, yoshlarimizda hayot hadya etgan ne’matlardan bahramand bo’lish, tabiatning go’zalligidan zavqlanish kabi shukronalik va hayotga muhabbat tuyg’ularini tarbiyalaydi: