O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə78/150
tarix26.11.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#134982
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   150
Maktabgacha va boshlang’ich-hozir.org

Fransiyada ta’lim tizimi
Fransiyada ta’lim tizimi Fransiya ta ’lim tizim i ham qadimiy va boy tarixga ega. Bu mamlakatda «Ta’lim haqida»gi Qonun dastlab 1955 -yili qabul qilinib, 1975 -yili unga qator o'zgartirishlar kiritilgan. Fransiya davlatining hozirgi davrda amal qilinayotgan «Ta’lim haqida»gi Qonuni 1989-yil 10 iyulda qabul qilingan bo'lib, uning o'zgartirilishiga ta ’lim strategiyasida ro'y bergan o'zgarishlar, mamlakatning ichki, tashqi siyosatdagi islohatlar, yuzaga kelgan iqtisodiy sharoitlar, chet el pedagogikasidagi ilg'or tajribaiarning mamlakat ta’hm tizimlariga kirib kelishi, o'quv predmetlarining integrasiyalari va boshqalar sabab bo'ldi. Fransiyada ta’limning asosiy maqsadi shaxsning har tomonlama kamol topishini ta’minlash, uni mustaqil faoliyatga tayyorlash, bozor munosabatlari sharoitida o'quvchilami tadbirkorlikka, ishbilarmonlik va omilkorlikka o'rgatish, shunga yarasha kasb-korga ega qilishdan iboratdir. Bu erda:
1. Davlat maktablari,
2. Xususiy maktablar,
3. Oraliq maktablari mavjud.
O'qitiladigan predmetlar ichida fransuz tili va adabiyoti, o'qish va -yozuv alohida ahamiyatga molik. Ular uchun dars vaqtining 30% ajratiladi. O'rtacha haftalik soatlar 26 soatdan iborat, darsning davomiyhgi 60 minut. O'quv yili 5 chorakka bo'linadi. Fransuz maktablari boshlang'ich sinflarida o'qish ertalab va tushdan keyingi qismlarga bo'linadi. Ertalab o'quvchilar ona tilidan, tushdan keyin esa matematika va boshqa predmetlardan saboq oladilar. Matematika, ona tili va adabiyoti baza predmeti, tarix, geografiya, mehnat, jismoniy tarbiya predmetlari esa rivojlantiruvchi predmetlar hisoblanadi. Fransiya ta’limida bolalarni go'daklik chog'idanoq maktabda o'qitish uchun tayyor holda ohb kelish g'oyat muhim masala hisoblanadi. Bu bosqichda tarbiyalanuvchilar quyidagicha tabaqalashtirilgan: kichik guruh (2-4 yosh), o'rta guruh (4-5 yosh), katta guruh (5-6 yosh). Maktabga tayyorlov guruhi (5-6 yosh) bo'lib, ularga Fransiyada 100% shu yoshdagi bolalar qamrab olingan. Bolalarni maktabga tayyorlash uchun alohida dastur va darsliklar mavjud. Fransiyada boshlang'ich ta’lim maktablariga 6 yoshdan 11 yoshgacha bo'lgan bolalar jalb qilinadilar. Boshlang'ich maktab bepul va majburiy. Uning vazifasi o'qish, yozish, hisoblash malakasini berishdir. O'quv mashg'ulotlari ertalab soat 9 dan 12 gacha, hamda soat 14 dan 16 gacha 5 soat davom etadi. M aktabda ovqatlanish pullik, lekin juda arzonlashtirilgan narxlarda. Boshlang'ich sinflarda o'qish uch bosqichda amalga oshiriladi: 1. Tayyorlov bosqichi; 2. Elementar kurs (bu bosqich ikki yil davom etadi); 3. Chuqurlashtirilgan bosqich. Dasturlarda o'quv predmetlarning barchasiga uch bosqich bo'yicha aniq, alohida-alohida talablar qo'yiladi. 1990 -yildagi hukumat qarorida bolalami bilimiga, qobiliyatiga qarab dars jadvalini tabaqalashtirgan holda tuzish huquqi berildi. O'quvchilar 11 yoshda boshlang'ich maktabni tugallab o'rta maktabga o'tadilar. O'rta ta’hm esa kollejlar va litseylarda amalga oshiriladi. O'rta ta’lim ikki bosqichda beriladi. Birinchi bosqich (11 yoshdan 15 yoshgacha) 4 yil bo'lib, eng kichik sinf 6-sinf, 5-4-o'rta sinf, 3-sinf esa katta sinf hisoblanadi. Demak sinflami raqamlash yuqoridan pastga qarab amalga oshiriladi. 6-5 sinflar umumiy o'rta ta’lim, 4-3 sinflar esa o'quvchilarning moyilhgiga qarab beriladi. Bu birinchi bosqichni tugatgach, o'quvchilar kasbiy yo'nalishlari bo'yicha guvohnoma oladilar. So'ngra ikkinchi bosqich boshlanadi. Bu bosqichda 15-18 yoshgacha bo'lgan bolalar ta’lim oladilar. Ular uch yil o'qib bakalavr unvoni va diplomi uchun imtihon topshiradilar. Ana shunda diplom olgan o'quvchilargina ohy o'quv yurtlarga qabul qilinish huquqiga ega bo'ladilar. Fransiyada talabalar pedagogika, politexnika instituti, oliy ma’muriy maktablarga kirish uchungina imtihon topshiradilar. Bundan tashqari shu kasbga moyilhgi ham alohida sinab ko'riladi. Boshqa oliygohlarga va universitetlarga esa bakalavr diplomi bo'lgan yoshlar imtihonsiz qabul qilinaveradi. Ohy ta’hm universitetlarda uch turkumda amalga oshiriladi. Birinchi turkum: umumiy bo'hb, o'qish muddati ikki yil davom etadi. Ikkinchi turkum: o'qish bir yil davom etadi. Talabalar uni magistr darajasi bilan yakunlaydi. Uchinchi turkum: o'qish 1-2 yil davom etadi. Bu siklda: - biron bir predmetni chuqurlashtirib o'rganilganligi haqida diplom 1 yil; -ixtisoslashtirilgan oliy ma'lumot to'g'risida diplom 1 yil; - uchinchi turkum doktorlik dissertasiyasi 1-2 yil; - davlat doktorlik dissertasiyasi biron-bir sohani mukammal o'rganib dissertasiya yozish kabi hujjatlar ohsh mumkin. Fransiyada ohy ma'lumot va ixtisos beruvchi ohy texnologik institutlar mingdan ortiq. U lar odatda sanoat, maishiy xizm at ko'rsatish, informatika mutaxassisliklariga ixtisoslashgan. O'qish muddati 2 yil bo'hb, sakkiz xaftalik ishlab chiqarish amaliyotini ham ko'zda tutadi. Sirtqi ta'lim shoxobchalari juda keng bo'hb, u 500 turdagi o'rta, oliy professional ma'lumot berishni tavsiya eta oladi. Fransiyada maktab rahbarligi lavozimiga erishmoq uchun ta’limga rahbarlik qilishdan saboq beruvchi maxsus markazlarda o'qiydilar. Bunday m arkazlarda ular rahbarlik qilish, maktab iqtisodiyotini boshqarish, ta’limdagi yuridik masalalar, qonunchilik, ota-onalar bilan ishlash, madaniy oqartuv ishlarini tashkil etish, jamoada yaxshi psixologik m uhitni barpo etish kabi jihatlarni o'rganadi. O'qishni yakunlagach, suhbatdan, test imtihonlaridan o'tadilar. Direktor dars bermaydi. Uning ish faoliyatini ikki yil davomida diqqat bilan kuzatib boriladi. Shu ikki yil davomida maktab direktori talantli tashkilotchi, etuk rahbar sifatida faohyat ko'rsata olmasa, u bu lavozimidan olib tashlanadi. Maktab o'qituvchilariga qo'yilgan talab Fransiyada o'ta yuqori. Ayniqsa, boshlang'ich maktablarda o'qituvchi o'z kasbini ustasi, ajoyib notiq, san’atkor, musiqachi, sportchi, tashkilotchi, namunali xulq-atvor egasi bolmogl lozim. O'qituvchilar o'z nazariy— uslubiy malakalarini oshirishga ahamiyat beradilar. Malaka oshirish kurslaridan o'tish uchun aniq muddat belgilab qo'yilmagan. O'qituvchilar o'z ixtiyorlari ЬДап test markazlarida imtihon topshiradilar. Shu imtihonlar davrida o'qituvchi faoliyatida ayrim nuqsonlar sezilib, malaka oshirishga ehtiyoj aniqlansa, o'z vaqti va mablag'lari hisobiga malaka oshiriladi.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin