O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə19/150
tarix26.11.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#134982
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   150
Maktabgacha va boshlang’ich-hozir.org

Abu Ali Ibn Sino ta’lim oluvchilarni jamoa qilib o‘qitishni ta’kidlaydi. U ta’lim oluvchilarni o‘qitishda ularni birdaniga kitob bilan band qilib qo‘ymaslik kerak deb o‘qtiradi. Shuningdek, olimning fikricha olib boriladigan o‘quv mashg‘ulotlarning mazmun – mohiyati ta’lim oluvchilarning yosh xususiyatlariga ham mos kelishligi va unda turli xil ta’lim metodlari va shakllaridan foydalanish zarur. Bu orqali ta’lim oluvchilarining zerikishlari oldi olinadi.
Ibn Sino ta’limoti bo‘yicha bilishda qaysi metodlardan foydalanilmasin – u og‘zaki ifodalash, bilimlarni tushuntirish, turli ko‘rinishdagi suhbatni tashkil etish, tajribalarni uyushtirish bo‘ladimi baribir, ta’lim oluvchida haqiqiy bilim hosil qilish, mustaqil, mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, olgan bilimlarini amaliyotga tadbiq eta olish qobiliyatini tarkib toptirish asosiy maqsad bo‘lgan.
Olimning quyidagi asarlari bizga ma’lum: “Tib qonunlari”, “Ash shifo”, “Al - Qonun”, “Hayy ibn Yaqzon”, “Risolat at - tayr”, “Risolat fil - ishq”, “Nomozning mohiyati haqida risola”, “Ziyorat qilishning ma’nosi haqida”, “An - Najot”, “Donishnoma”, “Kitob ash - ishorat”, “Risolat al - qadr”.
Olim axloqdagi o‘zgarishlarni ularning organizmidagi o‘zgarishlar bilan bog‘lab tushuntiradi. Masalan, agar yomon xulq odatga kirib qolsa, u mijoz buzilishini keltirib chiqaradi, g‘azab kuchli qizdiradi, qayg‘u kuchli ozdiradi, xulqning mo‘tadilligi natijasida ham nafs, ham badan sog‘lom bo‘ladi, deb o‘qtiradi.


Nazorat uchun savollar:
1.Pedagogika fanida «Uyg‘onish davri» qaysi davrga to‘g‘ri keladi?
2.Sharq Uyg‘onish davrida ilm-fan, madaniyat, ta’lim-tarbiya taraqqiyoti nimalarda namoyon
bo‘ldi?
1.Abu Rayxon Beruniyning hayoti va ijodi haqida tushuncha bering.
2. Abu Rayxon Beruniyning ta`limiy-axloqiy qarashlari haqida ma`lumot bering.
3. Abu Ali ib n Sinoning hayoti va ijodi haqida tushuncha bering.
4. Abu Ali ib n Sinoning ta’limiy-ahloqiy qarashlari haqida ma`lumot bering.
4. Abu Rayxon Beruniy, Ibn Sinolarning qanday asarlari bilan tanishsiz? Bu
asarlarning mohiyati nimalardan iborat?

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin