Nazorat uchun savollar va topshiriqlar 1.IX-XII asrlarda ta’limiy-axloqiy asarlarning paydo bo‘lishi shart-sharoitlari.
2.Ta’limiy-axloqiy asarlar mazmunidagi o‘xshash va farqli tomonlarni aniqlang.
3.Ta’limiy-axloqiy asarlarda ifodalangan komil insonga xos xislatlar jadvalini tuzing.
4.Javonmardlik tarbiyasi haqida gapiring. Uning asosiy talablari qaysi asarlarda o‘z ifodasini topgan?
5.Hozirgi davr ta’lim mazmunida foydalanish mumkin bo‘lgan tarbiya tajribalarimizga misollar keltiring.
Mustaqil ta’lim uchun vazifalar: 1. Axmad Yugnakiy “Xibbat ul-haqoyiq” asarini o‘qib taxlil qiling
2. Muslihiddin Sa’diy “Guliston” asarini o‘qib taxlil qiling.
Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati Asosiy adabiyotlar: 1. K.Xoshimov "Pedagogika tarixi" T."O‘zbekiston" 1997 yil.
2. Safo Ochil, K.Xoshimov "O‘zbek pedagogikasi antologiyasi" T. "O‘qituvchi" 1995 yil.
3. R.A.Mavlonova, O.To‘rayeva, K.M.Xoliqberdiyev. Pedagogika.Darslik T:.O‘qituvchi 2008-yil 4. R.A.Mavlonova, N.H.Vohidova, N.H.Raxmonqulova. Pedagogika nazariyasi va tarixi. Darslik T:. Fan va texnologiyalar. 2010-yil 5.K.Xoshimov, S.Ochilov. O‘zbek pedagogikasi antologiyasi.O‘quv qo‘llanma.T:.O‘qituvchi 2010-yil 6. R.A.Mavlonova, N.H.Vohidova, Ijtimoiy pedagogika. O‘quv qo‘llanma. T.: Noshir 2009-yil 7. Curriculum,cultural traditions and pedagogy:understanding the work of teachers in England,France and Germany 2012-y
8-MAVZU: XIV asrning ikkinchi yarmi va XVI asrda Movarounnaxrda tarbiya va maktab. Amir Temur, Muhammad Tarag`ay Ulug`bek va Zahriddin Muhammad Boburning asarlarida ta`lim-tarbiya masalalarining ilgari surilishi.
REJA:
Ijtimoiy hayotning ta’lim-tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar rivojiga ta’siri.
Movaraunnahrda Amir Temur tomonidan markazlahgan davlat barpo etilishi va uning fan, madaniyat va ma’rifat rivojiga qo’shgan hissasi.
Mirzo Ulug’bekning pedagogik g’oyalari va ma’rifatparvarlik xizmatlari. Ulug’bek davrida maktab islohoti.