O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə55/150
tarix26.11.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#134982
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   150
Maktabgacha va boshlang’ich-hozir.org

Birinchidan, uning hayoti Xiva xonligini markazlashtirish, mamlakat iqtisodi va madaniyatini rivojlantirish, chegaralarni kengaytirish va mustahkamlash, turkmanlarni Xiva xonligiga bo’ysundirish uchun olib borilgan shiddatli kurashlar bilan o’tdi. Uning siyosiy hayot yo’li sermazmun sarguzashtlar bilan to’la. Xonlikning barcha yuqori lavozimlari yana o’zbek hukmdorlari qo’liga o’tkazildi. U ma’muriy islohotlar o’tkazib, xonlikning markaziy boshqaruv tizimini butunlay boshqatdan tashkil etib, o’zbek zodagonlaridan 360 kishini xonlik tizimini turli lavozimlariga tayinladi. Shu bilan Abulg’oziyxon o’zbeklarni va erli aholining nufuzli kishilarini davlat boshqaruv ishlariga jalb etib, mamlakatda ma’lum darajada barqarorlikni vujudga keltirdi. Abulg’oziyxonning ichki siyosat sohasida o’tkazgan eng muhim tadbirlaridan yana biri doim ko’chib yuruvchi o’zbek qabilalarini 4 guruhga birlashtirib butun Xorazm vohasi bo’ylab, ya’ni Darg’on otadan to Orol dengizigacha keng maydonda sug’orish tarmoqlari sohillariga o’troqlashtirish siyosati bo’ldi.
Ikkinchidan, Abulg’oziyxon turkiy qavmlar va fors-tojik, mo’g’ul tillarini mukammal egallagan, o’zining «Shajarai turk» va «Shajarai tarokima» nomli asarlari bilan jahonga mashhur bo’lgan olimdir. Uning bu asarlarida ilgari surilgan kuchli markazlashgan davlat tuzish, mustahkamlash, xonliklar va bekliklar o’rtasidagi o’zaro urushlarga barham berish, davlat va fuqarolar manfaatlarini himoya qilish, davlatni adolatli qonunlar asosida tadbirkorlik bilan boshqarish, el-yurt tinchligi, xalqlar do’stligi, ilm-ma’rifat egallash, fan va madaniyatni rivojlantirish singari ijtimoiy-siyosiy va huquqiy qarashlari o’zbek xalqining siyosiy-huquqiy fikrlar tarixiga qo’shilgan katta hissadir.
Abulg’oziy “Shajarai tarokima” (“Turkmanlar tarixi”) asarida turkiy qabilalarning, xususan, turkman xalqining kelib chiqishi haqida qimmatli ma’lumotlar beradi. Asarda barcha turkiy xalqlarning afsonaviy podshosi O’g’uzxon va uning avlodi, tarixi, shuningdek, turkman urug’lari (solur, boyandur, taka, yovmut, tevachi, hizr eli, sariq, Ali eli, yozir, ersori va boshqalarning) kelib chiqishi qisqa tarzda bayon etilgan. Bu asarda turkman xalqi yaratgan ko’pgina rivoyat va hikoyatlar, xususan, afsonaviy o’g’uz-turkman, Dada Ko’rqut haqidagi ertak va afsonalar, she’rlar o’rin olgan.
“Shajarai tarokima” 1893 yilda A. G. Tumanskiy tomonidan ruschaga tarjima kilinadi. Keyinroq esa bu asarning to’liq tarjimasi A.N.Kononov tomonidan amalga oshiriladi. Asar tili, uslubi fonetiq morfologik, sintaktik jihatdan chuqur tahlil etilib, izohlar ham beriladi. Akademik A.N.Kononov shunday deydi: “Shajarai tarokima” asari faqatgina tarixiy manba bo’lib qolmasdan, balki adabiy yodgorlik sifatida ham ahamiyatli bo’lgan, chunki unda xalq afsonalari, xalq etimologiyasi, etnomi, maqol va matallari, masallari mohirona tasvirlangan”. Abulg’oziy haqiqatan ham o’zining bu asarini omma tushunib etadigan sodda va ommabop uslubda yozishga alohida e’tibor bergan. Muallifning o’zi bu haqda shunday yozadi: “Barcha bilingkim, bizdan burun turkiy tarix ayqonlar arabiy lug’atlarni qo’shib tururlar va forsiyni ham qo’shib tururlar va turkiyni ham sajh qilib tururlar. O’zlarining hunarlari va ustozliklarini xalqqa ma’lum qilmoq uchun. Viz munlarning hech qaysisini qilmadiq, aning uchunkim bu kitobni o’quvchi va tinglaguvchi albatta turk bo’lg’usi turur: bas, turklarga turkona aytmoq kerakki, to ularning barchasi fahm qilg’aylar”.
Abulg’oziyning fikrlari, uning “turkona aytmoqqa” harakat qilishi tarixiy — memuar asari “Shajarai turk”da ham o’z ifodasini topgan. “Shajarai turk”ni... “Turkiy bilan aytdum. Turkiyni hamandok aytubmankim, besh yoshli o’g’lon tushunur”, deydi.
Qizig’ishundaki, Abulg’oziy “Shajarai turk” asarida o’z ota-bobolarining shajarasini, hukmdorlarning silsilasini tarixiy voqealar va ko’pincha, afsona va rivoyatlar orqali qiziqarli va ixcham yoritadi. Tabiat manzaralarini, jang lavhalarini, qilich tovushi, otning dukurlashi va kishilarning hayqirishini jonli lavhalarda tasvirlab, u ora-orada o’z sartuzashtlarini ham qistirtirib o’tadi. Bu xususiyatlar “Shajarai turk”ni esdaliklar yo’sinidagi tarixiy-badiiy me’muar asarlarga, jumladan, “Boburnoma”ga yaqinlashtiradi. Shu bilan birga, Abulg’oziy kishilarning hulq-atvorini tasvirlaganda “To’raning davlatli bo’lurining nishonasi ul tururkim, navkarga mehribon bo’lur va badavlatning nishonasi qarindoshiga mehribon bo’lur”, “ul vaqtda ajalkelib, yaqosindin tutub otasining qatig’a olib ketdi” (jonlantirish),“yulduzda bo’lub qaravullar” (o’xshatish), “ul xalqni ko’rub dimog’idin dudlar chiqib buyurdi” (mubolag’a), “xonning toshday qattiq ko’ngli mumday yumshoq bo’ldi”, “Otangning ichi qozonning tubidin ham qoraroq turur”, “Qorulug’ tushdi, bora-bora otlari arriq bo’ldi”, “Turkman miltiq otmasiday, erga kelib tushdi”, “o’zbekning ola yilqili, oltin o’choqli va el bo’lur ermish degani bu turur” (sifatdoshlar), “har oyog’im o’n botmon bo’ldi”, “ul erda ko’p dyaraxtlar paydo bo’ldiki, o’q ursa o’tmas edi”, “ariqning kengligi otqon o’qo’tmasday bo’ldi” kabi hikmatli so’zlar va iboralarni ishlatadiki, bularning barchasi asarning badiiy va ma’rifiy-ilmiy qimmatini oshiradi.
“Shajarai turk”dagi etnografik ma’lumotlar, ya’ni turk-mo’g’ul qabilalari, qabila nomlarining ma’nosi haqidagi, o’zbeklar, turkman urug’lari va boshqalar haqidagi ma’lumotlar bugungi talaba uchun boy bilim xazinasidir.
Olim kitobda Dashti Qipchoqda O’zbekxonning xonlik davridan so’ng “barcha Jo’ji elini o’zbek eli tedilar” degan fikrga kelgan. O’zbeklar kimlar va ular qachon paydo bo’lgan degan savol atrofida tarixchilar orasida ancha vaqtlargacha munozaralar mavjud edi. Bu savollarga aniq va haqiqatga yaqin javobni “Shajarai turk” asariga asoslanib taniqli olim B. Ahmedov “Ko’chmanchi o’zbeklar davlati” kitobida bergan.
“Shajarai turk” asarining fazilatlari g’oyat ko’p. Uning hatto jug’rofiy ma’lumotlarga ham boyligi fikrimizning bir isbotidir. “Shajarai turk”da etnografik va jug’rofiy ma’lumotlargina emas, balki ismlarning ma’nolarigacha berilgan bo’lib, unda O’g’uzxonning yigirma to’rt nevaralari ismlarining ma’nolari zikr etilgan. Biz Abulg’oziy Baxodirxoniing “Shajarai turk” tarixiy-badiiy memuar asarining ilmiy qimmati to’g’risida mulohaza yuritar ekanmiz, yana bir xususiyati, ya’ni ilmiy-pedagogik ahamiyati to’g’risida ham to’xtalib o’tishni lozim topdik. Olim bu asarida odob-axloqqa oid ma’rifiy-didaktik g’oyalarni ham ilgari suradi. Abulg’oziy jamiyatdagi kishilarni ikki guruhga ajratadi. Bir tomonda yaxshi, odobli, kamtar, ilmni sevuvchi, xalq uchun xizmat qiluvchi kishilar, ikkinchi yoqda esa xudbin, axloqiy buzuq, boylikka hirs qo’ygan, “o’z boshina va barcha yurt boshina ortiq jafolar keltirgan” amalparast kishilar. Ana shu qarama-qarshi guruhlarga munosabatda, ularni baholashda Abulg’oziyning axloqiy-ta’limiy qarashlari ayon bo’ladi. Bu jihatdan uning Habash sulton bilan Elbars sultonning fe’l-atvoriga bergan ta’rifi diqqatga sazovordir: “Shohlik sharobidin mast bo’lgan nodonlar”.
Abulg’oziy o’zining yaxshi va yomon xulqli odamlar haqidagi axloqiy qarashlarini “Shajarai turk”da keng va atroflicha bayon qilar ekan, u kishining xulq-atvorini baholashda uning faoliyatiga, jamiyatda tutgan o’rniga alohida e’tibor beradi. Olim jamiyat uchun, ijtimoiy turmush uchun biror-foydali ish qilgan odamlarnigina yaxshilar qatoriga qo’shadi. Aksincha el-yurtga notinchlik, xalq boshiga kulfat va baxtsizlik keltirayotganlarni esa qoralaydi: “Ulug’ o’g’lining oti Mahmud erdi. Ani Mahmud sulton derlar edi. Benihoyat tentak, g’ayratsiz, nomussiz, qo’rqoq va soron”,—deydi va otasining fitnachi yomon kishilarga bo’lgan munosabatiga to’xtalib, “Xonning fe’li kengligi va gunohkorlarni avf qilgani otamiz Xonning boshina va barcha yurt xalqining boshina ko’rguliklar keltirur”, deb yozadi.
Abulg’oziy fikricha, yaxshilik va xushaxloqlikning ma’nosi mamlakatni obod qilish, adolatli va shafqatli, mard va saxovatli bo’lish, faqir-bechoralarga yordam berish, el-yurt tinchligini va farovonligini ta’minlash xislatlaridir: “Agar elu xalq yig’ilishib o’ltira bo’lur bo’lsa va yo bir ish boshqarmoq qo’lidan kelur bo’lsa, aning uchun bir mardga podsho ot qo’yib, uyning to’rinda o’lturtirib, barcha inon-ixtiyorin aning qo’liga bermog’i” lozim. Abulg’oziy ota va farzandlar o’rtasidagi hamjihatlik mehr-oqibatga to’xtalib, O’g’uzxonning donishmand odam bo’lib etishganini, olti o’g’liga juda ko’p yaxshi nasihatlar qilib, “bilimlar o’rgatib”, shaharlar va ellar in’om berib, adolat bilan hukmronlik qilganini ulug’laydi:

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin