O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


Shafqatu marhamatu lutfin etib arzona



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə64/150
tarix26.11.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#134982
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   150
Maktabgacha va boshlang’ich-hozir.org

Shafqatu marhamatu lutfin etib arzona,
Donishu fahmu farosatga sazovor ayla.
Roqim yoshlarni har bir mushkul ishni hal eta oladigan qobiliyatga ega bo’lish uchun ilm-hikmat yo’lidan borishga va ustozu donishmandlar suhbatidan bahramand bo’lishga da’vat etadi:
Ato qilsa sizlarga ilmu amal,
Ko’tarmang o’qimoqdin albatta bosh,
Qilib g’ayratu mangu nomusu or,
Eting ilm tahsilini ixtiyor...
Qilib sayr, kezmak havas aylamang,
Zamoni o’qumoqni bas aylamang,
O’zingizga rohatni aylab xarom,
Bo’lunglar riyozat bila subhu shom.
Murabbiy shoir yoshlarga talabalik davrida faqat shirin oshu ovqat eyishni xayollariga keltirmasdan, balki boriga qanoat qilib, muttasil dars (saboq) ini tayyorlash zarurliginn uqtiradi:
Ko’rub mevaning xom ila pishmishin,
Havas aylamang pistau kishmishin.
Demang eyirga halvotar yaxshiroq,
Qanoat qiling, tobsangiz noni qoq.
Bilib darsingiz aylab azbar o’qung,
O’qunglar, o’qunglar, o’qunglar, o’qung.
Havou havaslarni aylab raho,
Saboqlarni takror eting barho.
...Tama’ni tark qilmay izzat istar xalqdin har kim,
Bo’lur bu fe’ldin albatta xor ohista-ohista.
Ko’rinib turibdiki, Roqim“O’qish, o’qish va yana o’qish!” degan g’oyani bundan qariyb ikki asr oldin ilgari surgan edi.
Roqim axloqiy qarashlarida kamtarlikka insonning eng qimmatli fazilati sifatida yuksak baho beradi va uni keng targ’ib qiladi. Kamtarlikni o’z davri feodal muhitida avj olgan jaholat, mag’rurlik, takabburlikka qarama-qarshi qo’yadi va kishilarni samimiy, sofdil, ahil bo’lishga undaydi:
Budur emdi senga mening pandim,
Gar qabul etsang, ey jigarbandim.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin