Nazorat savollari: 1. Janubiy Koreyada boshlang`ich ta’lim tizimining o`ziga xos xususiyatlari
2. Fransiyada ta’lim tizimi mazmuni O`zbekiston ta`lim tizimi bilan farqi nimalardan iborat?
Adabiyotlar: 1. Pedagogy and Practice; Teaching and Learning in Secondary Schools.
2. Michael Uljens.School Didactics and Learning: A School Didactik Model
Framing an Analysis of Pedagogical Implications of Learning Theory 2008-y.
3. John Dewey,How we think(1910).Martin,Jay.The Education o f John
Dewey.(2003) Columbia University Press.Gutek Gerald L.(2009)New Perspectives
on Philosophy and education .Pearson Education Inc.
4. R.A.Mavlonova, O.To‘rayeva, K.M.Xoliqberdiyev. Pedagogika.Darslik
T :.0 ‘qituvchi 2008-yil
5. R.A.Mavlonova, N.H.Vohidova, N.H.Raxmonqulova. Pedagogika nazariyasi
va tarixi. Darslik T:. Fan va texnologiyalar. 2010-yil
6. K.Xoshimov, S.Ochilov. 0 ‘zbek pedagogikasi antologiyasi.O‘quv
qo‘llanma.T:.0‘qituvchi 2010-yil
7. R.A.Mavlonova, N.H.Vohidova, Ijtimoiy pedagogika. 0 ‘quv qoilanma. Т.:
Noshir 2009-yil
14-MAVZU: Germaniya ta`lim tizimi. O`zbekiston ta`lim tizimi va Hamkorlik yo`nalishlari.
REJA: 1. Germaniyada ta’lim tizimi
2. Germaniyada boshlang`ich ta`lim tizimining o`ziga xos xususiyatlari.
3. O`zbekiston ta`lim tizimi va Hamkorlik yo`nalishlari.
Germaniyada ta’lim tizimi Maktabgacha tarbiya tizimi Germaniya ta’lim tizimida ham muhim bosqich hisoblanadi. Uning 100 yildan ortiq tarixi bor. Bolalar bog'chalari ta’hmning quyi bosqichi hisoblansada, lekin u davlat tizimi tarkibiga kirm aydi. Bog'chalarni m ablag' bilan ta ’m inlash tu rli jam oat tashkilotlari, hayriya birlashmalari, korxonalar, xususiy shaxslar, diniy m uassasalar zimmasidadir. Ota-onalar bolalar bog'chalariga o'z farzandlarini tarbiyalayotganliklari uchun ancha miqdorda pul tolaydilar. 3 yoshdan 6 yoshgacha bolalarning 80% bog'chalarga qatnaydi. Germaniyada odatda bolalar bog'chada tushgacha tarbiyalanadilar. Kunning yarmida esa uyda, oilada bo'ladilar. Bu mamlakatda kuni uzaytirilgan bog'chalar ham bor. Majburiy ta’hm 6 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan bolalarga tegishli, ya’ni bu jarayon 12 yil davom etadi. Bundan 9 yillik (ba’zi joylarda 10 yil) maktabda tola haftalik oqishda o'qiydi. O'qish davlat maktablarida tekin. Xususiy maktablar kam. O'qish 6 yoshdan boshlanib, 4 yil davom etadi (faqat Berlinda 6 yil). Boshlang'ich maktabdan so'ng o'quvchilar yo'nalish bosqichidagi maktabga o'tadilar. Bu erda 5-6- sinf bosqichidagi yo'nalish maktablarda maxsus dastur asosida o'qiydilar. Keyin navbatdagi maktab tipiga ko'chadilar: bular - asosiy, maxsus maktab, real bihm yurtlari. Deyarli 30% bola asosiy maktabga o'tadi. 9 yoki 10 yillik o'qish tugatilgandan keyin kasbiy tayyorgarlikka o'tiladi. Maxsus maktablarda nuqsonga ega bo'lgan bolalar o'qiydi. Real bilim yurtlari asosiy maktab va yuqori bosqich maktabi o'rtasida turadi. Qoidaga ko'ra bu erda o'qish 6 yil davom etadi (5-10 sinfgacha) va to'la o'rta ma’lumot berish bilan tugallanadi. Bihm yurtini tugatganlar o'rta maxsus o'quv yurtiga yoki yuqori bosqichdagi hunar-texnika maktabiga kirib o'qish huquqiga ega bo'ladi. Germaniyada gimnaziyalar ham mavjud. Ular 5-13 sinflar ni o'z ichiga oladi. 11-13 sinflar ohy o'quv yurtlariga tayyorlash vazifasini ham bajaradi. Gimnaziyani bitirganlik haqidagi etuklik attestati ohy o'quv yurtida o'qish imkonini beradi. Germaniya ta’lim tizimida hunar ta’limi muhim ahamiyatga ega, chunki yuqori malakali ishchilarga bo'lgan talab kuchli. To'liqsiz o'rta maktabni bitiruvchilarning 20% hunar ta’limi tizimida bilim olishni davom ettiradilar. Aksariyat hollarda o'qish muddati 3—3,5 -yilni tashkil etadi. O'qish uch bosqichdan iborat bo'hb, birinchi - yili asosiy hunar ta’limi beriladi. Bunga o'qitilayotgan kasbga taalluqli maxsus fanlardan nazariy asoslar berilib, yirik korxonalarda amaliy mashg'ulotlar o'tkaziladi. Ikkinchi yil davomida maxsus hunar ta’limi beriladi. O'quvchining birinchi yilda ikkinchi yilga o'tishi sinov imtihonlari o'tkazilib o'qishni davom ettiruvchi yoshlar tanlab olinadi. Uchinchi yil davomida maxsus hunar ta’limi yanada chuqurlashtirilib boriladi.. Bitiruv imtihonlari maxsus komissiya tomonidan qabul qilinadi. Komissiya a’zolari korxonalarning etakchi mutaxassislari, federal erlardagi sanoat palatasi, hunarmandchilik palatasi vakillaridan tashkil topadi. Hunar maktablarining diplomlari ohy o'quv yurtlariga kirish uchun huquq bermaydi. Buning uchun 1 yillik tayyorlov kurslarini tugatish talab etiladi. 0 ‘qishga qabul qilish imtihonsiz maktab ta’limi to'g'risidagi hujjatga asosan oshiriladi. Ohy maktab o'z-o'zini boshqarish huquqiga ega. Ohy o‘quv yurtini shtatdagi rektor yoki bir necha yilga saylangan Prezident boshqaradi. O'zo'zini boshqarishda vazifalari aniq taqsimlab berilgan bir necha guruhlar bosqichma-bosqich ishtiroki prinsipiga amal qilinadi. Uning tarkibiga professor-o'qituvchilar, o'quvchilar, ilmiy xodimlar va boshqa xodimlar kiradi. Talabalar o'qishi erkin tashkil etilgan. Ko'p sonli o'quv bosqichlari bilan birga o'quv rejalari taklif etiladi. O'qishga haq tolanmaydi. Agar talaba yoki ularning ota-onalari oziq-ovqat harajatlarini ko'tara olmasa o'qish uchun moliyaviy yordam ko'rsatish to'g'risidagi federal qonunga ko'ra ular mohya yordamida oladilar. Bu yordamning yarmi stipendiyaga qo'shib berilsa, ikkinchi yarimi qarz tariqasida beriladi. Mamlakatda ta’limni isloh qihsh masalasi ko'pdan buyon muhokama qilinmoqda, bunda o'quv jarayonini qisqartirish taklif qilinmoqda. Hozir universitetlarda talabalar 7 yil o'qiydi. Ular o'qishga kirganlariga qadar korxonalarda bir necha yil ishlashlari yoki bundesverda xizmat qilishini hisobga olsak, talabalar haqiqiy mehnat faoliyatlarini ancha kech boshlayotganligini tushunamiz. Germaniyada Xalq universitetlari mavjud bo'hb, ular partiya va dindan tashqari muassasa. Ularning ko'pchiligi kechki bo'hb, faqat 1989-yili universitetlarda 400000 kurslar tashkil etilgan va bu kurslarda, 5,5 mln. tinglovchi malaka oshirgan. Davlat malaka oshirganlami rag'batlantiradi va bu uchun har yili 5,5 mln. marka mablag' ajratadi. Malaka oshirish kurslarida o'qish davrida tinglovchilarga mablag' ЬДап moliyaviy yordam beradilar. Asosan ishsizlar o'z malakasini oshirish imkoniyatlaridan ko'proq foydalanachlar va bu ЬДап ish topishlari tezlashadi. Yarim уД davomida malaka oshirgan ishclnlaming 75% ish ЬДап ta’minlanadi. Cherkovlar ham fuqarolaming bilim darajalarini oshirishda faol ishtirok etadi. Evangel cherkovi o'zining 15 akadem iyasida dolzarb m avzular bo'yicha konferensiyalar tashkil etadi. Katoliklar malaka oshirishda nikoh, оДа masalalariga, teologiya va madaniyat sohalariga katta ahamiyat berachlar. Ohy o'quv yurtlarida tadqiqot ЬДап shug'ullanish ularning qadimiy an’analaridan biri. O'tgan asr boshlarida \ftlgelm fon Gumboldt pruss universitetlarini isloh qДdi, o'shandan beri «Tadqiqot va o'qitish birligi» ularning hayotiy prinsiplariga aylanib qolgan. Oliy o'quv yurtlari tadqiqotlarining asosiy yo'nalishi-fundamental amaliy tadqiqot bo'hb, ularga boshqa Дппу-tekshirish institutlari, sanoat laboratoriyalari yaqindan yordam beradi. Germaniya ta'limi o'ziga xos yo'nalishga, juda murakkab tizimga ega. Shu bilan bir qatorda hozirda Germaniyada ta'lim tizimini isloh etish yo'lida yangi izlanishlar ohb borilmoqda.