O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


VI. MUSTAQIL TA’LIM UCHUN TOPSHIRIQ



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə90/150
tarix26.11.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#134982
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   150
Maktabgacha va boshlang’ich-hozir.org

VI. MUSTAQIL TA’LIM UCHUN TOPSHIRIQ.
Quyidagi pedagogik vaziyatli masalalarni o‘qing, unga javob bering va javobingizni izohlang.
1-masala. Bir ayol shunday fikr bildiradi: «Bizning oilamizda har xil ixtisosdagi kishilar bor. Turmush o‘rtog‘im-muhandis, men-muxbir, otam-hisobchi, onam-tikuvchi. Ishonamanki, qizim har tomonlama rivojlangan odam bo'lib etishadi.
Ayol haqmi? Uning fikrini bola rivojlanishi qonunlari nuqtai nazaridan tanqidiy tahlil qiling.
2-masala. Ona shunday deydi: «Men bolaning rivojlanishi uchun unga u ishlata oladigan turli buyumlami berish kerak, deb eshitgan edim. Shu sababli, uch yashar o‘g‘limning stol ustidan, shkafdan turli narsalami olishiga ruxsat beraman. Unga tez-tez yangi o‘yinchoqlar sotib olaman. Lekin u ko‘p o‘tmay bu buyumlarni har yoqqa otib tashlaydi va xonada kaltak ko’tarib chopib yurishni hamma narsadan yaxshi ko‘radi. Men o‘g‘limning bu borishida yaxshi rivojlanishiga ishonmayman. Nimada xato qilayotganimni bilmayman.
Onaning xatosini va bolani rivojlantirish uchun turli buyumlardan qanday foydalanish kerakligini uqtiring.
3. «Ma’rifatli va ma’naviyatli insonning asosiy fazilatlari» «Shaxsning kamol topishida mustaqillikning ma’naviy zaminlari», «Tarbiya va rivojlanishning o'zaro bog‘liqligi» niavzularidan biriga esse yozing.
1-Topshiriq
Quyidagi qaysi sifatlovchi belgilar insonni shaxs va individ sifatida tavsiflaydi. To‘g‘ri javoblami o'ngdagi ustunga o'tkazing. Tanlovingizni izohlab bering.

Asosiy ruyxat


Individ

Shaxs

* Vijdoniylik






* qat’iylik






* subutsizlik






* chaqqonlik






* vatanparvarlik






* faoliyatdagi tezkorlik






* talabchanlik






* vazminlik






* kuzatuvchanlik






*Harakatdagi shiddatlilik






*saxovatlilik






*kirishimlilik






*milliy g’urur






*ozodalik






*halollik






*qo‘rqoqlik






*tanballik






*tashabbuskorlik






*faollik






*yovuziik






*kamtarlik






*farosatlilik






*jizzakilik






*quvnoqlik






*xushmuomalalik






*axloqsizlik






2-topshiriq: «Siz o‘z-o‘zingizni to'g'ri baholay olasizmi?» mavzusida laboratoriya ishini bajaring.


Maqsad: Inson xarakteri, xulq-atvori, shaxsiy sifatlovchi belgilariga to‘g‘ri, oqilona, adekvat yondashishga o'rgatish.
Buni tekshirib ko‘rish uchun, 1-dan, quyida keltirilgan («Asosiy ro'yxat» deb nomlanmish) belgilar orqali uch guruhdan iborat ro‘yxat tuzib oling. Birinchi guruhdagi ro‘yxatni «Ideal», ikkin chisini «Men», uchinchisini esa «Men odamlar nigohida» deb nomlang; 2-dan, daftarda abcissa va ordinata o'qidan iborat grafik tuzing. Bunda absissa o‘qida sifatlovchi belgilar yotishini («asosiy ro‘yxat»dagi nomlar bo'yicha), ordinata o'qi esa sifatlovchi belgilaming ro‘yxatdagi o'rnini ko'rsatishini unutmang. Masalan, berilgan asosiy ro'yxat bo'yicha talabchanlik sifati 10 o'rinda belgilangan.
Siz 1 guruhning «Ideal» ro'yxatini tuzar ekansiz, idealingiz uchun talabchanlik nechanchi o‘rinda ekanligini aniqlab, ordinata o‘qida joylashtirasiz; 2-chi ro'yxat «Men»ni tuzayotganda esa, endi ehtimol talabchanlikni aynan o‘zingiz uchun nechanchi o‘rinda ekanligini aniqlaysiz, ya’ni siz qay darajada talabchansiz. (2,5 va h.k.)
Ro‘yxatdagi barcha nuqtalami ordinata o‘qi bo‘yicha belgilab chiqqaningizdan so‘ng (uchala ro'yxat asosida), nuqtalami tutashtirib, egri chiziq yasaysiz. Uchinchi ro'yxat ham ordinata o'qida shu asnoda tuziladi.
Yasalgan uchala chiziqlarning o'rtasidagi farqni yaxshilab o'r- ganib chiqing va tegishli xulosalar chiqaring.
Masalan, «Ideal» va «Men» nomli ro'yxatlar bo'yicha belgilangan nuqtalar orasidagi farqning juda keskin bo'lishi shaxsning o'zini-o'zi baholashda o'ta tanqidiy yondashganligidan dalolat beradi va aksincha, «ideal» va «men» orasidagi tafovutning deyarli sezilmasligi esa shaxs o'ziga ortiqcha baho berganligidan dalolat beradi.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin