O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro davlat universiteti psixologiya va sotsiologiya kafedrasi qayd raqami



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə13/65
tarix13.12.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#139801
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   65
Qayd raqami-fayllar.org

Psixologiya tarixining manbalari 
Psixologiya tarixining manbalari bo'lib psixologik bilimlarni to'plashni aks ettiruvchi barcha
materiallar eng avvalo o'tmish psixologlarning faylasuflarning asarlari hisoblanadi.
Tibbiyotga ayniksa, psixiatriya sohasiga oid bilimlar, shuningdek boshka fanlar
tabiatshunoslik, jumladan fizika, ximiya, astronomiya, tilshunoslik, etnografiya, antrapologiya
kabi fanlarning ma'lumotlari ham psixologiya tarixining manbai hisoblanadi.
Psixologik bilimlar to'planishini tarixiy jarayonini o'zida aks ettirgan har qanday material
psixologiya tarixi manbai bo'la oladi. Bular o'tmish faylasuflari va psixologlarining ilmiy ishlari
bo'lishi mumkin. Psixologiya tarixining muhim manbai ijtimoiy praktika ya'ni tibbiyot, ta'lim va
tarbiya, huquqiy praktika, moddiy ishlab chiqarish va hakozo hisoblanadi. Yana bir manbaa
boshqa fanlar tabiatshunoslik, tilshunoslik, etnografiya, antropologiya va boshqalar hisoblanadi.
Bundan tashqari xalq og'zaki ijodi, yozma adabiyot, diniy falsafiy oqim va maktablar ham tarixiy
psixologik faktorlarni aniqlashda, psixologik bilimlar tarixiy taraqqiyotini qayta tiklashda manbaa
bo'lib xizmat qila oladi. Psixologik ta'limot insonga o'xshab qadimdan ma'lum. Inson o'z
yaqinlarining xarakter va xulqiga moslashmay yashay olmas edi.
Empirik anglashdan teoretik anglashga o'tish tabiiy sabablarga hamma nazorat qilingan
holatlar tobeligi bilan bog'langan. Bu printsip determinizm deb ataladi va psixikani tushuntirishda
ilmiy xarakter bergan. Psixologik tushunchalarni birinchi sistemasi Aristotelni «jon to'g'risida»
degan traktatida tasvirlangan. Ammo mustaqil fan bo'lib psixologiya yuz yil ilgari shakllangan,
ilgari psixologiya fani falsafa deb o'rganilar edi. Dastlab unga boshqa nomlar ham berilgan:
a) mental falsafa
b) pnevmatologiya
Psixologiya o'tmishni faqat bu nomlar ostidagi kitoblarda, ya'ni falsafadan axtarish xatodir,
chunki psixologiya bilimi kontsentratsiyasi insoniyatning aqliy ishlarini ko'p tomonlarida
uchratish mumkin edi. Shuning uchun psixologiya tarixi (mustaqil fan bo'lgunga qadar bo'lgan
davr) qalb to'g'risidagi falsafa ilmiga mos kelmaydi.
Psixologiyaning o'tmishi to'g'risidagi ma'lumotni faqat bir-biri bilan almashgan falsafa
sistemasi saqlab qolmay, uni tabiiy fanlar ayniqsa biologiya meditsina, pedagogika, sotsiologiya
kabi fanlar ham saqlab kolgan.
XX asrda psixologiyani o'tmishiga bir necha bor qiziqish kuchaydi. XIX asrning oxiri, XX
asrning boshlarida qiziqish tobora kuchayib bordi. Bu yillar psixologiyaning uyg'onish davri deb
hisoblanadi.
XX asr 10-yillarida psixologiyani o'sha paytda hukmron bo'lgan metod va fan sifatida
o'rganish sistemasi qattiq tanqid qilingan. Bu fanning predmeti bo'lib fenomenlar yoki ong aktlari,


metodi esa o'z-o'zini eksperimental nazorat qilish to'g'risidagi tushunchadan iborat bo'lgan. XX


asrning 30-yillari boshida psixologiya kapitalistik mamlakatlarda yana krizisga uchradi.
Bundan oldingi davrni asosiy maktablari tarqaldi. Ammo u maktabning siniq parchalarida
ko'plab yangilari paydo bo'ldi. Psixologik o'rganishni metodologik muammolariga qiziqish
kuchaydi va bir necha yirik tarixiy psixologik ishlar paydo bo'ldi. Sobiq sovet psixologlarining
ishlarida psixologik fikrni o'sishi amerikalik va boshqa chet el tarixchilariga qaraganda boshqa
g'oyaviy - teoretik pozitsiyada ko'ringan.

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin