O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro davlat universiteti psixologiya va sotsiologiya kafedrasi qayd raqami



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə36/65
tarix13.12.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#139801
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   65
Qayd raqami-fayllar.org

Te
st 
tu
rl
ar





4-MAVZU: PSIХОLОGIK BILISH FАОLIYAT SIFАTIDА 
REJA:
1. Psiхоlоgiya fаnining mаqsаdi vа vаzifаlаri biliishning psiхоlоgik fаоliyati хususiyatini
vujudgа kеltiruvshi tuzilishining аsоsiy jаbhаsi sifаtidа.
2. Psiхikа vа bоrliqni ilmiy bilishning tаdqiqоt etishdа fаоliyatli yondаshuv.
Qo`shimshаlilik vа mаvjudlik tаmоyillаri psiхоlоgik hоlаtlаrni оntоlоgiyalаshtirishning birlаmshi
pоstulаti ekаnligi. Psiхik bоrliqni аniqlаshdа rеlyativistik vа kоnstruktiv yondаshish.
Psiхоlоgiyadа fizik mоnizmni inkоr etish. Sub’еkt хаyoti vа fаоliyati, qаdriyat mаzmunini
o`lshаsh psiхоlоgik tаdqiqоt оb’еktining fаzоviy mаvjudligini ekаnligi.
3. Psiхоlоgiyadа mа’lumоt vа dаlil tushunshаlаri. Tаdqiqоt оb’еktа vа prеdmеti. Оb’еktlаr
tipоlоgiyasi vа ulаrning o`zаrо tа’siri хususiyatlаri.
4. Psiхikа tаdqiqоt tizimi qurоli sifаtidа. Ishki rivоjlаnish vа mаqsаdini kuzlаsh kоbiliyati
insоn хususiyati sifаtidа. Psiхоlоgik tadqiqot оb’еktlаrining sun’iyligi, diаlоgliligi, tаriхiyligi.
5. Psiхоlоgiyadа dеtеrminizm turlаri (sistеmаli, qаytа аlоqа tipdаgi, ehtimоl, mаqsаdli).
Psiхоlоgiyadа tаsvirlаsh, tushuntirish vа bаshоrаt qilish (оldindаn аytib bеrish). Psiхоlоgiyadа
bilimlаrnipg оb’еktivligi vа аniqligi. Psiхоlоgiyadа bilimlаrning hаqqоniyligini tеkshirish yo`llаri.
Prеdmеtlilik printsipi, оng vа fаоliyat birligi printsipi, tаrаqqiyot printsipi. Psiхоlоgiyadа fаоliyatli
yondаshuvning аsоsini tаshkil qilish.
6. Psiхоlоgik bilishdа аmаliyotning rоli. Аmаliyot vа mеtоdоlоgiya. Psiхоlоgiyadа
kоnstruktiv yondаshishning yuzаgа kеlishi vа rivоjlаnishi. Shаkllаntirish psiхоlоgiyadа bilish
mеtоdi sifаtidа.
Bilish nazariyasi falsafa, tarix, filologiya, psixologiya, kibernetika, pedagogika kabi
fanlarning predmetiga kirgan bo`lib ularning har qaysi
Alohida o`z tadqiqot obyektidan kelib chiqqan holda uning u yoki bu jabhalari va jihatlarini
o`rganadi. Boshqa fanlardan farqli o`laroq, psixologiya fani inson ontogenezida bilishning vujudga
kelishi, uning psixologik qonuniyatlari, mexanizimlari, unda ehtiyoj, motiv, emotsiya, xarakter,
va irodaning roli, obyektning notanishligi, ko`rinishi, shakli fazoviy joylashuvi hamda materiallar
mazmunining ahamiyatini tekshiradi.
Bizni qurshab turgan obyektiv dunyo (borliq)ni bilishning jahon psixologiyasi fanida yuzlab
ilmiy nazariyalari, mustaqil konsepsiyalari, tugal qarashlari, puxta pozitsiyalari, xilma xil
yondashishlari mavjudligi munosabati bilan biz bu asnoda o`zimizning shaxsiy fikrimizning
umumlashmalar umumlashmasi darajasida talqin qilish bilan qanoat hosil qilamiz, xolos. Biroq
shu narsani alohida takidlab o`tish joizki,bilishning filogenetik qonuniyatlari, xossalari, taraqqiyot
bosqichlari, ularning bunyodkor mexanizimlari muayyan o`ziga xos xususiyati, o`ziga xosligi,
ulardagi barqarorlikni ta`minlovchi muhim shart-sharoitlar, harakatlanuvchi kuchlar, obyektiv va
subyektiv omillar (faktorlar)ning tasirchanlik (tasir o`tkazish) imkoniyati rang-barangligi tufayli
ontogenetik davrning xususiyatlariga to`xtalishning o`zi yetarlidir. Mazkur yondashishni amalga
oshirish(realizatsiya qilish) orqali ijtimoiy- tarixiy davrning murakkab bog`lanishlari, ularning
ierarxiyasi, ularni keltirib chiqaruvchi manbai, negizi, ijtimoiy psixologik ildizi va sabab oqibatlari
bilan uyg`unlikka ega bo`lgan tafsilotlardan mumkin qadar cheklanish imkoniyatini yaratdi. Bu
esa, o`z navbatida, yuzaga kelgan muammoni yechimi, uning psixologik tahlili, talqini, izohi,
izchilligi, o`zaro tasir etish (tasir o`tkazish, tasirlanish) ehtimoli bo`yicha fikr va mulohazalar
ko`lamini kengaytirishga muayyan shart-sharoitlar yaratadi, obyekt yoki subyekt to`g`risida
yaqqolroq va aniqroq fikr almashish uchun mustahkam psixologik zamin hozirlaydi.
Muammoning metodologik va ilmiy- nazariy talqinidan kelib chiqqan holda ushbu sahifalarida
bilishning psixologik fazalari, bosqichlari, darajalari, ko`lami, kengligini, chuqurligi, yaxlitligi,
to`laligi, aniqligi, yaqqolligi, ifodalanish (aks etish imkoniyati) shakllari (formasi,tiplari)
vositalari, barqarorligi, puxtaligi, mustaqilligi, ijtimoiy psixologik mexanizmlari to`g`risida
mulohaza yuritishga, ularni sharxlashga o`rin ajratiladi, binobarin, ontogenezda geteroxronlikka
taalluqli ma`lumotlar tahlil qilinadi. Xo`sh, insonning ontogenetik hayoti va faoliyatida bilish
jarayonlarining funksiyasi qachondan boshlanadi, u qay tariqa rivojlanadi(asta- sekin, buzib,
tuzatib, birdaniga, “insayt”, sakrab-sakrab, bir tekis, dinamik va boshqacha shakllar orqali),


qanday yo`sinda takomillashadi(ichki imkoniyat, rezerv orqali yoki tashqi qo`zg`atuvchilar


kuchi,quvvati,yangilik elementlariga serobligi, subyektiv va obyektiv omillarining ustunligi),
o`ziga xos mazmun (orginallik,izchillik,mantiqiy uyg`unlik,o`zaro taqozochanlik imkoniyati)
hamda mohiyat (tub, tur, tus,kontekst,polingizim)kasb etib boradi. Bunda shaxsiyatlik,
individuallik, gidrogenetik, gomogenlik, geterozigotlik, gomozigotlik xususiyatlari qanday rol
o`ynaydi?
Bizningcha, obyektiv dunyo(borliq,moddiylik) to`g`risidagi malumotlar, xabarlar, fan
asoslari bo`yicha axborotlar, ijtimoiy va individual tajribalar, shaxslararo va guruxlararo
munosabat, kishilar o`rtasidagi muomala. O`rnatish hamda uni muayyan davr boshqarib turish,
faoliyatini tashkil qilish va unga subyektlarini jalb etish, o`z-o`zini anglashga taalluqli tarkiblar
bilan odamlarni qurollanishga,ijod va yangilik yaratishga qaratilgan kreativ, intiutiv, murakkab,
ierarxiyali,integral xususiyatli faqat insongagina xos, aqliy va jismoniy negizga quruluvchi intilish
(ehtiyoj va motiv zaminidan kelib chiquvchi) va faollikning majmuasi bilish deb ataladi. Fan
olamida bilishning mohiyatini ochib berishga qaratilgan, yo`naltirilgan falsafiy tariflar mavjud
bo`lsa-da, lekin ular tub ma`noda uning psixologik mohiyati (xususiyati )ni yoritib berish
imkoniyatiga ega bo`lmaganligi sababli, biz o`z shaxsiy fikrimizni ifoda qilishga harakat qildik,
biroq bu narsa aslo uning mutloqlikka davogar ekanligini bildirmadi, chunki ayrim zaif tarkiblar,
bog`lanishlarda egiluvchanlik yetishmasligiga imonimiz komil, xuddi shu bois ehtiyotkorlik, etik
qoidalarga rioya qilish g`oya nufuzini oshirishga xizmat qiladi, degan umiddamiz.
Bilish jarayonlarining asosiy mahsuli –muayyan tizimli va tuzilmali, turli shakldagi
(ko`rinishdagi, verbal va noverbal simvolik va hokazo)bilimlar majmuasi sifatida namoyon
bo`ladi, ularning har qaysi o`ziga xosligi bilan bir biridan ajralib turadi, shuning bilan birga aks
ettirish imkoniyati, tanlovchanlik xususiyati orqali o`zaro tafovutga ega. Biroq bilimlarning shakli,
ko`rinishi,mazmuni aks ettirishdagi batafsillik,yaxlitlik,ixchamlik, tashqi va ichki omillar bilan
mujassamlashganligiga ko`ra,ularni quyidagi turlarga ajratish mumkin.
1.Emotsional –hissiy ma`noli
2.Piktogrammaviy mohiyati.
3.Chizma grafik ko`rinishli.
4.Shartli belgili,simvolik xususiyatli
5.Irodali harakatli.
6.Verbal(so`z)ifodali va boshqalar.
Dunyoda
mavjud
va
qollanib
kelinayotgan
bilimlarning
tuzilishi,
faolligi,aniqligi,mazmundorligi, ko`lami va qamrovi, muayyan kasbiy ma`no aks ettiruvchanligiga
binoan, ularni ushbu ko`rinishlarga ajratish maqsadga muvofiq.
1.Sodda –murakkab
2.Ma`noli- ma`nosiz.
3.Chuqur-yuzaki.
4.Tartibli-tartibsiz.
5.Barqaror-beqaror.
6.Puxta.
7.Mustaqil.
8.Keng qamrovli-tor hajmli.
9.Nazariy-amaliy kabilar.
Bilimlarning
u
yoki
bu
turkumiga,guruhga
aloqadorligi
to`g`risida
ta`lim
psixologiyasi,didaktika
singari
fan
soxalarida
bir
talay
ma`lumotlar,
qonuniyatlar,qoidalar,xossalar bayon qilinganligi sababli ularning mohiyatini ochishga, har
tomonlama ularni talqin qilishga hech qanday hojat yo`q deb hisoblaymiz.
Endi yuqorida o`z oldimizga qo`yilgan ilmiy nazariy va metodologik savollarga har jihatdan
asosli
javob
berishni
namoyish
qilish
maqsadida
avval
bilimlarning
takroriyligi,tarkibiyligi,muayyan qisimlardan tuzilgnligi to`g`risida axborot bersak,keyinchalik
esa uning har bir bosqichi (mohiyati)ga ta`luqli malumotlar keltirsak, va eng so`ngida har qaysi
tushunchani psixolingvistik nuqtai nazardan izohlasak,imkoniyat boricha psixologik an`anaviy


yondashishdan nechun uzoqlashganimizni asoslashga intilsak,mazkur mulohazalar bu borada


ilmiy baxslar davom etishini ro`y-rost takidlab o`tsak,u holda saiy-harakat motivini haqqoniy
baholash imkoniyatiga ega bo`lgan bo`lar edik.
Inson ontogenizda bilish jarayonlarini vujudga keltiruvchi va ularni amalga
oshiruvchi,funksional holatni yaratuvchi,uni harakatlantiruvchi kuch sifatida hukm suruvchi
manbalar,negizlar, mexanizmlar,bizningcha quyidagilardan iborat.
1.Tug`ma instinktlar. 2.Shartsiz reflekslar. 3.Shartli reflekslar. 4.Idiomotor harakatlar.
5.Predmetli harakatlar. 6.Taqlid yoki imitasiya. 7.Tajriba-mashq. 8.Bilim, ko`nikma, malaka va
odatlar. 9.Funksialar. 10.Regulyatsiya.
Bilish jarayonini vujudga keltiruvchi muayyan obyekt(subyekt)mohiyatida tutib
turuvchi,funksional holatni saqlab,barqaror tus beruvchi asosiy psixologik negizlar tariqasida :
1.Ehtiyoj (o`zining turli ko`rinishlari bilan ). 2.Motiv (motivatsiya: uning o`ziga xos turlari).
3.Mayl. 4.Moyillik (uning batafsil, uzluksiz, izchil holatlari). 5.Qiziqish (bosqichlari, darajalari,
xillari, xususiyatlari, ko`lami, sifatlari). 6.Ustanovka (ta`biiy holati, umumpsixologik, ijtimoiy
psixologik, ongsizlik, onglilik va ostonklilik bilan aloqadorligi). 7.Kayfiyat, ya`ni his
tuyg`ular,ichki va tashqi kechinmalar, shakllari, kuchi, davomiyligi. 8.Tug`ma, irsiy, tabiiy
alomatlar. 9.Faollik(kishiga ta`sir etuvchi belgilar, unga undovchi omillar, barqarorlikni
ta`minlovchi faktorlar) 10.Indendifikatsiya. 11.Refleksiya. 12.Ilhom. 13.Ijodiyot. 14. Qulay shart-
sharoit yoki muhit. 15.Fiziologik va psixologik mexanizmlar xizmat qilishi mumkin.
Yoyilish jarayonida inson miyyasiga kirib boruvchi,o`ziga xos iz qoldiruvchi, har xil
munosabatlarda ifodalanuvchi, xohish va ehtiyojlar mahsulasi sifatida vujudga keluvchi, mantiqiy
yoki mexanik ravishda o`zlashtirilgan aks ettirilgan, egallangan bilimlarning shakllari va turlari.
1.Sodda
tarzdagi
ta`sirlanish(biologik
va
fiziologik
darajada).
2.Muvaqqat
taassurotlar(shartli reflekslar asosida). 3.Tashqi belgilarga asoslangan tanishish. 4.Ilk tasvirlar
majmuasi. 5.Obrazlar(turli ko`rinishlari, bosqichlari, ko`lami, uzviyligi, uyg`unligi kabilar).
6.Tasavvur timsollari (har xil bosqichdagi, turlicha aniqlikdagi) 7.Tushunchalar(yaqqol, umumiy,
xususiy, yakka, mavhum, `planma). 8. Hukm (chin, taxminiy, zid, qarama-qarshi va hokazo).
9.Xulosa chiqarish (induktiv, deduktiv, anologiya). 10.Anglash (mavhumlashni mavhumlashtirish,
umumlashmani
umumlashtirish,
shaxsiy
pozitsiya,
yondashish,
individual
talqin,
konsepsiyasining tug`ulishi).11.Tushinish (fikriy, mantiqiy, inteliektual). 12.Kreasiya (ijodiyat,
ijod, ijodiy qobilyat va istedod, kashfiyot, ixtiro va boshqalar).13.Antitipasiya (faoliyat va ijod
mahsulining oldindan madelini yaratishdan iborat shaxs fazilatlari). 14. Refleksiya(faoliyat va
xulq-atvorni ongli boshqarish imkoniyati)). 15. o`z o`zini anglash (o`tmishdagi “Men”, hozirgi
“Men”, bo`lg`usi “Men”, ideal “Men”, dinamik “Men” yoki o`zlik) kabilardan iborat bo`lishi
mumkin.
Obyektiv borliq (dunyo, real voqeylik)ni inson tomonidan aks ettirish negizida unga nisbatan
shaxsni individual munosabati va muomala uslubi yotishi, ularni foydalanish imkoniyatini
ongsizlik, ostonglilk, onglilk hamda o`z o`zini anglash bosqichlari, mexanizmlari vujudga kelish
xususiyatlari, hukm surish xossalariga bog`liqdir. Yuqorida bildirilgan sxematik fikrlar,
mulohazalar, muhokamalar bayonidan ko`rinib turibdiki, inson nafaqat muayyan axborotlar,
xabarlar va bilmlarni o`zlashtirish hamda egallash bilan qanoat hosil qilish bilan cheklanmasdan,
balki u yangilik yaratish, o`zining ijodiy mahsullari bilan ma`naviy boyliklarini ko`paytirishga
butun ongli faoliyati, mehnati davomida intiladi. Bu narsa insondan onglilkning ongliligini (o`rta
onglilik yoki individual onglilik, allomatik yoki daholikni) taqazo etadi, bilishning yuksak
darajalari, mukammal tizimini talab qiladi, binobarin, mazkur holat, o`z navbatida, ijodiy tarixiy
jarayonni keltirib chiqaradi, subyektlilk, komillik bosqichlarini o`zida aks ettirish imkoniyatiga
ega. Ana shu o`ta murakkab psixologik holat yoki hodisani atroflicha dalillash(isbotlash)
maqsadida bir qator omillarga murojaat qilish, ularni yordamida integrallik (jips birlilk)
mohiyatini, ierarxik xususiyatlarini tahlillash, tarkibiy qismlarining o`rni, vazifasi, roli va
ahamiyatini ochib berishga muhim ruhiy zamin hozirlaydi, fikrlashda mantiqiy izchillik
mavjudligiga kafolat tuyg`usi tug`uladi.


Ontogenezda inson bilishining psixologik tuzulishi, uning o`ziga xos xususiyatini


sharxlashda moddiy manba, harakatlantiruvchi turtki, kuch-quvvat negizi, atrof muhitni aks
ettirish bosqichlari, ifodalanish shakllari va ko`rinishlari, ruhiy jarayonlarning qatnashivi,
shaxslararo munosabat, o`z-o`zini baholash va borliq to`g`risida taassurotlari, bilimlari orqali
namoyon bo`lishi muayyan tartibda joylashtirish quyidagi orginal sxemani vujudga keltiradi.
Oldimizda turgan navbatdagi ilmiy- nazariy va metodologik asosiy vazifa bu mazkur tizimli
sxemaning psixologik talqini, faraziy mulohazalar, har bir tarkibning o`zaro izchil bog`liqligi va
uyg`unligi to`g`risida fikrlashdan iboratdir. O`ylaymizki, ushbu g`oyani psixologiya fani negizida
ilgari surish jarayonida bahsli, munozarali jihatlarining mavjudligi va ularning bosqichma bosqich
bayonda tug`ulishi omillar uning orginalligidan dalolat beradi, bilish bosqichlari o`rtasidagi jahon
psixologiya fanidagi, gumanitar va ijtimoiy predmetlar hukm surib yuruvchi talqinlardagi
uzulishlarni to`ldirishga xizmat qiladi.

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin