O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro davlat universiteti psixologiya va sotsiologiya kafedrasi qayd raqami



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə41/65
tarix13.12.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#139801
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   65
Qayd raqami-fayllar.org

8-MAVZU: BАХT PSIХОLОGIK MUАMMО 
REJA: 
1. Bахt psiхоlоgik muаmmо sifаtidа. Bахt to`g’risidа nаzаriyalаr. Bахtning nisbiy mоhiyati.
Bахt tushunshаsining etnik, gеndеr vа yosh хususiyatlаri. Uning diаgnоstikаsi vа dinаmikаsini
o`rgаnish.
2. Sun’iy miya vа uning psiхоlоgik tаlqini. Intuitsiya, insаyt muаmmоlаrining ijоdiyotdаgi
аhаmiyati. Idrоk mаydоni nаzаriyasi vа аqliy fаоliyat mаhsulаsi munоsаbаti. Miya vа sun’iy miya
uzviyligi, uzluksizligi mаsаlаlаri tаlqini.
3. Оmаd vа оmаdsizlik muаmmоsining psiхоlоgik tаlqini. Muvаffаqiyat vа
muvаffаqiyatsizlik. Оnglilik vа оngsizlik, оngоstlilik. Tа’sirlаnish vа tа’sirgа bеrilish: tаsоdifiy,
оmmаviy, rеklаmа, nufuz. Ishоntirishning sаmаrаli jаbhаlаri: mаqsаdgа yo`nаlgаnlik, оb’еktning
аniqligi, ахbоrоtlаrning nоtаnqidiy idrоk qilish, хulq-аtvоr ijrоsining yaqqоlligi.
Baxt muammosiga oid izlanishlar o‘zining ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotiga ega bo‘lib, ularda
ilmiylikka qaraganda,badiiylik ustuvorlik qilar edi. Badiiy xotirotlar majmuasi qadimgi nodir,
noyob qo‘lyozmalar, og‘zaki nutq namunasida o‘z ifodasini topgan. Ular o‘zlarining salohiyati,
mukammalligi bilan insoniyat uchun xulq-atvor qoidalari sifatida odamlarning turli-tuman
nuqsonlardan asrash, ko‘ngil qolish (sovish) his-tuyg‘ularning xalokatli holatlarning oldini olishda
beqiyos ahamiyat kasb etadi.
Qadimgi dunyo allomalari, mutafakkirlari aksariyat hollarda baxt tushunchasini insonni
ma’naviy va tabiiy jihatdan qoniqish holati sifatida tushunganlar. Ularning mulohazalarida mazkur
holatga erishishning aniq yo‘llarini belgilash jarayonida birlik, umumiylik mavjud bo‘lsa-da, lekin
nima bilan qoniqtirish va nimani qoniqtirish bo‘yicha o‘xshashliklar bor.
Baxt muammosi insonshunoslik fanlarining predmetiga kirganligi tufayli turlicha
yondashuvlar yordami bilan tushuntirishga va unga erishish vositalarini ishlab chiqishga harakat
qilingan. Insonshunoslik fanlari tarixida baxt muammosini o‘rganishning asketik (yunoncha
“asket” –“harakatga keltiruvchi” degan ma’no anglatadi, his-tuyg‘u, mayl va havasni paymol
qiluvchi tamoyilga asoslanadi) va idonik (ichki rohatlanish, tana lazzati) o‘zaro bir-biriga zid
nazariyalar vujudga kelgan. Asketik yo‘nalishning vakillari inson tanasiga, uning xohishlariga
nisbatan loqayd va mensimay munosabatda bo‘lishlikni dalillashga urinadilar (qon, balg‘am,
buyrak, ko‘z yoshi, ilik kabilardan iborat isqirt tanada xohish ijobatidan rohatlanish to‘g‘risida gap


bo‘lishi mumkin emas). Ularning fikricha, xastalik, ochko‘zlik, g‘azab, hasad, judolik va


hokazolarga limmo-lim tanada rohatlanish bo‘lishi mumkin emasdir. Baxt muammosiga “idonik”
yondashuv qadimgi hind falsafa maktabiga xos bo‘lib, italiyalik gumanist faylasuf Lorando Vallo
uning yaqqol vakilidir. Olimning fikricha, hayotning yuksak qadriyati- bu orombaxsh
qo‘zg‘atuvchi ta’siridan tananing rohatlanishini sezishdir. Muallif mulohazalariga ko‘ra, baxtning
atributlari- bu dang‘illama uy, kiyimning serobligi, jamiyki narsalarning muhayyoligi va go‘zal
ayollardir.
Eramizdan avvalgi VI asrda shu soha talqiniga oid uchinchi yo‘nalish vujudga kelgan va u
“oltin o‘rtalik” degan nom bilan yuritiladi. Shu davr yirik allomasi Lyas Izining yozishicha,
me’yorni bilgan odamda omadsizlik, muvaffaqiyatsizlik bo‘lmaydi. “Oltin o‘rtalik”ning ikkinchi
vakili Konfutsiydir. Aristotel davridan boshlab antik dunyo falsafasida mazkur yo‘nalish
ustuvorlikka erishadi.
Ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning keyingi bosqich vakili I.Kant mulohazasicha, azob
tuyg‘usining ildizi qurigani yo‘q, tabiat uni inson faoliyatining stimuli sifatida yaratdi. Uning
talqinicha, hamisha yaxshilikka yo‘nalgan,turmushdan shodlik tuyg‘usi harakatsiz xotirjamlik
belgisidir. Bunday holat insonning turmushdagi aqliy harakati bilan mutanosib, go‘yo tirik
organizmda yurak faoliyati to‘xtaganga o‘xshaydi, agar uning ketidan yangi turtki, qo‘zg‘ovchi
vujudga kelmasa, u holda o‘lim sodir bo‘ladi.
Sotsial psixologiya fanining tasdiqlashicha, baxt bu alohida individning hissiy holati, yuksak
darajadagi kishilik jamiyatining guruhlarida uzluksiz ravishda farog‘at tuyg‘usi hukm sursa-da,
lekin ko‘pchilik ro‘y-rost uni o‘zida aks ettira olmaydi.
Psixolog I.Argayl mulohazasicha, baxt bu: a) umuman, turmushdan qoniqish kechinmasi,
inson tomonidan o‘tmishi va hozirning umumreflektor bahosi; b) ijobiy his-tuyg‘ularning
chastotasi va jadalligi (intensivligi)dir.
Falsafada baxt aksariyat hollarda ideal sifatida qaraladi. XX asrda falsafa psixologiyalashib
borishi natijasida insonning kechinmalari, uning ruhiy dunyosi ko‘proq hisobga olinmoqda. Baxt
ideal sifatida insonning turmushidan doimo, to‘liq qoniqish hissiday namoyon bo‘ladi, agar sharoit
vujudga kelsa, unda imkoniyatlar ro‘yobga chiqishi, maqsadga erishuv istagi aks etadi.
Shuning uchun individual-psixologik baxt borliqdan va turmushdan qoniqish kechinmalari
sifatida namoyon bo‘ladi. Baxtning ob’yektiv va sub’yektiv fenomenida (noyob jihatida) ikki xil
shartlanganlik bilan tavsiflanadi: a) inson turmush sharoitlari, ruhiy holatlari bilan bog‘liqligi
ob’yektiv borliq taqozosi; b) inson ruhiyati, hayotining idrok qilishi, unga munosabati, ularni
ma’naviy qabul etishga aloqador sub’yektiv kechinmalar majmuasi ekanligi.
Xorij sotsial psixologiyasida baxt muammosi turmushdan qoniqish ma’nosida tadqiqotchilar
diqqatini o‘ziga jalb qiladi. Amerikalik psixolog, bixeviorizmning asoschilaridan biri J. Uotson
tomonidan XX asrning boshlarida baxt manbalarini aniqlashga mo‘ljallangan anketa so‘rovnomasi
o‘tkazilgan. XX asrning 40-yillarida Uotsonning safdoshi va izdoshi E. Torndayk turmushdan,
yashashdan qoniqish omillarini tartibga keltirgan va ularni “yaxshi turmush sharoitlari” deb
nomlagan.
Ma’lumki, odamzod qay darajada baxtga erishishi mumkin degan masala barchani qiziqtirib
kelgan. Ayrim odamlar o‘z baxtlarini qoniqish hissida, xotirjamlikda, o‘zining foydaliligini
sezishda, moddiy ta’minlanganlikda ko‘radilar, boshqalari esa ko‘ngil xushlashda, rohatlanishda,
vaqtni xush o‘tkazishda deb tushunadilar. Sotsial-psixologik tadqiqotlarida baxt va farovonlik
(boylik, mo‘l-ko‘lchilik) tarkiblarini aniqlash yotganligi tufayli o‘zaro bir-biriga bog‘liq
bo‘lmagan emotsional (his-tuyg‘ular) va kognitiv (bilishga oid) yo‘nalishlar yotadi. Izlanishlarda
qoniqishning umumiy omillari topilgan va ular quyidagi tarkiblarga ajratilgan: yaqqol holatlardan,
vaziyatlardan qoniqish (ishdan, sog‘liqdan, qadr-qiymatdan, turmush yo‘ldoshidan va hokazolar).
Baxt ruhiy va jismoniy salomatlik singari individning muayyan ijtimoiy aloqalari ko‘payishi
tufayli ko‘lamini kengaytiradi. Ijtimoiy hislarning kamayishi va stress (zo‘riqish) vaziyatlarning
paydo bo‘lishi sababli depressiya (ruhiy majruhlik) holati vujudga keladi.
Qoniqish to‘g‘risidagi psixologik mulohazalar nisbiy xususiyatga ega, chunki ko‘pincha ular
insonning hozirgi turmush vaziyatlarini o‘tmish davrlari bilan taqqoslash natijalariga bog‘liq,


odatda, shaxsning farovonlik haqidagi tasavvurlari bilan uyg‘unlashib ketadi. Do‘st va o‘rtoqlari,


qarindosh- urug‘lari behisob odamlar o‘zlarini baxtiyor his etadilar. Do‘stlik baxtning shartlangan
ustuvor kalitidan biri hisoblanadi. Aksariyat hollarda do‘stlik o‘smirlikdan tortib to turmush
qurgunga qadar yoshlar uchun muhim ahamiyatga ega.
Nima uchun odamlarga do‘stlar kerak degan savol tug‘ilishi tabiiy. Birinchidan, moddiy
yordam, qo‘shimcha axborot olish, hatto do‘stlar ularni kam darajada ta’minlashga ega bo‘lsalar
ham. Ikkinchidan, maslahat tarzidagi ijtimoiy himoya, hamdardlik, ishonchli muloqot (muomala),
borliqqa nisbatan qarashlardagi umumiylik. Uchinchidan, qiziqishlar birligi, hamkorlikdagi
mashg‘ulotlar, o‘yinlar umumiyligi mavjudligi uchun va hokazo.
Ish joyidagi o‘zaro munosabatlar inson uchun muhim ahamiyatga ega. Ishdan qoniqish-
umumiy qoniqishning asosiy manbalaridan biridir: o‘z navbatida uning negizida ishxonadagi
shaxslararo munosabat yotadi. Chunki rahbar faoliyatining ma’lum uslubida xodimlar o‘zlarini
yaxshi his etadilar, binobarin, “ular bilan hisoblashish”, “muammolar yuzasidan qaror qabul
qilishdagi qatnashuvchi e’tiborga olinishi”, ayniqsa, ijobiy sermahsul ta’sir qiladi. Turmush
tashvishlarini hal qilishda amaliy va kundalik qoniqish sifatida rahbarlar yuksak ahamiyat kasb
etuvchi manba tarzida namoyon bo‘ladi, chunki hamkasb o‘rtoqlariga nisbatan amaldorlar moddiy
mukofotni oshirish imkoniyatiga egadirlar.
Bu o`rinda ayollar bilan erkaklar o`rtasida farqlar yuzaga keladi vabu holat mana bunday
ko`rinishga ega: erkaklar ayollarga nisbatan yuqori lavozimlarda o`zlarini baxtiyorroq, baxtliroq
his etadilar,uncha katta bo`lmagan guruh ichida tenglik hukm surishni ustun ko‘rishadi.
Ishxonadagi “o‘zaro munosabatdan qoniqish, bizningcha, ma’lum darajada kasbiy xususiyatlarga
ega, bu narsa hamkorlik faoliyatida muammolarni yechish, qarorga kelish daqiqalari majmuasidan
tashkil topadi. Yaxshi, barqaror kayfiyat evaziga ham bevosita, ham bilvosita ish yuzasidan
aloqaga kirishiladi.
Puxta ijtimoiy aloqalar baxt bilan uzviy bog‘liq ravishda kechadi. Shaxslararo aloqalar
qanday qilib baxtga ta’sir etishi mumkin degan savolga javob berish oson emas. Jahon
psixologlarining tajribalariga ko‘ra, ijtimoiy muloqotlar miqdorining ortishi baxt ko‘lamini
kengaytiradi, shu bilan bir davrda o‘zaro munosabatlarning kamayishi baxtsizlikni keltirib
chiqaradi. Psixologik tadqiqotlarda ijtimoiy quvvatlanishning umumiy ta’sirini tahlil qilish (oila,
do‘stlar va boshqa kishilar ta’siri majmuasi) natijasida mana bunday omil yaqqol ko‘zga
tashlangan: shunchaki manbalar mavjudligiga qaraganda, ularning intensivligi (jadalligi) katta
ahamiyatga molik. Oilaviy turmushda o‘ta ahamiyatliroq ta’sir manbai – bu er yoki xotin, balkim
oilaning biror a’zosi muhim rol o‘ynashidir. Har qanday ko‘rinishdagi aloqalar, munosabatlar
stressning kamayishiga ta’sir etadi. Ma’lumotlarning ko‘rsatishicha, eng kam stressga va
depressiyaga uchraydigan ayollarning aksariyati oilali, ishli va farzandlidirlar.
Oilaviy turmushdagi o‘zaro munosabatlar: turmush yo‘ldoshiga ega bo‘lgan ayollar hayotiy
vaziyatlarda ko‘pgina stress holatlarni boshidan kechirganligiga qaramay, ular depressiya holatiga
kamroq beriluvchanligi aniqlandi. Chunki ular o‘z muammolarini muhokama qilishda turmush
o‘rtog‘I yordamiga tayanadilar, o‘zaro fikr almashadilar. Amerikalik psixologlarning fikricha,
ishxonadagi xodimlar tomonidan insonni quvvatlash o‘ta ta’sirchandir, rahbarning, oilaning,
do‘stlarning qo‘llashi alohida ahamiyat kasb etib depressiyaga etaklovchi stressning kamayishiga
olib keladi.
Rahbar muammoni hal qilishda o‘z hukmiga ega, agar u yaqqol ta’sirchan bo‘lsa, yordam
manbai sifatida xizmat qiladi va stress darajasini pasaytiradi. Ishxonadagi hamkasblari uni
jamoaviy quvvatlay oladilar. Ba’zan hamkasblari rahbar bilan xodimlar qaroriga qarama-qarshi
tarzda hamkorlik ishtirokchisi sifatida stressning manbai rolini ham bajaradilar ( nizoli vaziyatlar,
raqobat, raqiblik va hokazo).
Ishdan qoniqish baxtli damlarni keltirish mumkin. Jahon psixologlari va bizning shaxsiy
kuzatishimizcha, ishdan qoniqish nikoh, oiladan qoniqishga qaraganda, umumiy qoniqish
ko‘rsatkichiga kichik hissa qo‘shadi, xolos. Baxtning eng qimmatli manbalaridan biri – oilaviy
baxtdir, baxtsizlik esa ishdan qoniqmaslik. Ishdan qoniqish bir qator omillar, alomatlardan tashkil
topadi, unda eng muhimi – bu mehnatdan bevosita lazzatlanish (lot. praksik) hislar majmuasi


hisoblanadi. Mehnat o‘zining mustaqilligi, rang- barangligi bilan alohida tavsiflansa, inson o‘z


ishining turmushiga ta’sirini seza olsa yoki o‘z mehnatini boshqa odamlar tomonidan tan olinishini
his qila bilsa, mazkur hissiyot yuksak baholanishi mumkin. Ishdan qoniqish jismoniy va ruhiy
salomatlikka, shuningdek, umumiy hayotdan qoniqishga ham ta’sir o‘tkazadi. Odamlar ishdan
qoniqsalar, ish kuchlari ko‘rimsizligi kamayadi, ishga kelmay qolish keskin kamayadi, ish esa
sifatli bajariladi.
Ayollar o‘rtasidagi ishdan qoniqish muammosi alohida talqin va tahlil qilishga loyiq. Chunki
ayollar erkaklarga qaraganda, ish o‘rnini yo‘qotganliklarini unchalik iztirob tuyg‘usi bilan qabul
qilmaydilar. Istisno tariqasida oilaning yolg‘iz boquvchisi bo‘lgan-da, bu holat og‘ir kechishi
kuzatiladi. Ular erkaklarga qaraganda, sabr-bardosh bilan ish yo‘qotganligini boshdan
kechiradilar, aksariyat hollarda unga loqaytlik bilan munosabatda bo‘ladilar.
Ko‘pchilik odamlar uchun ishsizlik go‘yoki baxtsizlik keltiradi, xuddi shu bois insonda
kayfiyat yomonlashadi, ruhiy holati buziladi. Bularning barchasi depressiyaga olib keladi, ayrim
hollarda esa o‘zini o‘zi o‘ldirishgacha borib etishi mumkin. Sotsial psixologiyada ishsizlik
omadsizlik sifatida talqin qilinadi. Shuning uchun bo‘sh vaqtni maroqli o‘tkazish baxtga ulanib
ketadi. Bu qisqa davr insonlar nimalarni xohlashadi va qaysi narsalar ularni baxtli qila olishi
mumkin degan muammoga javob topishga imkon tug‘diradi. Inson faqat uyqu va ish bilan
cheklanishi mumkinmi yoki u o‘z hayotidan do‘stlar bilan muloqot, sport bilan shug‘ullanishni
mutlaqo chiqarib yuborishi kerakmi degan savol tug‘ilishi tabiiy.
O‘zga odamlar bilan muomalaga kirishish va unda o‘z individualligini namoyon qilishdan
olingan qoniqish bevosita mazkur faoliyatda shaxs yuksak yutuqqa erishgan darajasiga bog‘liq.
Bu holat qobiliyatlarning rivojlanishiga yordam beradi, natijada shaxs o‘sishining modelini
yaratish ishtiyog‘I vujudga keladi. Bu narsa psixolog Maslouning mativatsiya nazariyasining asosi
hisoblanadi. Uning mohiyati shundan iboratki, zarur ehtiyojlarning, hatto ijtimoiylarni qondirilishi
jarayonida o‘sishga va o‘zini o‘zi faollashtirishga kuchsiz motivatsiya ta’sir qila boshlaydi.
O‘tkazilgan bo‘sh vaqt motivatsiyasi tadqiqotida ijtimoiy motivatsiya bilan bir qatorda
muhim tarkib tariqasida relaksatsiya ham aniqlangan. Organizmni bo‘shashtirish va hordiq
chiqarish mehnat ta’tilini o‘tkazish usulini tanlash bilan tavsiflanadi.
Ishdan holi vaqtning qoniqish manbai sifatidagi roli shu bilan izohlanadiki, u ichki
motivatsiya bilan bog‘liq faoliyat uchun tanlov imkoniyatini yaratadi, muloqotdan qoniqish
olishga yordamlashadi, dam olishga sharoit vujudga keltiradi.
Boylik, pul sinfiy xususiyatga ega va baxt bilan uzviy bog‘lanib ketadi. AQSh
tadqiqotchilarida baxt va xotirjamlik dastavval daromad, ma’lumot va kasb- kor bilan bog‘liq olib
qaralgan bo‘lsa, xuddi shu masalaga Britaniya psixologlari esa ijtimoiy kelib chiqishga asosiy omil
sifatida yondashadilar, daromad yordami bilan tuzatishlar kiritiladi, aslida esa uning negizi kasb-
korga bog‘liqdir.
Ma’lumotlarning tasdiqlashicha, pulning mavjudligi diskomfort keskinlik pasayishiga
yordam beradi, shuningdek, bo‘sh vaqtni xush o‘tkazishning mazkur omiliga murojaat qilish
evaziga kayfiyat ko‘tariladi. Kam daromad odamlarga qaraganda, serdaromadlilar qariyb
sezilarsiz darajada qoniqish hissiga ega bo‘lganlar, xolos.
Natijalarni umumlashtirish shuni ko‘rsatadiki, pul insonlarni tub ma’noda baxtli qila
olmaydi, ya’ni u hech qachon qoniqish darajasini ko‘tarishning asosiy omili bo‘lib hisoblanmaydi.
Aksariyat hollarda badavlat kishilargina pulga manba sifatida butun fikri va zikrini qaratish
xususiyatiga egadirlar. Ularga berilgan savollarga bergan javoblari ushbu fikrimizni dalillay oladi.
“Sizni hayotingizda pul qanday rol o‘ynaydi?” savoliga aksariyat shu toifadagi kishilar mana
bunday javob qaytardilar: “Iymonim komilki, pul har qanday muammoni hal qilish qudratiga ega.
U o‘ta qo‘rqinchli quroldan ham kuchlidir…”. Ushbu javobdan ko‘rinib turibdiki, pul ularni
qurshab turgan odamlar ko‘z o‘ngida obro‘sini ko‘tarish vositasi sifatida qarash hukmrondir.
Muayyan sinfga, tabaqaga dahldorlik, shuningdek, daromadlar ko‘rsatkichi baxtga hal qiluvchi
bo`lmasada,lekin muayyan darajada ta`sir ko`rsatish qurbiga ega.Ammo shunday an`ana ham
uchrab turadiki,pul, ma`lumoti past moddiy farovonlikka ega odamlar uchun muhim baxt omili
sanaladi,yuqori daromadli fuqarolar esa ma`lumotlilik darajasini baxt va farovonlik omili deb


atamaydilar.Moddiy ta`minlash darajasi unchalik yuqori bo`lmagan odamlar fikricha, yaxshi


ma`lumotga va kasbiy imkoniyatga ega bo`lishligi ularni ma`lum ma`noda moddiy tashvishlardan
forig ` qiladi,butun fikri qadriyatga qaratiladi,natijada shaxslararo munosabatlar
takomillashadi,shaxsning kamol topishiga yordam beradi.
Jahon psixologlari ma`lumotlariga qaraganda,eng xotirjam va baxtli odamlar Shimoliy
Amerikada,yevropada
avstraliyada
yashaydilar.Yevropa
qit`asida
esa
belgiya,daniya,golandiya,Angliya xalqlari germaniya,Italiya,fransiya fuqarolaridan o`zlarini
baxtliroq hisoblaydilar.
Kimni baxtli deb hisoblash mumkin degan savolga javob berishga loyiq materiallar
mavjud.Odatda,ekstravertlar ko`p vaqtni muloqotga, yoqtirgan mashg`ulotiga, maroqli jismoniy
mashgulotga ajratadilar.Kimda shaxslararo munosabat,muomala malakasi yo`q bo`lsa,unday
odamlarda bezovtalanish, tashvishlanish darajasi yuqori, shu sababdan odatiy ijtimoiy
vaziyatlardan,ya`ni uchrashuvlar, kechalr,yig`inlardan o`zlarini chetga oladilar.
Shunday toifadagi kishilar ham borki, ularda doimo depressiv holatga moyillk
seziladi,ammo boshqa bir xususiyatli odamlar ham mavjudkim, ularga amaliy jihatdan uzluksiz
ravishda omad kulib boqadi, ishlari hamisha baroridan keladi, umuman, omadli insonlar baxtiyor
chehralidirlar.
Xo‘sh, bunday omadli, baxtli odamlar kimlar?
Bular jamiki narsalarning ijobiy tomonini ko‘radigan, borliqqa optimistik yondashadigan
insonlardirlar. Barcha ko‘rinish va holatlarni unday kayfiyatdagilar faqat yaxshilikka ravo
ko‘radilar, ulardan ibratli, go‘zal jihatlarni ajrata oladilar va boshqalarni bunga ishontirishga
intiladilar.
Shunday xususiyatli shaxslar ham borki,ularni baxtli damlar tark etmaydi, olam bunday
kishilar uchun har bir narsa cho‘g‘day tovlanadi, jilolanadi, go‘yoki borliq go‘zal va charog‘on.
Borliqdagi hodisalar,vaziyatlar, holatlarni ular faqat xush kechinmalar, xabarlar sifatida talqin
qiladilar, atrofdagilarga xayrixoh munosabatda bo‘ladilar. Bunday odamlar dilkash, dilbar,
odamshinavanda, ochiq ko‘ngil fazilatlari bilan yoqimli assotsiatsiyalar (o‘xshash hollar, mos xush
kechinmalar) vujudga keltiradilar. Ular tabiat va jamiyatda yuz beradigan har qanday vaziyatlarga
ijobiy javob qaytarishga moyildirlar.
Ma’lumotlar tahliliga ko‘ra, o‘zini o‘zi baholash sub’yektiv xotirjamlik, farovonlik bilan
barqaror munosabatga ega. Depressiv holat tazyiqiga uchragan odamlar o‘z xatti- harakatlarini
salbiy baholaydilar, ko‘pincha o‘z fazilati, xislatini etarli darajada baholay olmaydilar. Butun
hayoti davomidagi limmo-lim baxtsiz hodisalar natijasida o‘zini o‘zi baholash keskin pasayishi
kuzatiladi.
Jismoniy joziba, go‘zallik, qaddi-qomat, umuman, muhim omil bo‘lmasa-da, lekin xotin-
qizlar baxti uchun katta ahamiyatga ega. Tashqi ko‘rinish ijtimoiy mavqeda aks etadi, bunday
odamlar yuksak muomala maromlarini egallagan bo‘ladilar, xuddi shu bois ijtimoiy muhitga oson
kira oladilar. Bo‘y-bast erkaklar uchun ham ahamiyat kasb etadi, ayniqsa qarama-qarshi jins uchun
attraktsiya (lot. Ichdan mahliyolik) tuyg‘usini o‘yg‘otadi, peshqadamlik (liderlik) sersavlat
bo‘ydor kishilarga xosdir.
Psixologiya fanining ko‘rsatishicha, hayot va faoliyatning uch sohasi, ya’ni muomala, ish,
hordiq qoniqish olishning asosiy ko‘rinishlari hisoblanadi. Qoniqish darajasi turmush tarzining
yaqqol tavsiflariga bog‘liq (nikohdami yoki yo‘q, ish joyi bormi yoki yo‘q, do‘stlarichi? Va
hokazo). Inson kayfiyatini o‘z vaqtida qo‘llab-quvvatlab turish turmushdan qoniqish hissini
vujudga keltiradi. Germaniya psixologlari ushbu fenomenni (noyob holatni) aniqlash uchun
sinaluvchilarda sun’iy ravishda yaxshi kayfiyat uyg‘otish maqsadida hayotida yuz bergan yoqimli
holatlarni eslash iltimos qilinadi, “osmondan tanga yog‘ish” imkonini yodga tushirish sharoiti
yaratiladi. Sinov shinam xonada, quyosh charaqlagan kunda o‘tkaziladi.
Natijalarning ko‘rsatishicha, qisqa muddatli kayfiyat qoniqish to‘g‘risidagi mulohazaga
muayyan ta’sirini o‘tkaza olgan. Ma’lumotlarga binoan, o‘tmishdagi baxtli daqiqalar to‘g‘risida
mulohaza yuritish qoniqish hissini kuchaytiradi, noxush kechinmalarni eslash esa ma’naviy
tuyg‘uni susaytiradi. Da’vogarlik bilan maqsadga erishuv o‘rtasidagi uzilish faol ehtiyojlarni


qondirish samarasiga tuzatish kiritadi, vaholanki, u amaliy jihatdan biologic ehtiyojlarni


qondirishga ta’sir o‘tkaza olmaydi.
Yosh ulg‘ayishiga qarab quvonch hissi jadalligi (intensivligi), ya’ni ijobiy his- tuyg‘lar
ketma- ketligi pasayib boradi. Shuningdek, maroqli mashg‘ulotlarga xavas, mayl jadalligi ham
tushib ketadi.
Shunday ma’lumotlar ham mavjudkim, bunda yosh o‘tishi balan erkaklarga baxtni his qilish
kuchayadi, ayollarda esa susayadi. Ayollar yoshligida, bola tug‘ilguncha o‘zlarini haddan ziyod
baxtiyor his qiladilar. Keksaygan odamlarda qoniqish hissi baxt tuyg‘usidan yuksakroq, agar
ularning ma’lumoti past bo‘lsa, bu ko‘rsatkich yanada ko‘tariladi. Keksa odamlar hayotiy
vaziyatlarga va qurshovdagi odamlarga tez moslashadilar, ular o‘z xatti-harakatlari bilan
moslanuvchandirlar. Keksalikda da’vogarlik darajasi bilan kutilma pasayadi, xohish imkoniyat
bilan mos tusha boshlaydi.
Psixologiya fanida bir qator ham milliy, ham umumbashariy xususiyat kasb etuvchi
tushunchalar, terminlar, atamalar, kategoriyalar, so‘z birikmalari mavjud, odatda, ular o‘zlarining
xislat va vazifalari bilan muayyan darajada nazariy hamda metodologik ahamiyatga ega. Ana
shunday muhim ilmiy tushunchalar qatoriga qariyb o‘rganilmagan psixologiyaning tadqiqot
predmetiga aylangan armonni kiritish mumkin. Armonning psixologik mohiyati yuzasidan biz
tomonimizdan ayrim mulohazalar bildirilgan, mushohadalar esa amalga oshirilgan bo‘lsada, lekin
uning tuzilishi, insonning hayoti va faoliyatidagi roli, kamolotdagi ahamiyati to‘g‘risida
fundamental, fenomenologik fikrlar, g‘oyalar ilgari surilmagan edi.
Oldingi gipotetik xususiyatga molik fikrlarimizda “Armon” tushunchasining
tarkiblari quyidagicha ekanligi bo‘yicha mulohazani muhokama qilish uchun insonshunoslik
sohalarining mutaxassislari e’tiboriga havola etgan edik:
1. Ehtiyojiy (biologik turtkisidan ma’naviy xususiyatga o‘sib o‘tuvchi).
2. Motivasion (uzluksiz, uzviylik uyg‘unligi, chambarchas bog‘liqligi munosabatlarining
ichki va turtkisi, harakatlantiruvchisi sifatida).
3. Emotsional- hissiy (inson emotsional holatlaridan qoniqish yoki qoniqmaslik, yuksak
tuyg‘ulari, hislar kechinmalar ushalganligi, ezgu niyat tariqasida behalovatlik, yangi intilishlarga
shaxsni safarbar etuvchi bezovtalanish, hadiksirash tuyg‘ularida gavdalanadi ).
4. Irodaviy (xavotirga solayotgan muammoni amalda ro‘yobga chiqarish uchun irodaviy
holatlarni idrok qilish,tasavvur etish ob’ektiga yo‘naltiruvchi, harakatlantiruvchi).
5. Kognitiv (o‘tmishdagi bilish jarayonidan qoniqmaslik, o‘z izlanishi, imkoniyati voqelikka
aylanishi qiyin kechishi tufayli kelajakda ro‘yobga chiquvchi tushunish, anglash darajasini
ko‘tarishga yo‘naltiruvchi mobilizasion funksiya ).
6. Regulyativ (borliqni aks ettiruvchi, shaxslararo munosabatlarni omilkirona, odilona,
oqilona tarzda uzluksiz boshqarish imkoniyati).
7. Xulqiy (fe’l atvordagi hatti harakat, muomalani maqsadga muvofiq kechishi, ijobiy yoki
salbiy tomonlaridan qoniqish yoki qoniqmaslik, shaxsni tekshirish orqali bartaraf etishga,
takomillashtirishga yo‘naltiruvchi hatti harakat majmuasi).
8. Ijtimoiy psixologik (muayyan davrni iliq eslash jarayoni, shaxslararo munosabatdagi birlik,
o‘xshashlik, ta’sirlanish, ta’sir o‘tkazish kabilarni ro‘yobga chiqishning ijtimoiy psixologik
mexanizmlari, unda muomalaning individual tipologik o‘ziga xosligi harakatga chorlovchi
ekanligi).
9. Milliy (ham milliy, ham etnik xususiyatlar voqelikda sodir bo‘lishining o‘ziga xosligini
hisobga olib turishdan iborat qiyoslashga takomillashtirishga undovchi tariqasida).
Armon psixologik voqelik sifatida insonning hayoti va faoliyatida uning faollikka yetaklovchi
barqaror sub’ektiv ichki turtki tariqasida muhim o‘rin egallaydi. Insoniyatning ijtimoiy tarixiy
taraqqiyotida yakka shaxsni goh anglanilgan, goh anglanilmagan tarzda muayyan sa’y
harakatlarga undovchi, sub’ektiv omillar tarkibidan ajralib chiquvchi, uning halovatini uzluksiz
ravishda buzuvchi, hamisha intilishlarga chorlovchi murakkab ierarxik tuzilishga ega bo‘lgan, vaqt
va fazo mezonlarini o‘zaro uyg‘unlashtiruvchi o‘chmas, ezgu niyatlar ushalishini ta’minlovchi
hissiy tuyg‘ular(afsus, g‘urur, faxr, o‘kinch tushunchalarida mujassamlanuvchi) xulq atvor


kechishini ijobiy yoki salbiy baholovchi, nuqson va orttirma ko‘rinishlarini muvofiqlashtiruvchi,


bilish jarayonlarining yuksak va zaif unsurlariga (elementlariga) nisbatan munosabat bildiruvchi,
o‘rnatuvchi omixta psixologik hodisa armon deb ataladi.
Ayrim xalqlar, elatlar va etnoslar leksikonida qo‘llanuvchi “armon” atamasi o‘zining
kelib chiqishi jihatidan ushalmagan orzular, ezgu niyatlar, o‘tmishning kemtik, noto‘kis tomonlari
to‘g‘risida yaxlit obrazlar, tasavvurlar, achinish tuyg‘usi, pessimistik shakldagi hislarning
majmuasi tarzida gavdalanadi. Bu ma’noda armon insonda murakkab kechinmalar tarzida vujudga
kelishi, kechishi, rivojlanishi, takomillashuvi yoki so‘nib borishi(o‘kinch xis sifatida), umidsizlik
tuyg‘usining kuchayishi ko‘rinishida mujassamlashuvi mumkin. Chunki ezgu niyat ushalishi bilan
realiya o‘zaro birlik xususiyatiga ega emasligi, ularning ro‘yobga chiqishini ta’minlovchi
mexanizm funksiyasini bajarishga nisbatan to‘la ishonch yoki versiya ham yo‘q ekanligi tufayli
armonni keltirib chikarishi shak shubhasiz. Shaxsning imkoniyati bilan izzattalabligini bosqichma
bosqich ro‘yobga chiqishi mobaynida uzluksiz bilan uzviylikning mutanosibligi buzilishi
oqibatida unda (insonda) qoniqmaslik (umumiy ko‘rinishda) tuyg‘usi tug‘iladi va bu xodisaning
takrorlanishi natijasida u armonga aylanadi. Munosabatlar, voqeliklar va hodisalar baholanishi
bilan shaxsning intilishi, talabchanligi o‘rtasidagi nomutanosiblik hissini pasaytiradi, shuningdek,
jismoniy harakatlar, aqliy operatsiyalar sustlashishini yuzaga keltiradi.
Shu narsani ta’kidlash joizki, armon xotira kategoriyasidagi eydetik obrazlar
(eydetizm) ga o‘xshash o‘chmas iz qoldiruvchi, hodisalarni eslashga, unga erishishga shaxsni
undovchi omil sifatida ham ma’naviy, ham jismoniy harakatni amalga oshirishga uni yetaklaydi.
Uzluksiz o‘chib yonib turuvchi svetoforga uni qiyos qilsak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi, albatta.
Eydetik obrazlar ham, odatda, ikki xil kechinmani o‘zida mujassamlashtirishi bilan boshqa
psixologik vositalar (qurollar) dan ajralib turadi. Bu esa inson uchun eng ahamiyatli sanalar
to‘g‘risidagi tasavvur obrazlari uning xotirasidan sira o‘chmaydi, o‘qtin o‘qtin ixtiyoriy yoki
ixtiyorsiz, goho assotsiativ tarzda namoyon bo‘lishga odatlangan. Birinchi kitob bilan tanishash,
sirk tomoshalarini kuzatish, zooparkga tashrif buyurish, tug‘ilgan kunni dastlabki nishonlashuvi
boshqa quvonchli daqiqalar tiklanib turishi bilan o‘ziga xoslikni kasb etadi. Shu bilan birga noxush
holatlar, kechinmalar, ushalmagan tilaklar, jazo choralari, aldanishning alamli lahzalari chorasizlik
tuyg‘ulari ham tiklanuvchi obrazlar, jonlanuvchi tasavvurlar tarzida tiklanishi yoki o‘chib borishi
mumkin. Bu psixologik voqelik assotsiatsiyasi yordami bilan analitik tahlil natijasida.
Xayolparishonlik, xukmdorlik, ustvorlik qilganida ularning negizida vujudga keladi. Armon
kategoriyasi ham shunga o‘xshash omillar, mexanizmlar ko‘rinishida namoyon bo‘lishi kuzatiladi.
Armon ommaviy xususiyat kasb etib, individual,guruhiy, milliy, umumbashariy, jamoaviy hatti
harakatlardan qoniqish yoki qoniqmaslik his tuyg‘ularini o‘zida gavdalantiradi.
Armon muammosini ushalmagan orzu sifatida emotsional hissiy xush yoki noxush
kechinmalar orqali ifodalanishi turlicha ko‘rinishga ega bo‘lishini faraz qilgan holda uni muayyan
tarkiblarga, turlarga ajratish maqsadga muvofiq:
1.
O‘tmishni o‘zida aks ettiruvchi armon.
2.
Hozirgi kecha kunduzni o‘zida mujassamlashtiruvchi armon.
3.
O‘tmishni bo‘lg‘usi zamonga,kelajakka ko‘chiruvchi armon.
4.
Ideal va komfort hissiga yondosh armon.
5.
Uzluksiz harakatga undovchi, dinamik xususiyat kasb etuvchi, shaxsni
ma’naviy, jismoniy hatti harakatga yetaklovchi armon.
Armon inson ehtiyojini qondirishga qaratilgan, yo‘naltirilgan sa’y harakatlarning
yig‘indisi, majmuasi sifatida ro‘yobga chiqishi mumkin. Ehtiyojlarning qaysi ko‘rinishi yoki turi
bo‘lishidan qat’iy nazar (xoh biologik, xoh ma’naviy) ularni qondirishga nisbatan jismoniy, aqliy
harakatlarni yo‘naltirishning real yoki xayoliy (fikriy) rejalarni tuzish jarayoni yuzaga keladi.
Shaxsning xulq atvorini amalga oshirish jarayondagi nuqsonlar, ularni
tuzatish(korreksiyalash) imkoniyati bo‘lmaganligidan afsuslanish tuyg‘usi negizida armon
tug‘ilishi mumkin. Favqulotda xulqni boshqarish imkoniyatining zaifligi, o‘ng‘aysiz, qo‘pol
xulqiy kamchiliklar, shaxsning mavqeiga, obro‘siga xalal berganligi tufayli uning halovatini
buzishda, bezovtalanishni yuzaga keltirishda davom etaveradi. Xulq atvordagi oldingi nuqson


armonga aylanadi, inson undan afsuslanadi, kelajakda bunday noxushlikning oldini olish intilishini


uyg‘otadi. Shuningdek, nafaqat o‘zga, balki o‘zgalarga sodir etilgan voqelikdan o‘z vaqtida ogoh
etmaganlikning oqibati ham afsuslanish hissiga aylanib, armonni shakllantiradi. Yiqilgan inson
kulish emas, balki hamdardlik bildirish (empatiya) lozim ekanligini, o‘rinsiz, ortiqcha
harakatlarning mavrudi emasligini o‘z vaqtida baholay olmaganligini afsus, nadomat bilan
eslash(esga tushirish) armondan dalolat beradi.
Armon muammosining psixologik tuzilishi motivasion, irodaviy, hissiy, kognitiv,
regulyativ kabi tarkiblardan iborat bo‘lganligi uchun o‘tmishga, hozirgi zamonda, kelajakka
taaluqli turtkilar, irodaviy zo‘r berishlik, ijodiy fikrlash, o‘zini o‘zi boshqarish (nazorat qilish,
baholash, rejalashtirish) ni amalga oshirishni, ro‘yobga chiqarishni taqozo etadi. Talabalarda fan
asoslarini egallashdagi qiyinchiliklar, kasbiy tayyorgarlikdagi murakkab jarayonlar, ta’lim
tizimidagi ob’ektiv va sub’ektiv to‘siqlar o‘zlashtirmaslikni keltirib chiqaradi. O‘qituvchi bilan
talabalar hamda talabalararo munosabatlardagi o‘zaro tushunish va o‘zaro yordamining zaifligi,
hamkorlikning bo‘shlig‘i o‘quv faoliyati samaradorligini pasaytiradi. Bunday noxush
hodisalarning uzluksiz takrorlanishi armonni vujudga keltiradi. Bu odatiy holatning oldini olish
uchun, uni kamaytirish uchun o‘tkazilgan tajriba natijalari bo‘yicha qilingan tavsiyalardan
namunalar keltiramiz.
Talabalarni ijodiy fikrlash, mustaqil ravishda bilimlarni egallash imkoniyatlarini
ro‘yobga chiqarish to‘g‘risidagi hozirgi zamon psixologik ilmiy nazariyalar qonun xususiyatiga
ega bo‘lgan uch omilni yoki uch manba (shart sharoit) ni ta’kidlab o‘tishni taqozo etadi. Mazkur
shart sharoitlarni izchillikda (uzluksiz va uzviylik prinsiplariga asoslangan holda) bajarish
talabalarda o‘zlashtirishning yuqori ko‘rsatkichini taminlaydi. Endi ularning har birini psixologik
tavsiyalashga harakat qilamiz, chunki noan’anaviy vositalar, usullar yordami bilan ma’lumotlarni
o‘zlashtirish ijodiy, samarali fikr yuritishni talabalarda shakllantiradi. Talabalar tomonidan
o‘tilgan mavzular bo‘yicha kasbiy ko‘nikmalarni, mutaxassislikka oid bilimlarni anglagan holda
mantiqiy jihatdan mustahkam (puxta ) egallash birinchi shartni o‘zida mujassamlashtiradi. Bu omil
shaxsni fikr yuritish yo‘nalishining mantiqiyligi, izchilligi, uyg‘unligi, teranligi prinsiplari bilan
mos tushishi mumkin. Biroq talabalar bundan keyin ham muvaffaqiyatli mustaqil o‘qishlari uchun
yuqoridagi mulohazalar yetarli emas, albatta. Bundan tashqari, kasbiy ko‘nikmalar va bilimlarni
puxta va mantiqiy ketma ketlikda o‘zlashtirish bilan qanoat hosil qilish bilan cheklanib qolmasdan,
balki ularning mazmunan to‘la, shaklan invariant ko‘rinishlarini egallashga intilishi bilan ajralib
turadi. Talabalikning dastlabki yillarida fanga, muhitga motivatsiyasining zaifligi, oliy ta’lim
tizimi talab va sharoitlariga moslashuvning qiyin kechishi kasbiy tayyorgarlikka salbiy ta’sirini
o‘tkazadi, keyinchalik shaxslararo munosabatlar ijobiylashuvi natijasida hamkorlik faoliyatidagi
nuqsonlar kamayib boradi.
Shuni ta’kidlash joizki, o‘rtacha o‘zlashtirish darajalari bilan keyingi kursga
ko‘chirilgan talabalar o‘qituvchilarni homiylik qilish, g‘amxo‘rlik ko‘rsatish predmetiga aylanib
qolishi ehtimoli mavjud, hatto ularning orasidan o‘zlashtirmovchilar guruhi vujudga kelishi ham
mumkin. Agarda ularda o‘quv motivatsiyalari shakllanmasa, faoliyatni mustaqil tashkil eta
olmasa, shaxslararo hamkorlikka erishmasa, u holda bu omil yanada murakkablashib boradi,
natijada ob’ektiv va sub’ektiv xususiyatga ega bo‘lgan nizolar (nizoli vaziyatlar) ko‘lami
kengayadi. O‘z o‘zini boshqarish, o‘z o‘zini nazorat qilish, o‘z o‘zini baholash o‘quv faoliyatining
tarkibiy qismiga o‘sib o‘tmagunga qadar o‘qituvchi bilan talabalar va talabalararo munosabatlarda
negativ(salbiy) holatlar yuzaga kelishi davom etaveradi.
Talabalarni mustaqil ta’lim olishga uquvchanligi (qobiliyati) rivojlanishining (tarkib
topishining) ikkinchi omili ta’lim qonuni sifatida quyidagi vositalar yordami bilan amalga
oshirilishi mumkin:
A. O‘qishga nisbatan uquvchanligining talabalarda shakllanishi ularda mas’uliyat, javobgarlik
tuyg‘ulari barqarorlashuvi bilan bir davrning o‘zida kechadi;
B. Bo‘lg‘usi mutaxassis kasbiy tayyorgarlikni chuqur his qilgan holda shaxsiy hamda ijtimoiy
burch, vatanparvarlik, mehnatsevarlik hislarini o‘zida mujassamlashtirishga intilishni anglab
yondashish tufayli egasining o‘rni, mavqei, taraqqiyot uchun ahamiyatini tushuna boshlaydi.


Talabalarda o‘quv motivatsiyasining vujudga kelishi, rivojlanishi, takomillashuvi,


ma’ruza, seminar, amaliy mashg‘ulotlar va laboratoriya ishlariga kasbiy tayyorgarlik
(kamolot,maxorat) yuzasidan yondashuv, auditoriya (laboratoriya)ga ongli munosabat ularda
diqqatni, ijodiy, sermahsul fikrlashni, irodaviy xislatlarni, kognitiv imkoniyatlarni, yuksak his
tuyg‘ularni, o‘z o‘zini boshqarishni, hamkorlikni muayyan ob’ektga to‘planishni ro‘yobga
chiqaradi. Talabalar tomonidan kognitiv jarayonlarni to‘g‘ri tashkil etish, oqilona reja tuzish, aqliy
hatti harakat va usullardan unumli foydalanish, o‘zini kasbiy faoliyatga dahldor mashg‘ulotlarga
ongli yo‘naltirish (majbur etish, ya’ni irodaviy zo‘r berish), muammo yechimini modifikatsiyalari,
invariantlari yuzasidan mulohaza yuritishga o‘z shaxsini ruhan tayyorlab borish muvaffaqiyatlar
negiz bo‘lib xizmat qiladi.
O‘quv faoliyatini to‘g‘ri tashkil qilish natijasida (ya’ni o‘qituvchi bilan talaba
hamkorligi) talabalarda o‘quv motivatsiyasi tarkib topadi, uquvchanlik qobiliyati rivojlanadi,
mustaqil ijodiy fikr yuritishga odatlana boradi. Buning uchun auditoriya hamkorlik faoliyati
negiziga aylangandagina ta’lim sub’ektlarida empatiya, simpatiya, attraksiya, refleksiya singari
yuksak xislatlar, his tuyg‘ular, umumlashgan fikrlash vositalari asta sekin, bosqichma bosqich
shakllanadi. Hamkorlik tuzilmasi, tarkib topishi bosqichlari, hatti harakat turlari, o‘zaro ta’sir
o‘tkazish me’yori, shaxslararo munosabat maromlari to‘g‘risidagi psixologik texnologiya bilan
tanishish(egallash) orqaligina o‘zini boshqarishga erishish mumkin.
Oldingi ta’lim qonunlaridan qolishmaydigan sharoitlardan, manbalardan biri bu
mustaqil bilim olish ko‘nikmalarini talabalar tomonidan egallashdir. Talabalar maktabda, kasb
hunar kollejida, akademik litseylarda mustaqil faoliyatni tashkil etish ko‘nikmasiga muayyan
darajada o‘rgatilsada, lekin oliy ta’lim tizimi ularning oldiga murakkab vazifalarni yuklaydi.
Odatda, ta’lim taraqqiyotni yetaklaydi degan tezisga (tendensiyaga) talabalarni kasbiy
materiallarni va malakalarni egallashning yo‘l hamda vositalariga ta’lim jarayonida o‘rgatish
orqali armon tuyg‘usi tonusini pasaytirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Lekin armon muammosi o‘zining psixologik tuzilishi jihatidan murakkabligi
uchun uni motivasion, emotsional hissiy, kognitiv, irodaviy, regulyativ nuqtai nazardan tadqiq
etish shaxsning faolligini oshirishga, ijodiy, yangicha fikrlash qobiliyatini shakllantirishga xizmat
qiladi.


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin