1. Rus psixolog olimlarining psixologiya sohasidagi tadqiqotlari.
o‘rtasida teng belgisini qo‘yishimiz mumkin. Shaxs shunday tarixiy rivojlanishda shakllanadi.
Shaxsning ko‘rsatkichi deb, tabiiy va oliy psixik funksiyalar ko‘rinishida ko‘rishimiz mumkin.
Insonda qancha ma’naviy funksiyalar ko‘p bo‘lsa, unda shuncha dunyo va o‘z xulq-atvori ustidan
bo‘lgan boshliqligi kuchayadi.
A.N.Leontev (1903-1979) – psixolog, ilm tashkilotchisi, faoliyat nazariyasi asoschisi. Uning
asarlari orasidan “Psixika rivojlanishi”, “Faoliyat, ong, shaxs”, kabilari mashhurdir. Leontev
konsepsiyasi inson rivojlanishida ijtimoiy determinatsiyaning o‘rni haqidagi qarashni ma’qullab,
qaysidir ma’noda Vigotskiy yo‘lini davom ettirgan. Leontevning shaxs teoriyasi asosiy tamoyili
yordamida insonning natural faoliyatini tushunish bilan ifodalash mumkin. Uning
konsepsiyasining asosiy tushunchasi bu faoliyat kategoriyasidir. Faoliyat fenomeni sabab, atrof
olam ta’sirida yuzaga keladigan jarayon tekshiriladi.
Faoliyatning asosiy formasi uning tashqi faoliyatidir. Daliliy ma’nosi bu so‘z ma’nosi bilan
solishtiriladi. Leontev ta’kidlab o‘tganidek, ma’no faqatgina bittaga taalluqli bo‘la olmaydi,
chunki harakatni individ bajarmaydi. Tarixiy rivojlanishning tashqi faoliyat davrida ichki
funksiyalar yuzaga kelishi mumkin, ular tez shakllanib 2 ta formaga aylanadi.
Predmetli faoliyatda asosan o‘z-o‘zini ta’minlay oluvchi − harakat va operatsiyalar ajralib
chiqadi. Ichki faoliyatda motiv va maqsad shularga kiradi. Butun bir faoliyatni o‘rganishdan
maqsad ichki tizim bog‘lamishlar va munosabatlarni tadqiq qilishdir.
Leontev fikricha shaxs bu faoliyatning ichki momenti, shaxs tushunchasi asosan individ
tushunchasi bilan adashtiriladi. “Individ” tushunchasi konkret sub’ektning bo‘linmasligi, butunligi
va o‘zgacha ekanligini ifodalaydi. Individ filogenetik va ontogenetik rivojlanishning so‘nggi
mahsulidir. Shaxs strukturasi motiv va faoliyat orqali yuritiladi. Uning ta’kidlashicha, insonning
alohida psixologik yoki sotsial-psixologik tomonlaridan kelib chiqgan holatda “Shaxs
strukturasini” hosil qilish mumkin emas, bu shaxs o‘zagida unga o‘rnatilgan genetik
programmalarida, uning mavjud salohiyatida emas, balki bilimi va faxmidadir.
Shaxs analizi birligida shaxs mazmuni inson ongida motivni maqsadga bo‘lgan munosabati
sifatida o‘rtaga chiqadi. Shaxs mazmun shaxs analizi sifatida o‘rtaga chiqa olmaydi chunki uning
haqiqiy ko‘rinishi individ bilan bo‘lgan munosabati bilan o‘lchanadi. Mazmun bu haqiqatning
umumlashtirgani bo‘lib asosan so‘z va gaplarda kristallashib, fiksirlashib boradi. Bu jamoa
tajribasining ideallashtirilgan ruhiy shaklidir.
Leontev faoliyat motivining o‘zgarishi shaxs mazmuni o‘zgarishi bilan birga amalga
oshiriladi. Misol uchun, talaba tomonidan kitobning mutoola qilinishi uning maqsadini ifoda etadi.
Uning motivi esa mutoola qilish orqali kelajakdagi kasbga tayyorlash yoki imtihonga
tayyorlashdir. Shaxs fikrlarini o‘rganish muammolarini Leontev ishlab chiqqan g‘oyalar asosida
o‘rganishni psixologiyaning turli xil jabhalarida qo‘llaniladi.
Rubinshteyn (1889-1960) mashhur psixolog, faylasuf va psixolog, fikrlash psixologiyasi
muommosi ustidan tadqiqotlar olib borgan, psixologiya asoslarini yaratuvchisi, “Umuman
psixologiya asoslari” nomli darslik muallifi. “Ijodiy faoliyat tamoyili” maqolasida u ongni aktiv
faoliyat deb baho berdi. Bu g‘oya asosida ong birligi va faoliyati tamoyilini yaratadi. Ong birligi
va faoliyat haqidagi g‘oyalar psixologiyaning rivojlanishining ayni bir etapida vujudga kelgan
bo‘lib, XX asrning 30-40 yillarida introspektiv psixologiya va bixeviorizm bilan bog‘liq
muommolarni hal qilish uchun ham vujudga kelgan. Ong birligi va faoliyat tasdig‘i ong va
psixikani passiv bir mavjudligi deb emas, sub’ekt faoliyati, real individ va inson faoliyati uni atrof-
muhit bilan bo‘lgan munosabati jarayoni o‘rganiladi.
Rubenshteyn alohida ta’kidlab shuni aytadiki, insonga faqatgina faoliyat emas, balki shaxs
ham tanlov huquqiga ega holda ta’sir o‘tkazish kuchiga egadir. Shaxsni o‘rganish davomidagi
muhim daqiqalardan biri, Rubinshteyn fikricha faqatgina faoliyatini yoki hayot emas, bundan
kengroq jabhalarnio‘z ichiga oladi.
V.S.Merlin (1898-1982) shaxsiyatining integral nazariyalarini ishlab chiqadi va quyidagi
bosqichlarini ko‘rsatdi.
1. Biokimyoviy;
2. Somatik;
3. Neyrodinamik;
4. Psixodinamik (temperament bosqichi);
5. Shaxsiyat;
1. Jamiyatdagi sotsial roli.
Bu bosqichlarni orasida bir tomonlama, aksincha ko‘p tomonlama bog‘liqlik bor, ya’ni bir
bosqich bir vaqtda bir necha bosqichda aloqada bo‘ladi. Temperament bosqichda quyidagilarni
farqlaydi.
Ekstraversiya – ob’ektiv holatdan kelib chiqib, psixik o‘zini tutish. Sergaklik – to‘siq
bo‘layotgan holatda qochish orqali reaksiyaga kirishish.
Reaktivlik – xatti-harakatga shunday javob qaytarish.
Impulsivlik – tezlik unda emotsiyalar xatti-harakatning kuchi.
Emotsiyalarni uyg‘onishi qo‘yilgan maqsadga aktiv harakat qilish. Shaxsiy faoliyat haqida
gapirganda, shuni nazarda tutganki, psixologik vositalarning tizimi shundayki, inson o‘zining
shaxsiyatini ko‘rsatish uchun harakatsiz ulardan qochadi. Temperament B.S.Merlin fikricha ko‘ra,
o‘zgartirish mumkin emas, chunki u genetik joylashtirilgan, lekin uni kompensatsiya qilsa bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: