Hozirgi paytda g‘arb psixologiyasida shaxsni tadqiq qilish va tushunish borasida
«insonparvarlik psixologiyasi» deb atalmish psixologiya vakillarining psixoanalitik nazariyalari
va qarashlari eng nufuzli yo‘nalishlar bo‘lib hisoblanadi. XX asr g‘arb psixologiyasining nufuzli
yo‘nalishlari biri – psixoanaliz yo‘nalishidir. U ko‘pincha avstriyalik psixiatr va psixolog 3.
Freydning nomi bilan freydizm deb ham yuritiladi. Freydizm - bu nom avstriya nevropatologi va
psixologi Zigmund Freyd (1856-1939) nomidan olingan bo‘lib,
psixologiya va
nevropotologiyadagi alohida yo‘nalishdir.
Zigmund Freyd 1856 yilning 6 mayida Avstriyaning Frayberg (hozirgi Chexiyaning
Moraviya) shaharchasida tug‘ilgan. Freyd umrining oxirigacha Venada yashadi va 1938 yilda,
o‘limidan bir yil oldin Angliyaga ko‘chib o‘tdi. 1873 yilda Vena
universitetining tibbiyot
fakultetiga o‘qishga kirdi. 1881 yili Freyd universitetni tugatib, Miya anatomiyasi institutida ishlay
boshladi hamda katta yoshdagi odam va homila miyasining qiyosiy tadqiqotlari bilan shug‘ullandi.
Dostları ilə paylaş: