O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro davlat universiteti psixologiya va sotsiologiya kafedrasi qayd raqami


Inson psixikasining ilmiy tadqiqot metodlari



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə30/65
tarix13.12.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#139801
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   65
Qayd raqami-fayllar.org

3. Inson psixikasining ilmiy tadqiqot metodlari
1. Psixologiyaningan’anaviy, empirik metodlari to hozirgi kungacha muvaffaqiyatli
qo‘llanilmoqda.
Kuzatish metodi. Psixologiya fanida bu metodning ob’ektiv (tashqi) va sub’ektiv (o‘zini
o‘zi) kuzatish turlari mavjud. Inson psixikasidagi o‘zgarishlarni kuzatish uchun quyidagilar
amalga oshi
riladi:
kuzatishning maqsadi, vazifasi belgilanadi;
kuzatiladigan ob’ekt tanlanadi;
sinaluvchining yoshi, jinsi, kasbi aniqlanadi;
tadqiqot o‘tkazish vaqti rejalashtiriladi;
kuzatish qancha davom etishi qat’iylashtiriladi;
kuzatish insonning qaysi faoliyatida (o‘yin, o‘qish, mehnat va sportda) amalga oshirilishi
tavsiya qilinadi;
kuzatishning shakli (yakka, guruh, jamoa bilan o‘tkazilishi) tayinlanadi;
kuzatilganlarni qayd qilib berish vositalari (kundalik, suhbat daftari, kuzatish varaqasi,
magnitafon, videomagnitafon, videoapparat, fotoapparat va boshqalar) taxt qilinadi.
Kuzatish orqali odamlarning diqqati, histuyg‘ulari, nerv sistemasiningtashqi ifodalari,
temperament xususiyatlari, imoishoralari, sezgirligi, harakatchanligi, ishchanligi, xulqatvori, nutq
faoliyati va hokazolari o‘rganiladi. Ammo o‘ta murakkab ichki psixologik kechinmalar, yuksak
hissiyotlar, tafakkur, mantiqiy xotira va aqlzakovatni tadqiq etishga bu metodning imkoni
yetishmaydi. Masalan, go‘dak bolani kuzatishda uning harakatlari, o‘yinchoqlarga munosabati,
histuyg‘usi, talpinishi, mayli, xohishi aniqlanadi. O‘quvchining darsdagi holatini kuzatishda esa
diqqatining xususiyati, tashqi qo‘zg‘atuvchi bilan ta’sirlanishi, temperamenti, xattiharakatining
sur’ati, emotsional kechinmasining o‘zgarishi to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plashga imkoniyati
tug‘iladi. O‘spirin yoshlarning sport faoliyatini kuzatish orqali ularning irodasi, ishchanligi,
histuyg‘usiningo‘zgarish xususiyatlari, g‘alabaga intilishi, o‘ziningharakatini idora qila olishi
yuzasidan materiallar yig‘ish mumkin. Ishchining dastgoh yonidagi faoliyatini kuzatish natijasida
uning o‘z diqqatini taqsimlashi, qiyin damlarda o‘zini tutishi, imoishoralari, tashqi
qo‘zg‘atuvchidan ta’sirlanish darajasi haqida keng ma’lumotlar yig‘iladi. Keksalarning muloqot


jarayonini kuzatish ularning xarakteri, nutq faoliyati, histuyg‘usi, ekstravertivligi yoki


intravertivligi, qiziquvchanligi va ruhiyatining boshqa xususiyatlarini aniqlash demakdir.
Tashqi kuzatishda ba’zan tafakkur bo‘yicha ham ma’lumotlar olish: ish ustidagi kayfiyatini,
fikrning muayyan ob’ektga yo‘naltirilganini, tashqi qo‘zg‘atuvchilarta’siriga berilmaslikni,
chehradagi tashvish va iztirobni, ko‘zdagi g‘ayritabiiylikni, shuningdek, sinchkovlik, teranlik,
termulish kabi ruhiy holatlarni kuzatib, tafakkurning kechishidagi o‘zgarishlarni aniqpash
mumkin. Bo‘lardan tashqari, qo‘lning titrashi, asabiylashish, nutqning bo‘zilishi, hissiyotning
beqarorlashuvi ham inson ruhiyatidagi o‘zgarishlar bo‘yicha ma’lumot beradi.
Psixologiya fanida o‘zini o‘zi kuzatishdan (introspeksiyadan) ham foydalaniladi. Ko‘pincha
tajribali psixolog yoki malakali mohir o‘qituvchi, salohiyatli rahbar o‘zini o‘zi kuzatish orqali
ilmiy xulosa chiqara biladi. Masalan, o‘z tafakko‘rini kuzatib o‘zidagi emotsional o‘zgarish
haqida, shuningdek, tafakkurning ichki mexanizmlari vujudga kelishi va kechishi to‘g‘risida
ma’lumot oladi. Natijada tafakkurning sifati, mazmuni, mohiyati va qay tarzda, qanday tezlikda,
qay shaklda ro‘y berishini kuzatadi.
Chet el psixologiyasida o‘zini o‘zi kuzatishning inson ruhiyatini o‘rganishdagi rolini
ifodalovchi ilmiyamaliy materiallar to‘plangan. Introspeksiya yo‘nalishining yirik namoyandalari
o‘zlarini o‘zlari kuzatganlar va to‘plagan materiallarini tahlil qilib, umumiy psixologik
qonuniyatlarni yaratishga harakat qilganlar. Lekin inson turli vaziyatlarda o‘zini bir xil boshqara
olmaydi va shuning uchun bu metodning ilmiy ahamiyati unchalik katta emas.
Shunday qilib, kuzatish metodining qulay va samarali jihatlari bilan birga zaif gomonlari
ham mavjud. Shu sababli insonning murakkab psixikasi boshqa metodlardan foydalanib tadqiq
qilinadi.

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin