O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro davlat universiteti psixologiya va sotsiologiya kafedrasi qayd raqami


Muloqot jarayonining tuzilishi (tomonlari)



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə44/65
tarix13.12.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#139801
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   65
Qayd raqami-fayllar.org

Muloqot jarayonining tuzilishi (tomonlari).
Kommunikativ. 
Muloqatga
kirishuvchilarning
o`zaro ma’lumot
almashinuvi.
Interaktiv. 
Bir-birining
harakati va
faoliyatiga ta’sir
o`tkazish.
Pertseptiv.
Bir-birini (tashqi
ko`rinishi,
qiyofasini) idrok
qilish (baholash).


birinchi sinf o‘kuvchisining o‘qituvchi sinfga kirib kelishi bilan o‘rnidan turishga odatlangan


qoidasiniig bajarilishi hamdiradi.
Odamlarning ijtimoiy qoidalarga murojaat qilishi ularda o‘z xulq-atvori uchun mas’ullik
hissini uyg‘otadi, harakatlari va qiliqlarining ushbu qoidalarga mos kelishi yoki mos kelmasligini
baholagai holda ularni to‘g‘rilab borish imkonini tug‘diradi. Qoidalarga qarab mo‘ljal olish kishiga
o‘z xulq-atvorining shakllarini andazaga qarab moslash, keraklilarini, ijtimoiy jihatdan
maqbullarini tanlab olish, nomaqbul shakllariga amal kilmaslik, o‘zining boshqa odamlar bilan
munosabatlarini yo‘naltirib va boshqarib borish imkonini beradi. O‘zlashtirilgan qoidalardan
odamlar o‘zlarining xususiy xulq-atvorini o‘zgalarning xulq-atvori bilan taqqoslaydigan mezon
sifatida foydalanadilar.
O‘zaro birgalikdagi harakat jarayonlarida ijtimoiy nazorat munosabatga kirishadigan
odamlar «bajaradigan» rollar repertuariga muvofiq tarzda amalga oshiriladi. Psixologiyada rol
deganda xulq-atvorning normativ jihatdan ma’qul bo‘lgan muayyan ijtimoiy mavqeni (lavozimga,
yoshi yoki jinsiy belgilariga, oiladagi mavqeiga va boshqalarga ko‘ra) egallab turgan har bir
kishidan tevarak-atrofdagilar kutayotgan namunasi tushuniladi. Sub’ekt o‘qituvchi yoki o‘quvchi,
vrach yoki bemor, katta yoshli kishi yoki bola, boshliq yoki bo‘ysunuvchi, ona yoki buvi, erkak
yoki ayol kishi, mehmon yoki mezbon va shu kabi rolni bajaradi. Har qanday rol mutlaqo aniq
talablarga va atrofdagilarning muayyan orzu-istaklariga javob berishi kerak.
Yolgiz bir kishining uzi munosabatning turli xil vaziyatlariga duch kelarkan, qoida
tarikasida har xil rollarni bajaradi. O‘zining xizmatdagi roliga ko‘ra direktor bo‘lib turgan kishi
betob bo‘lib kolganida bemor roliga kirgan holda vrachning barcha ko‘rsatmalarini bajaradi; shu
bilan birga uy sharoitida u keksa onasiniyag mo‘mingina o‘g‘li rolini saqlab qoladi; mehmonlarni
qabul qilayotgan kezda mehmonnavoz mezbon bo‘lib chiqadi va hokazo. Rol mavkelarining
ko‘pligi ba’zida ularning to‘qnash kelishiga — rol konfliktlariga (ziddiyatlarga) sabab bo‘ladi.
Uqituvchi pedagog sifatida o‘z o‘g‘lining harakteridagi kamchiliklarni sezmasligi mumkin emas
va unga nisbatan talabchanlikni kuchaytirish zarur, deb hisoblaydi, lekin ota sifatida u ba’zan
rahmdillik qilib, bolaning salbiy qiliqlarini xaspo‘shlab, ularning avj olishiga ko‘maklashadi.
Intizomsiz o‘quvchining ota-onalari huzuriga kelganda pedagog mehmon sifatida ularning
farzandi nojo‘ya xatti-harakat qilgani xaqidagi noxush xabar bilan mezbonlarni ranjitmasligi lozim
edi, lekin o‘qituvchi sifatida shunday qilishga majburdir.
Turli xil rollarni bajarayotgan odamlarning o‘zaro birgalikdagi harakati rollar zhtimoli
bilan boshqariladi. Kishi buni istaydimi yoki istamaydimi, lekin atrofdagilar undan muayyan
namunaga mos keladigan xulq-atvorni talab kiladi. Rolning qonday bajarilishi ijtimoiy nazorat
ostida bo‘ladi, ijtimoiy jihatdan muqarrar ravishda baxolanadi va namunadan salgina chetga
chiqilishi esa qoralayaadi.
Jumladan, ota-onalar mehribon, xush muomala, bolalarning ayblariga nlsbatan shafkatliroq
bo‘lishlari kerak — bu rollar ehtimoliga mos bo‘lib tupladi va ijtimoiy jihatdan ma’kullanadi, har
qanday rag‘batga loyiq deb tan olinadi. Lekin atrofdagilarga ota-onaning xushmuomalaligi xaddan
oshib ketayotgani, hamma narsa ham kechirilayotgani sezilib turadi va kat’iyan qoralanadi.
«Onajonisi o‘g‘lini erkalatib gobordi, ko‘p o‘tmay u xali onasi tugul, boshqalarnimng ham boshiga
chiqib oladi»— bu qat’iy, ehtimol, nohaq, lekin onaning mehribonligiga nisbatan rollar
ehtimolining eng oxirgi chegaraspnn aniq belgilab beradigan xukmdir. Ota-onalar bolalariga
nisbatan qattiqqo‘l va talabchan bo‘lishlari kerak. Bu ham ota-onalar roliga oid yo‘l-yo‘rikdir. Bu
o‘rinda ijtimoiy baho ana shu yo‘l-yo‘riklarning ikkinchi bir mutlaq chegarasini belgilab beradi
«U onasining oldida miq eta olmaydi, u bolani tamomila ezib tashlabdi»,—«orqavoratdan» oralash
shundokgina sezilib turibdi. Shu tarifa ona rolining bajarilishi ijtimoiy jihatdan ma’qul deb
topitadigan muayyan diapazon mavjud. Xuddi shu narsa oilaning katta yoshdagi avlodga mansub
boshqa a’zolariga ham taalluqlidir.
Bolaga kelganda shuni aytish kerakki, uning rolidan gapga albatta quloq solishi, kattalarni hurmat
qilishi, a’lo o‘qishn, saranjom-sarishta, tirishkok bo‘lishi va shu kabilar bnlan bog‘liq holda
kutiladigan maqsadlar hammaga ayon. Atrofdagilarning barchasi — faqat oilada emas, balki undan
tashqari hamma joyda bolaga (maktab o‘quvchisimi, yo o‘spirinmi, bun-dan qat’i nazar) sira ham


«orqavoratdan» emas, balki, aytish mumkinki, «ochik tekst» bilan, uning o‘z roliga loyikmi yoki


loyik emasligiki aytaveradi. Shunday qilib, o‘zaro birgalikda karakat kilayotgan odamlar xulk-
atvorining bir-birlaridan kutgan tahshshlariga mosligi munosabat jarayonida muvaffaqiyatga
erishishning zarur sharti hisoblanadi.
Munosbatga kirisharkan, har bir kishi o‘zi bilan munosabatga kirishayotgan odamlarning
xulq-atvori, so‘zlari va xatti-harakatlari ko‘proq yoki ozroq darajada muayyan bir tarzda bo‘lishini
kutadi. Kishining boshqalardan eshitshiga yoki ularda ko‘rishga tayyor bo‘lgan narsani ulardan
kutish mumkinligini bexato va aniq, taxmin qilish qobiliyati va malakasi odob deyiladi. Buidan
odobli kishi har doim va barcha xollarda bunday ehtimolga amal qilaverishi kerak, degan ma’no
kelib chiqmaydi, albatta. Bordiyu, sub’ektning prinsiplari va e’tiqodi uning nazarida atrofdagilar
undan kutishayotganiga nisbatan keskin ravishda zid bo‘lgan vaziyat vujudga kelgudek bo‘lsa, u
prinsipiallik ko‘rsatib, o‘z xulq-atvorining odobga qay darajada to‘g‘ri kelish-kelmasligi haqida
qayg‘urib o‘tirmasligi ham mumkin. Galileyning «u baribir aylanyapti!» degan mashhur iborasi
undan o‘z so‘zidan tamomila va qat’iyan voz kechishni kutayotgan inkivizatorlarga «isbatan
odobsizlik deb karalishi mumkin emas, albatta. Balki bu yuksak prinsipiallik, ilmiy halollik va
grajdanlik matonat dalili, xolos.
Lenin kundalik hayotiy vaziyatlarda noto‘tri taxmin qilish yoki buni inkor etish odobdan
emas. Odobsizlik — bu munosabat jarayonida munosabatga kirishganlarning o‘zaro birgalikdagi
harakatlarining izdan chщishiga olib keladiean va ba’zan mojaroli vaziyatlarni vujudga
keltiradigan darajada buzilishi demakdir. Odobsiz xulq-atvor nisbatan beg‘araz harakterga ega
bo‘ladi. Masalan, agar ikkita tanish odam uchrashganda juda ham rasmiy tarzda berilgan «Ishlar
kalay»? degan savolga ulardan biri xonadondagi barcha kishilar sorlig‘i to‘g‘risida, keyingi
kunlardagi uncha ahamiyatsiz voqealar xususida batafsil hikoya qila boshlasa, bu ma’lum darajada
odobsizlik deb qaralishi mumkin. Lekin ayrim xollarda odob talablariga rioya qilmaslik jiddiy
salbiy oqibatlarga ham olib keladi. Bu ayniqsa, pedagogik munosabat chog‘ida odobsizlik
ko‘rinishlarining sodir bo‘lishiga taalluqlidir.
Konkret bir misol keltiramiz. Uqituvchi to‘qqizinchi sinfda ifodali o‘qish to‘garagini
tashkil etib, uni ancha muvaffaqiyatli ravishda olib borardi.
Uqituvchi o‘quvchilar kollektivining odamlardan tarkib topganligini va xatto yoppasiga,
hammasi bilan ish olib borayotgan bo‘lishiga qaramay har birining shaxsini e’tiborga olish
kerakligini esdan chikarmasligi shart. O‘quvchilar bilan psixologik bog‘lanish xatto vaqtincha
yo‘qolsa ham katta ziyon yetkazishi aniq, bu aql bovar qilmaydigan salbiy oqibatlarga olib keladi.
Mabodo hamjihatlikning bu tarzda buzilishlari istisno tariqasida bo‘lmasdan, balki qoidaga
aylanib qolsa, u holda pedagog bilan o‘quvchilar o‘rtasida tezdayoq bartaraf etish mushkul bir
jarlik hosil bo‘ladi, deb baralla aytaverish mumkin.
Pedagogik odobning tegishli aloqa o‘rnatish chog‘ida tarbiyachiga in’om etadigan
imkoniyatlaridan foydalanish o‘quvchining rivojlanishi uchun istiqbol yaratib bergan xolda uning
shaxsini shakllantirish jarayonini ancha qulay sharoitlarda amalga oshirish imkonini beradi.
Bog‘lanish (latincha sopasi ya’ni «yaqinlashish» degan suzdan olingan)—munosabatga
kiruvchilar o‘rtasida ikki tomonlama aloqa bo‘lishini taqozo etadi. Bunga erishish va uni
ko‘ngildagidek rivojlantirish sharti munosabatga kirishuvchi shaxslarning o‘zaro bir-birlariga
hurmati va ishonchidan iboratdir. Pedagog o‘quv-tarbiya ishi jarayonida o‘quvchilar bilan aloqa
boglarkan, ulardan o‘qituvchi rolining o‘zi taqozo etadigan darajada izzat-ikrom kutadi. Bu o‘rinli
rol taxminlari «O‘quvchilar uchun qoidalar» bilan, maktab an’analari, o‘qituvchilar kollektivining
yakdil talablari bilan qo‘llab-kuvvatlanadi. Lekin munosabatda odamlarning aloqalari ikki
tomonlama harakterga ega ekanligi o‘z navbatida o‘qituvchidan ham o‘kuvchilarga nisbatan
hurmat va ishonch bildirilishini talab qiladi. A. S. Makarenkoning nomi bilan bog‘liq «Shaxsga
nisbatan iloji boricha talabchanlik va unga nisbatan iloji boricha hurmat hamda ishonch bo‘lishi
kerak», degan mashhur pedagogik ta’rifni juda yaxshi bilgan holda ayrim o‘kituvchilar uning faqat
birinchi qismini qo‘llaydilar, garchi A. S. Makarenko bular yakkita har xil narsa emas, balki yolgiz
birgina narsa, deb ta’kidlagan bo‘lsa ham, ta’rifning ikkinchi qismiga rioya etishni o‘zlari uchun
shart deb hisoblamaydilar.





Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin