1.5-rasm. Sodda o„rin almashtirish usuliga misol 1.1. Kriptografiyaning tarixi Ma‘lumotlarni shifrlashning dastlabki ko‗rinishlaridan ming yillar avval
foydanib kelingan. Yaqin o‗n yilliklarga qadar foydalanilgan shifrlarni - klassik
shifrlar deb atalgan. Kriptografiyaning fan sifatida taraqqiy etishini ko‗plab
adabiyotlarda turlicha davrlarga bo‗lingan bo‗lib, turlicha yondashuvlarga
asoslaniladi. Masalan, ba‘zi manbalarda hisoblash qurilmalari yaratilgunga qadar
foydalanilgan shifrlar – klassik shifrlar davriga tegishli deb olingan. Undan
keyingi davr esa zamonaviy shifrlar davri deb yuritiladi. Biroq, hisoblash
qurilmalari yaratilgunga qadar bo‗lgan davr juda uzoq bo‗lgani bois, ularni ham
qismdavrlarga ajratish muhim ahamiyat kasb etadi.
Kriptologiyaning fan sifatida shakllanishini quyidagi davrlarga ajratish
mumkin:
1. Qadimiy davr (qadimiy davr klassik shifrlari). Ushbu davr klassik
shifrlari asosan bir alfavitli o‗rniga qo‗yish va o‗rin almashtirish akslantirishlariga
asoslangan. Ularga misol tariqasida Sezar, Polibiya kvadrati usullarini keltirish
mumkin.
2. O„rta davr (o„rta davr klassik shifrlari). Ushbu davr shifrlari asosan
ko‗p alifboli o‗rniga qo‗yishga asoslangan bo‗lib, ularga Vijiner, Atbash usullarini
misol keltirish mumkin. Ushbu davr shifrlari birinchi davr shifrlariga qaraganda
yuqori bardoshlikka ega bo‗lgan.
46
3. 1 va 2 – jaxon urishi davri (1 va 2- jaxon urishi davri klassik shifrlari) . Ushbu davr kriptotizimlari asosan elektromexanikaga asoslangan
bo‗lib, radioto‗lqin orqali shifrmatnni uzatishni (morze alifbosi) amalga oshirgan.
Mazkur davrga oid shifrlash usullariga Zimmermann telegrafi, Enigma shifri,
SIGABA mashinalarini misol keltirish mumkin.