O„zbekiston respublikаsi oliy vа o„rtа mаxsus tа‟lim vаzirligi buxoro davlat universiteti tahirov Behzod Nasriddinovich axborot xavfsizligi asoslari



Yüklə 3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/107
tarix13.12.2023
ölçüsü3 Mb.
#140177
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   107
13241 2 62D59433227506AEF1BEA6CA35C85C6376F78A92

Nazorat savollari 
1.
Kriptografiya manosi nima? 
2.
Kalit nima? 
3.
Kriptoanaliz nima? 
4.
Shifrlash va deshifrlash farqi.
6-MAVZU: Sezarning shifrlash tizimi, Vijinerning shifrlash tizimi. 
Tayanch iboralar: 
O‘rin almashtirish orqali shifrlash, Sezarning 
shifrlash, Vijinerning shifrlash
 
O‟rin almashtirish orqali shifrlash 
Shifrlanadigan matnning harflari berilgan qoida bo‗yicha shu yoki boshqa 
alfavitdagi harflarga almashtiriladi. Oddiy almashtirish shifrida berilgan 
matnning har bir harfi shu alfavitdagi unga mos qo‗yilgan boshqa harfga 
almashtiriladi. Odatda, bu shifrlash usuli bir alfavitli almashtirish shifri deb 
ataladi. 
Sezarning shifrlash tizimi. Sezarning shifrlash usuli oddiy almashtirish 
shifrining xususiy holidir. Bu usulda alfavitning har bir harfi K songa surilgan 
harfga almashtirilgan. Surilish alfavit oxiriga yetganda, uning boshidan 
boshlangan. Sezar K=3 bo‗lgan siljitishni qo‗llagan. Quyidagi jadvalda bu 
siljitishdagi lotin grafikasidagi harflarining mosligi keltirilgan: 
 
 
 


53 
2.4-jadval. 
Sezarning «keldim, ko‗rdim, yutdim» mazmundagi xabari VENI VIDI 
VICI, u taklif etgan usulda shifrlanganda YHQL YLGL YLFL ko‗rinishni 
oladi. 
Sezar usulining kamchiligi bu bir xil harflarning o‗z navbatida, bir xil 
harflarga almashishidir. Kriptotahlilda harflarning takrorlanish chastotasi 
yordamida bu usulda shifrlangan matn tezgina rasshifrovka qilinishi mumkin. 
Vijinerning shifrlash tizimi. XVI asrda fransuz diplomati Vijiner 
tomonidan yaratilgan shifrlash tizimi 1586 yilda chop etilgan. U mashhur ko‗p 
alfavitli tizim hisoblanadi. Vijiner tizimi Sezar shifrlash tizimiga qaraganda 
mukammalroq hisoblanib, unda kalit harfdan harfga almashtiriladi. Bunday 
ko‗p alfavitli almashtirish shifrini shifrlash jadvali orqali ifodalash mumkin. 
Quyidagi jadvallarda rus va lotin alfavitlari uchun mos keluvchi jadvallar 
ko‗rsatilgan. Bu jadvallardan matnni shifrlash va uni ochish uchun 
foydalaniladi. Jadvalning ikkita kirishi bo‗lib: 

yuqori qatordagi harflardan kiruvchi ochiq yozuv uchun 
foydalaniladi. 

chap ustunda esa kalit so‗zi joylashadi. 
Ochiq matnni shifrlashda bu matn bir satrga yoziladi. Uning ostidagi 
satrga kalit so‗z joylashtiriladi. Agar kalit so‗zning uzunligi qisqa bo‗lsa, bu 
so‗z ochiq matnning oxirgi harfigacha takrorlab yoziladi. Shifrlash jarayonida 
jadvalning yuqori qismida joylashgan ochiq matnning harfi topiladi va chap 
qismdan kalit so‗zning harfi tanlanadi. Satr va ustun kesishgan katakdagi harf 
berilgan harfni almashtiradi. 

Yüklə 3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin