54
2.5-jadval.
Vijinerning shifrlash tizimi
.
XVI asrda fransuz diplomati Vijiner
tomonidan yaratilgan shifrlash tizimi 1586-yilda chop etilgan. U mashhur ko‗p
alfavitli tizim hisoblanadi. Vijiner tizimi Sezar shifrlash tizimiga qaraganda
mukammalroq hisoblanib, unda kalit harfdan harfga almashtiriladi. Bunday
ko‗p alfavitli almashtirish shifrini shifrlash jadvali orqali ifodalash mumkin.
Quyidagi jadvallarda rus va lotin alfavitlari uchun
mos keluvchi jadvallar
ko‗rsatilgan. Bu jadvallardan matnni
shifrlash va uni ochish uchun foydalaniladi. Jadvalning ikkita kirishi bo‗lib:
–
yuqori qatordagi harflardan kiruvchi ochiq yozuv uchun foydalaniladi.
–
chap ustunda esa kalit so‗zi joylashadi.
Ochiq matnni shifrlashda bu matn bir satrga yoziladi. Uning ostidagi
satrga kalit so‗z joylashtiriladi. Agar kalit so‗zning uzunligi qisqa bo‗lsa, bu
so‗z ochiq matnning oxirgi harfigacha takrorlab yoziladi. Shifrlash jarayonida
jadvalning yuqori qismida joylashgan ochiq matnning harfi topiladi va chap
qismdan kalit so‗zning harfi tanlanadi. Satr va ustun kesishgan katakdagi harf
berilgan harfni almashtiradi.
55
Nazorat savollari:
1.
O‘rin almashtirish orqali shifrlash.
2.
Sezarning shifrlash tizimi.
3.
Vijinerning shifrlash tizimi.
7-MAVZU:Ma‟lumotlarni shifrlash va arxivlash vositalari.
Tayanch iboralar:
Ma‘lumotlarni shifrlash, arxivlash,
WinRar arxivlash
dasturi, WinZip arxivlash dasturi.
Arxivlangan fayl-bu faylning ixchamlangan, siqilgan holati. Amalda fayllar
bilan ishlashda, yahni fayllarni bir kompyuterdan ikkinchi kompyuterga
ko‘chirishda, diskka joylashda, saqlab qo‘yishda, elektron
pochta orqali axborot
yuborishda bunday fayllar bilan ishlash zarurati tug‘iladi.
Fayllarni arxivlash - fayllarni arxivlash jarayoni orqali siqilgan, ixchamlangan
holatda diskda saqlash demakdir. Arxivlash qattiq disk ishdan chiqishi yoki
faylning tasodifan o‘chirilishi sodir bo‘lgan hollarda joriy faylni qayta tiklash
uchun yordam beruvchi vosita sifatida ham qo‘llaniladi.
Arxivlash - bu uzoq muddat
saqlanuvchi fayllar, kam qo‘llaniladigan, eski
hujjatlar, har xil materiallar, adabiy va ilmiy maqolalar, rasm va boshqalarni
saqlash uchun qo‘llaniladi. Arxiv bir qancha qismlardan iborat bo‘lishi va unda har
bir fayl alohida ko‘rinishda saqlanishi mumkin. Bunday arxiv fayllari ko‘p
tomli
deb ataladi. Shunday arxivlardan katta hajmli ma‘lumotlarini qismlarga bo‘lib
disketalarga sig‘adigan, qulay ko‘rinishga keltirish uchun foydalanish mumkin.
Bunda har bir qism fayl ham arxiv fayli deb ataladi.
Arxiv hosil qilish jarayoni arxivlash (arxivatsiya) deyiladi. Siqilgan faylni
eski holiga qaytarish arxivlarni ochish (razarxivatsiya) deyiladi. Arxivlashni fayllar
guruhi, to‘liq fayllar strukturasi bo‘yicha yoki papkalar bo‘yicha ham qilish
mumkin. Arxivlanuvchi fayllarda papkalar ko‘p bo‘lsa, ularni oldin bitta papkaga
yig‘ib olish ishni osonlashtiradi. Elektron pochta va Internet muhitida
arxivlangan
holdagi ma‘lumotlarni almashish bir qator qulayliklar yaratadi.
Arxivlash jarayonida ayrim fayllar juda yaxshi ixchamlanishi, bahzi hollarda
arxivlash natijasida boshlang‘ich fayl 10-20 baravar siqilishi ham mumkin.
Masalan, dastur fayllariga nisbatan tekst va rasm fayllari ancha yaxshi
ixchamlanadi.
Hozirgi kunda har xil arxivatorlar bir-biridan siqish darajasi, tezligi,
foydalanishda
qulayliklari, imkoniyat darajasi bo‘yicha farq qiladi. Foydalanuvchi
har xil turdagi arxiv fayllarini kengaytmasi bo‘yicha farqlaydi. Siqish turi shu
arxivning formati deyiladi.
56
Arxivlangan fayl arxivda qaysi fayllar borligini bildiruvchi sarlavhaga ega
bo‘ladi. Arxiv sarlavhasida unda saqlanuvchi har bir fayl uchun quyidagi
ma‘lumotlar saqlanadi:
fayl nomi;
fayl saqlanuvchi katalog haqida ma‘lumot;
faylning oxirgi marta qayta
ishlangan sanasi va vaqti;
faylning diskdagi va arxivdagi o‘lchami;
arxivning to‘liqligini tekshirishda ishlatiladigan har bir faylning tsiklik
tekshirish kodi.
Arxiv fayllari oddiy fayllar kabi nomlanadi. quyida biz Windows
muhitida fayllarni arxivlash uchun yaratgan WinRar dasturi bilan
tanishib chiqamiz.
Dostları ilə paylaş: