57
Fayl va papkalarni
uzuluksiz arxivlash deganda, ularni faqat RAR formatida,
maxsus usulda bitta ma‘lumotlar ketma-ketligi sifatida qaralib zichlashtirishga
aytiladi. Bu bilan zichlash samaradorligi ancha yuqori bo‘lishiga erishiladi. Ammo
bunday arxivlashning
kamchiliklari xam bor, masalan:
ularni yangilash, yahni orasidagi biror faylni yangisi bilan almashtirish,
oddiy
arxivlashdan ko‘ra sekinroq amalga oshiriladi;
biror faylni arxivdan chiqarish uchun barcha oldinroqda turganlari tekshirib
chiqiladi, agar ulardan birortasi buzilgan bo‘lsa,
u xolda arxivdan umuman
chiqarib bo‘lmaydi;
Bunday arxivlash usulidan quyidagi xollarda foydalangan maqsadga muvofiq:
arxivni kamdan-kam yangilansa;
• arxivdagi fayllardan bir yoki bir nechtasini tez-tez chiqarib turish zarurati
bo‘lmasa;
zichlash samaradorligi zichlash tezligidan muhimroq bo‘lsa.
Bu arxivlovchi
dastur xar ikkala formatda xam, kompyuterda WinRar
arxivatori bo‘lmasa xam o‘zini-o‘zi ocha oladigan SFX ko‘rinishidagi .exe
kengaytmali arxiv fayllari yaratish imkonini beradi. Shuning uchun uni to‘g‘ridan-
to‘g‘ri ishga tushirish orqali ochish mumkin. Bu xolda barcha fayllar arxivdan
chiqadi.
Bundan tashqari arxivlangan fayllarni parolg‘ bilan himoyalab qo‘yish, fizik
buzilgan fayllarni qayta tiklash va boshqa ko‘pgina
amallarni bajarish imkonini
yaratib beradi.
Dostları ilə paylaş: