80
- siz bilgan biror narsa (something you know);
- sizda mavjud biror narsa (something you have);
- sizning biror narsangiz (something you are).
―Siz bilgan biror narsa‖ xolatiga parol misol bo‗la oladi. ―Sizda mavjud biror
narsa‖ xolatiga esa smartkartalar, token, mashinaning pulti yoki kaliti misol bo‗la
oladi. ―Sizning biror narsangiz‖ xolati odatda biometrik
parametrlarga sinonim
sifatida qaraladi. Masalan, xozirda siz noutbuk sotib olib,
undagi barmoq izi
skaneri orqali autentifikatsiyadan o‗tishingiz mumkin.
Parol - faqat foydalanuvchiga ma‘lum va biror tizimda
autentifikatsiya
jarayonidan o‗tishni ta‘minlovchi biror axborot. Parol amalda autentifikatsiya
jarayonida keng qo‗llaniluvchi parametr hisoblanadi. Masalan, biz o‗z shaxsiy
kompyuterlarimizdan foydalanish xukukini olish
uchun talab etilgan parolni
kiritishimiz talab etiladi. Mazkur xolatni mobil telefonlar uchun ham ishlatish
mumkin. Parolga asoslangan xolatdagi autentifikatsiyalash
jarayonining umumiy
ko‗rinishi 3.1-rasmda keltirilgan.
3.1-rasm. Parolga asoslangan mashina-insonni autentifikatsiyalash jarayoni
Dostları ilə paylaş: