29
boshqarishi mumkin bo‗lgan resurslar va axborotga asoslanadi. Ma‘muriy nazorat
boshqaruv cheklanishlarini, amaliy muolajalarni, qayd
yozuvini amalga oshirish
muolajalari va axborot tizimi uchun mos himoya darajasini o‗z ichiga oladi. U
asosan insonni boshqarish uchun shaxsga qaratilgan usullarni amalga oshiradi.
Fizik nazorat.
Fizik nazorat tashkilotdagi fizik tizimlarga zarar yetishini
oldini olish bilan shug‗ullanadi. U o‗z ichiga qurilmalarni, bino yoki biror maxfiy
muhitni ruxsatsiz boshqarishdan himoyalashni qamrab olgan. Bundan tashqari,
fizik xavfsizlikni nazoratlash fizik tahdidlar: qurilmaning yo‗qolishi yoki
o‗g‗irlanishi, tasodiy tufayli zararlanishi va yo‗q qilinishi, yong‗indan himoyalash
yoki tabiiy ofatlardan himoyalash bilan shug‗ullanadi.
Texnik nazorat.
Texnik nazorat mantiqiy nazorat kabi qaraladi. Texnik
nazorat tashkilotdagi fizik avtivlarga yoki binolarga ruxsatlarni nazoratlash uchun
texnologiyalardan foydalanadi. U odatda taqiqlangan
hududda ruxsatlarni
nazoratlash uchun kompyuter qurilmalari, dasturlar, amallar va ilovalardan
foydalanadi.
Fizik xavfsizlikni nazoratlash: joylashuv va arxitektura
Tashkilotlar o‗zlari uchun bino sotib olishdan yoki ijaraga olishdan oldin
fizik xavfsizligiga ta‘sir qilishi mumkin bo‗lgan ko‗plab omillarni e‘tiborga olishi
shart. Bu omillar o‗z ichiga binoning joylashuvi, qo‗shni binolar, elektr va suv
manbalari, kanalizatsiya tizimi, kichik va katta yo‗llarga
yaqinligi,
transport
masalasi,
tez
yordam ko‗rsatish holati, shifoxona,ayeroportga
yaqinligi,
mazkur hududda mahalliy
holatda jinoyatchilar ko‗rsatkichi yoki turli
xavfsizlik insidentlarini mavjudligi va h.k.larni oladi. Tanangan hudud tabiiy
ofatlardan, masalan, toshqinlar, tarnadolar,
yer silkinishi, dovul, yong‗inlar va
hak.lardan xoli bo‗lishi kerak. Binoning joylashuvi haqida yetarlicha axborotga
ega bo‗lingandan so‗ng, ichki tuzilma
va
arxitekturani loyihalash va
rejalashtirish amalga oshiriladi. Joylashuv
arxitekturasini
loyihalash
va
rejalashtirish
vaqtida,
tashkilot
tomondan
binodagi
barcha
aktivlarning ro‗yxati tayyor bo‗lishi lozim.
Tashkilot infratuzilma va arxitekturani loyihalash vaqtida quyidagi joxatlarga
yetibor berishi lozim:
binoga
kirish eshiklarining sonini, asosiy kirish, zinalar, lift, mashina
stoyankasi, o‗tish yo‗laklari va qabul qilish hududini o‗z ichiga olgan holda,
aniqlashtirish;
joylashgan hududingizga yaqin qo‗shni binolarni topish va ular uchun ichki
va tashqi arxitekturani tekshirish. Atrofdagi narsalar haqida qo‗shimcha ma‘lumot
olish uchun binolarning egasi va menedjerlari bilan suhbatlashish.
katastropik buzilishlar va tashqi tomondan aktivlarni ko‗rinishi
orqali zarar
30
etuvchi aktivlarni tahlil qilish;
agar bino boshqa tashkilotlar bilan sheriklikda foydalanilsa, ularni sizning
shaxsiy ma‘lumotlaringizga va muhim aktivlaringizga ta‘siri haqida o‗ylang;
fizik xavfsizlikni, maxfiy ma‘lumotni saqlash va tashkilot ishlarini samarali
amalga oshirish yo‗lga qo‗yishni boshqarish
uchun talab etilgan muhim
infratuzilmani aniqlashtirish.
Fizik xavfsizlikni nazoratlash: yong‗inga qarshi tizimlar
Yong‗inga qarshi tizimlar fizik xavfsizlikni ta‘minlashda muhim omil
hisoblanadi. Yong‗in yuzaga kelganini avtomatlashgan yoki avtomatlashmagan
shakllarda aniqlash mumkin.
Dostları ilə paylaş: