31
Yong‗inni bartaraf etish tizimlari avtomatik va avtomatik bo‗lgan turlarga
ajratiladi. Ushbu tizimlarga: o‗to‗chirgich (ognetushiyet), suv purkash tizimlarini
misol keltirsa bo‗ladi.
-
Yong‗inga qarshi passiv himoya. Yong‗inga qarshi passiv himoya tizimlari
bino bo‗ylab yong‗inni tarqalishini oldini olishga foydalaniladi. Yong‗inga qarshi
eshiklar, oynalar va devorlar passiv yong‗inga qarshi himoya usuli sifatida
foydalanilishi mumkin. Ushbu himoya tizimi boshqa biror tizim tomonidan ishga
tushurilishni talab etmaydi.
-
Passiv yong‗inga qarshi himoya usuli amaliyotda quyidagi usullar asosida
oshiriladi:
-
minimal darajada yonuvchan
materiallardan foydalanish;
-
binoga yong‗inni tarqalishini oldini olish uchun qo‗shimcha yetaj yoki
xonalarni qurish;
-
binoga istiqomat qiluvchilarni yong‗in sodir bo‗lganda qilinishi zarur
bo‗lgan
ishlar bilan tanishtirish;
-
yong‗inga aloqador tizimlarni to‗g‗ri madadlar;
-
yetarli sondagi qo‗shimcha chiqish yo‗llarining mavjudligi.
-
Fizik xavfsizlikni nazoratlash: fizik to‗siqlar
-
Fizik xavfsizlikni ta‘minlashda tashkilotda ruxsatsiz kirishlarni oldini olish
muhim hisoblanadi. Bu vazifani bajarishda odatda turli fizik to‗siqlardan
foydalaniladi. Fizik to‗siqlar fizik chegarani umumiy hududdan taqiqlangan
hududga ajratadi. Ushbu to‗siqlarni joylashuv o‗rniga ko‗ra: tashqi, o‗rta va ichki
to‗siqlarga ajratish mumkin. Tashqi to‗siqlar odatda zabor, devor va boshqalarni
o‗z ichiga oladi. O‗rta to‗siqlar odatda olamon va insonlarni taqiqlash uchun
foydalaniladi. Ichki to‗siqlarni
esa eshiklar, derazalar, reshyotkalar, oynalar,
pardalar va hak.lar tashkil etadi.
-
Bino ichida foydalaniluvchi fizik to‗siqlarni quyidagi turlari mavjud:
-
Zaborlar/ elektr zaborlar/ metal to‗siqlar. Ushbu to‗siqlar
odatda
taqiqlangan hududlarni, nazoratlangan hududlarni va ruxsat etilmagan kirishdan
himoyalani belgilashda foydalaniladi. Fizik to‗siqlarni amalga oshirishdan asosiy
maqsad:
-
hujumchini
bloklash va ushlab qolish;
-
tashkilot chegarasini belgilash;
-
xavfsiz hududni tashqi hujumlardan himoyalash;
-
transportlarni
kirishidan himoyalash;
-
portlovchi hujumlardan himoyalash.
-
Tumba. Ushbu to‗siq kichik vertikal shakldagi tumba shaklida bo‗lib,
avtomabillarni kirishidan himoyalashda foydalaniladi.
-
Turniketlar. Turniketlar bir vaqtda bir shaxsni ichkariga kirishini yoki
32
chiqishini ta‘minlaydi. Bunda tizim shaxs tomonidan mos tanga, bilet, barmoq izi
yoki token ko‗rsatilganda kirishga ruxsat beradi.
-
Boshqa to‗siqlar. Fizik himoyani tashkil qilishda bundan tashqari turli
eshiklar, oynalar, reshyotkalar, oynalar, deraza pardalaridan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: