O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Buxoro Davlat Universiteti



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/97
tarix01.01.2022
ölçüsü0,73 Mb.
#107127
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97
ozbekiston davlat muassasalari tarixi v-xiv

 
 
ISBN  978-9943-5870-8-3 
 



 
KIRISH 
 
Istiqlol yillari yangi mustaqil O’zbekistonning milliy davlatchiligi 
poydevorini barpo etish sohasida puxta va jiddiy ish olib borilgan davr 
bo’ldi  mustaqilikka  erishganligidan  so’ng  xalqaro  munosabatlarning 
teng  huquqli  subyektiga  aylangan  suveren  O’zbekiston  yangi 
davlatchiligini qurish va rivojlantirishga kirishdi. 
 
O’zbek  xalqi  o’z  davlatchiligining  shakllanish  bosqichlarini 
ijtimoiy- iqtisodiy va tarixiy-madaniy jarayonlarga bog’liq holda turli 
tarixiy  davrlarda  bosib  o’tgan.  Bir  umumiy  geografik  mintaqa,  O’rta 
Osiyoda yashab kelgan qo’shni xalqlar, elatlar va qabilalarni bir-biriga 
yaqin  bo’lgan  madaniyatlar,  ijtimoiy-iqtisodiy  va  tarixiy  jarayonlar, 
umumiy  va  madaniy  etnik  ildizlar  birlashtirib  turgan.  Bir  so’z  bilan 
aytganda  O’rta  Osiyo  xalqlari,  davlatlarning  tarixiy  taqdiri  bir-biriga 
uzviy bog’liqdir. Sh.Mirziyoyev tomonidan aytilganidek “Hamma o’z 
tarixini  ulug’laydi.  Lekin  bizning  mamlakatimizdagidek  boy  tarix, 
bobolarimizdek  buyuk  allomalar  hech  qayerda  yo’q.  Bu  merosni 
chuqur o’rganishimiz, xalqimizga, dunyoga yetkaza bilishimiz kerak.”  
 
O’zbek 
davlatchiligi 
shuningdek 
boshqaruv 
tarixini 
o’rganilishining naqadar muhimligi O’zbekiston Respublikasi birinchi 
prezidenti I.A.Karimov  tomonidan  shunday izohlanadi:  “Davlatchilik 
bugungi  kunda  o’ta  siyosiy  masala  bo’lib  turibdi.  Nega  deganda, 
O’zbekistonda  davlatchilik  bo’lmagan,  deb  orqavarotdan  tashviqot 
yuritayotgan, shu fikrni ongimizga singdirmoqchi bo’layotgan kuchlar 
hali  bor…  O’zbek  tarixchilarining  bugungi  kundagi  asosiy  vazifasi 
mana  shu  da’voning  puch  ekanligini  isbotlash,  davlatchiligimizning 
ilmiy nuqtai-nazarga asoslangan tarixini yaratishdir.
1
” 
Yuqoridagi  fikr,  mulohazalarimizdan  kelib  chiqqan  holda 
“O’zbek  davlatchiligining  boshqaruv  tarixi”  nomli  o’quv-uslubiy 
qo’llanmani chop qilishga ahd qildik. Ushbu o’quv-uslubiy qo’lanmada 
Turk xoqonligan to Amir Temur davrigacha bo’lgan tarixiy davrlardagi 
ijtimoiy-siyosiy  voqealar,  davlatchilik  tarixiga  oid  ma’lumotlar  aks 
etadi. 
Shuningdek,  bu  qo’llanmada  V-XIV  asrlarda  O’rta  Osiyo 
mintaqasida  mustaqil  davlatchilikka  asos  solgan  sulolar  tarixi, 
                                                           
 
1
 Каримов.А.И. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. -Т.: Ўзбекистон, 1998. -Б.12. 



 
davlatlarning  chegaralari,  hukmdorlarning  faoliyatiga  bir  nazar 
tashlanadi.  Davlatlarning  boshqaruv  tartiblari,  markaziy  va  mahalliy 
boshqaruv an’analari mansab va unvonlar, harbiy qo’shin, yer egaligi, 
soliq diniy muassasalar o’rganilib, ilmiy qiyosiy tahlil qilingan. 
 
 
 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin