O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Buxoro Davlat Universiteti



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/97
tarix01.01.2022
ölçüsü0,73 Mb.
#107127
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   97
ozbekiston davlat muassasalari tarixi v-xiv

Shahar  mushrifi-shahardagi  kirim-chiqim  ishlarini  hisobga 
olgan. 


49 
 
Ukatxudo-mayda feodallarning vaziri deb ataydilar.  
Shixna-qal’a boshlig’i         
Kutvol-qal’a yoki qo’rg’on soqchisi boshlig’i. 
Harbiy tashkilotlar hamda qo’shin tarixi. 
 
Sulton toj-taxti va markaziy hokimiyatining asosiy tayanchi turli 
qabilalarga  mansub  doimiy  qo’shin  edi.  Bu  asosan  otliqlardan  iborat 
bo’lib, uning tarkibiga piyoda qismlar, tig’iz hollarda esa shaharliklar 
va  dehqonlardan  tuzilgan  lashkarlar  ham  kirgan.  G’aznaviylar 
qo’shinida turkiylar, seyistonliklar, hindlar, tojiklar, kurdlar, arablardan 
tashkil topgan harbiy qismlar bo’lgan. Bu holni qo’shinni tarqoq holda 
qat’iy tobelikda tutib turishga intilish bilan izohlash mumkin, “Barcha 
qo’shin bir urug’dan bo’lsa deb yozgan edi. Nizomulmulk undan xavf-
xatar tug’ilishi mumkin, zero, tirishqoqlik ko’rsatilmaydi, tartibsizliklar 
sodir bo’ladi. Qo’shinni turli qabilalardan tuzmoq lozimdir”.
1
 
 
G’aznaviylar  qo’shinida  sharqiy  chegara  viloyatlaridan 
Movarounnahr,  Taroz,  Qoshg’ar  va  Xo’tandan  keltirilgan  qullar 
g’ulomlardan tashkil topgan maxsus harbiy qismlar ham bo’lgan. Ular 
maxsus ta’lim va harbiy tayyorgarlikni xususiy va saroy maktablarida 
olishgan. G’ulomlar bir necha toifaga bo’lingan. Ularning orasida eng 
ko’pchilikni  4  mingtasi  saroy  g’ulomlari  tashkil  qilgan.  Ulardan 
tashqari  ya’ni  300  g’ulom-sulton  tanmahramlari  va  yaxshi  kiyingan 
bayroqdorlar bo’lgan. 
 
G’ulomlarning asosiy qismi oddiy jangchi va soqchilik vazifasini 
o’tashgan, lekin ularning bir qismidan xizmatkor, soqiy, to’shakchi va 
boshqalar sifatida ham foydalanilgan. G’ulomlar, shu jumladan sulton 
g’ulomlari xazinadan har yil maosh va oziq-ovqat olishgan. Huquqiy 
mavqelari  va  mol-mulklariga  ko’ra  ular  bir  xil  emas  edilar.  Ularning 
ayrimlari yuqori mansablarga hojib, viloyat noibi, sipohsolor kabilarga 
erishganlar.  G’ulomlar  aholining  boshqa  ijtimoiy  va  etnik  qatlamlari 
bilan 
aralashmaganlar, 
shu 
tufayli 
mulkdorlar 
tabaqasining 
hukmronligini amalga oshirish uchun qulay qurol rolini o’tagan. O’rta 
asr  Sharqida  keng  tarqalgan  “Sodiq  xizmatkor  (g’ulom)  yuzta 
farzanddan  a’lo;  farzand  otaga  o’lim  tilaydi;  g’ulom  esa  –uzoq  umr 
tilaydi” kabi maqollar aynan mana shunday holatni aks ettirar edi. 
                                                           
 
1
 Низомулмулк. Сиёсатнома. -T.: 2012. -Б.107. 


50 
 
 
G’aznaviylar qo’shini uch yirik qo’shilmaga  ajralib, uchta yirik 
sarkarda  (sipohsolor)  boshchiligida  Hindiston,  Iroq  va  Xurosonda 
joylashgan. Barcha qo’shin tepasida katta hojiblar turgan, unga maxsus 
belgi sifatida nog’ora, tug’, katta yoki kichik nog’ora topshirilgan. Bosh 
qo’mondon oltin kamar taqilgan qora chakmon va ikki shohli qalpoq 
kiygan. 
1
 
 
Mahmud  G’aznaviy  mamlakatning  barcha  aholisini  ikki  toifaga 
ajratgan:  harbiylar  va  fuqarolar.  U  jangchilarga  maosh  to’lagan  va 
ulardan  o’zining  amr-u-farmonlarini  so’zsiz  ijro  etishlarini  talab 
qilgan.
2
 
 
Mahmud G’aznaviy yaxshi tashkil qilingan va qurollangan katta 
qo’shinga tayangan. Uning ko’plab jangovar fillari bo’lgan, qal’alarni 
qamal  etish  uchun  otuvchi  mashinalar  qo’llanilgan,  daryodan  kechib 
o’tish  paytida  suzuvchi  ko’priklar  qurilgan.  Sultonning  ko’p  sonli 
qo’shinining aksariyatini sotib olingan va maxsus harbiy ta’lim olgan 
qullar-g’ulomlar  tashkil  etgan.  G’ulomlarning  otryadlari  turklar  va 
boshqa  xalqlarning  jangchilaridan  tarkib  topgan,  ular  orasida  tojiklar 
ham ancha bo’lgan.    

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin