O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Buxoro Davlat Universiteti



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/97
tarix01.01.2022
ölçüsü0,73 Mb.
#107127
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   97
ozbekiston davlat muassasalari tarixi v-xiv

 
 


62 
 
7-MAVZU: QORAXONIYLAR DAVLATINING 
DAVLAT BOSHQARUV TIZIMI, HARBIY VA SIYOSIY 
TARIXI. QORAXONIYLARNING SIYOSIY TARIXI. 
 
Reja. 
1. Qoraxoniylar davlatining davlat sifatida shakllanish tarixi. 
2. Qoraxoniylarning boshqaruv tizimi. 
3. Qoraxoniylar harbiy san’ati tarixi. 
4. Qoraxoniy xoqonlarning hukmronlik yillari. 
                                                Tayanch iboralar: 
Qoraxon, Bug’roxon, kichik xoqon, eloqxon, agichi, jantdor, ulkan 
cherik, yatan, soqim, cho’ram, bek, tekin, imom, Kitob al-kamin fi-
tarix, yalavoch. 
Qoraxoniylar davlating siyosiy tarixi. 
X asrning ikkinchi yarmiga kelib ichki ziddiyatlarning ko’payishi 
va  keskinlashuvi  natijasida  Somoniylar  davlati  kuchsizlana  boshladi. 
Somoniylarga  tobe  bo’lgan  viloyatlarda,  ayniqsa,  Xurosonda  ular 
hokimiyatiga qarshi ko’tarilgan isyonlar toj-u-taxt uchun uzluksiz olib 
borilgan  kurashlar  Somoniylar  davlati inqirozini yaqinlashtirgan  edi.
1
 
Bunday vaziyatdan Yettisuv va Qoshg’arda yashovchi turkiy qabilalar 
unumli  foydalandilar.  Chunki,  X  asrning  ikkinchi  yarmiga  kelib  bu 
hududlardagi turkiy qabilalar-qarluqlar, chigillar, yag’molar va boshqa 
o’zlarining kuchli feodal davlatlarini tuzishga muvaffaq bo’lgan edilar.  
 
Qoraxoniylar  turkiy  qavmlar  ekanligi  aniq  bo’lsada,  ularning 
kelib  chiqishi  haqida  aniq  ma’lumotlar  yo’q.  Ammo,  ular  o’z 
sulolalarini  “Afrosiyob  avlodi”  deb  ataganlari  hamda  Qoraxoniylar 
chigillar yoki qarluqlar qavmiga mansubligi haqidagi nuqtai nazar o’rta 
asrlar  davri  tarixining  ko’pchilik  tadqiqotchilari  tomonidan  e’tirof 
etiladi.
2
 
 
Qoraxoniylar islom dinini Horun Bug’roxon davrida qabul qilgan. 
Ayrim yozma manbalarda u Bug’roxon at-Turkiy deb nomlanadi. Misol 
uchun, Ibn al-Asir o’zining “Kitob al-kamin fi-tarix” asarida ma’lumot 
berishicha  Qoshg’ar,  Bolasog’undan  to  Chan  (Xitoy)  chegarasigacha 
bo’lgan yerlar Bug’roxon at-turkiy hukmronligida bo’lgan. 
                                                           
 
1
 Эшов.Б. Ўзбекистон давлатчилиги ва бошқаруви тарихи. -T.: 2012. -Б.171. 
2
 Ўша жойда, -Б.172. 


63 
 
 
Butun  Tyanshan  va  Yettisuvni  egallab  bo’lganidan  so’ng 
Qoraxoniylar somoniylar davlati tarkibida bo’lgan Movounnahrga ham 
harbiy yurishlar uyushtira boshladilar va tez orada Farg’ona va Isfijob 
(Sayram)ni  bosib  olishga  erishadilar.  990-992-yillarda  Qoraxoniy 
Horun  (Hasan)  Bug’roxon  Somoniylarga  tegishli  bo’lgan  O’rta 
Osiyodagi  mulklarning  kattagina  qismini  bosib  oldi.  Qoraxoniylar 
Buxoroga  bir  necha  bor  yurishlar  olib  bordilar.  Mazkur  maqsad 
yo’lidagi  birinchi  urinish  992-yili  ro’y  beradi.
1
  Bug’roxon  Buxoroni 
egallaydi.  Shu  yilning  o’zida  Bug’roxon  dardga  chalinib  vafot  etadi, 
uning qo’shinlari esa Buxoroni tashlab ketadi.
2
 Manbalarning ma’lumot 
berishicha,  Somoniylar  davlatida  katta  ta’sirga  ega  bo’lgan  turk 
lashkarboshisi,  Xuroson  hokimi  Abu  Ali  Sinjuriy  va  yana  bir 
lashkarboshi  Balx  hokimi  ochiqdan  ochiq  Qoraxoniylarga  yon 
bosadilar. Ya’ni, Sinjuriy Hasan Bug’roxon bilan muzokara olib borgan 
bo’lsa, Foyiq Raboti Malik yaqinidagi Bug’roxonga qarshi jangda, har 
tomonlama  ustunlikka  ega  bo’lishiga  qaramay  taslim  bo’ladi.  Hasan 
Bug’roxon  Samarqand  va  Buxoroni  egallagach,  kasalligi  tufayli 
urushni  davom  ettira  olmasdan  Qoshg’arga  qaytishda,  yo’lda 
Qo’chqorboshi degan joyda 993-yilda vafot etadi. 
 
Hasan  Bug’roxon  vafotidan  so’ng  ulug’  xon  (Qoraxon) 
lavozimini,  uning  jiyani  Ali  ibn  Muso  egallaydi.  Ammo  u  uzoq  vaqt 
taxtga  o’tira  olmadi.  Taxtni  Qoraxoniy  Nasr  Eloqxon  egalladi. 
Somoniylar davlatidagi ichki nizolarni, somoniy hukmdorlari va Turk 
lashkarboshilari  o’rtasidagi  kelishmovchiliklarni  diqqat  bilan  kuzatib 
turgan Qoraxoniylar 996-yilda Nasr Eloqxon boshchiligida Buxoroga 
yangi  yurishlar  uyushtirdilar.
3
  Somoniy  hukmdori  Nuh  II  G’azna 
hokimi Sabuqteginni yordamga chaqiradi. Balxda katta qo’shin bilan 
yetib  kelgan  Sabuqtegin  Kesh  va  Nasaf  oralig’ida  joylashib,  o’z 
qo’shinlari  bilan  kelib  qo’shilishini  so’rab  Nuh  II  ga  elchi  yuboradi. 
Lekin o’z “vassali” ga uncha ishonmagan Buxoro hukmdori o’z vaziri 
O’zayrining  fikriga  qo’shilib  bu  taklifni  rad  etadi  va  Sabuqteginning 
o’zini  Buxoroga  chaqiradi.  Bundan  ranjigan  Sabuqtegin  o’g’li 
Mahmudni 20 minglik qo’shin bilan Buxoroga jo’natadi. O’zi esa Nasr 
                                                           
 
1
 Азамат Зиё. Ўзбек давлатчилиги тарихи. -T.: “Шарқ”, 2000. -Б.104. 
2
 Баракаев.Ж, Ҳайдаров.Й. Бухоро тарихи. -T.: “Ўқитувчи”, 1991. -Б.43. 
3
 Асқаров.A. Ўзбекистон халқлари тарихи. -T.: “Фан”, 1992. -Б.117. 


64 
 
Eloqxon  bilan  muzokaralar  olib  borib,  Qoraxoniylarga  Somoniylarga 
tegishli bo’lgan shimoliy hududlarni taqdim etadi.  
 
Shunday  qilib,  1005-yilga  qadar  Somoniylar  va  Qoraxoniylar 
o’rtasida  ko’plab  urushlar  bo’lib  o’tdi  va  o’sha  yili  so’nggi  Abu 
Ibrohim  Ismoil  Muntasirning  Buxoroni  ozod  etishdagi  harakatlari 
muvaffaqqiyatsiz  yakunlandi  va  Somoniylar  siyosiy  tarix  sahnasidan 
tushib  ketdilar.  Xullas,  XI  asr  boshlarida  Qoraxoniylar  davlati 
Amudaryoning  yuqori  va  o’rta  oqimlaridan  to  Yettisuv,  sharqda  esa 
Tarim  daryosigacha  bo’lgan  hududlarni  o’z  ichiga  olgan  edi.  Ayrim 
olimlarning  fikricha,  shu  vaqtdan  boshlab  Qoraxoniylar  Buxoro, 
Samarqand  va  umuman,  Amudaryogacha  bo’lgan  hududlarni  ham 
boshqara  boshlaganlar.  Siyosiy  jihatdan  olib  qaraganda,  XI  asr 
boshlarida  Turkiston  bir  qancha  siyosiy  kuchlar  tomonidan  idora 
etilgan.  Sharqiy  Turkiston,  Toshkent,  Isfijob,  Farg’ona,  Samarqand, 
Buxoro, 
Chag’aniyon, 
Xuttalon 
viloyatlari 
Qoraxoniylar, 
Amudaryoning chap qirg’oq yerlari to G’aznagacha, Xuroson, Seyiston 
viloyatlari G’aznaviylar, Xorazm esa Xorazmshohlar, Orol dengizidan 
sharq va shimoldagi yerlar O’g’uzlar ittifoqi tomonidan boshqarilar edi.   
Qoraxoniylarning Movarounnahrdagi hukmronligi 200 yil davom 
etadi.  Somoniylarga  tegishli  bo’lgan  yerlarni  egallash  jarayonida 
Qoraxoniy 
boshqaruvchilari 
vaqtinchalik 
bo’lsada 
birlashib 
turkiylarning  yirik  Qoraxoniy  davlatini  barpo  etadilar.  Bu  davlat  bir 
necha  viloyatlarga  bo’lingan  bo’lib,  Nasr  Eloqxon  hokimlik  qilgan 
shijoatli  va  mohir  sarkarda  Nasr  Eloqxon  do’stona  munosabatlar 
o’rnatish  tarafdori  ekanligini  bildirib  qo’shnisi  Mahmud  G’aznaviy 
bilan elchilik munosabatlarini o’rnatadi. Ammo bunday munosabatlar 
uzoq cho’zilmadi. Mahmud G’aznaviy shimoliy Hindistonda urush olib 
borayotganidan  foydalangan  Nasr  Eloqxon  1006-yida  katta  qo’shin 
bilan Amudaryodan kechib o’tib Balx, Tus, Nishopur shaharlarini bosib 
oladi.  Shunga  qaramasdan,  G’aznaviylar  Qoraxoniylarni  Xurosondan 
haydab chiqarishga muvaffaq bo’ldilar. 1008-yilda Qoraxoniylar yana 
Xurosonga hujum qildilar. Mahmud G’aznaviyning o’zi 500 ta jangga 
o’rnatilgan  fillarga  ega  bo’lgan  katta  qo’shin  bilan  Qoraxoniylarga 
qarshi chiqdi va Balx atrofida bo’lgan jangda ularning qo’shinini tor-
mor keltirdi.
1
 XI asrning  ikkinchi yarmidan boshlab esa qoraxoniylar 
                                                           
 
1
 Азамат Зиё. Ўзбек давлатчилиги тарихи. -T.: “Шарқ”, 2000. -Б.105. 


65 
 
shu yuz yillikning 40-yillaridan buyon kuchga kira boshlagan boshqa 
bir  turkiy  sulola-saljuqiylar  bilan  keskin  munosabatda  bo’la 
boshlaydilar.  Ma’lumki,  saljuqiylar  XI  asrning  40-yili  g’aznaviylarni 
mag’lubiyatga  uchratib,  50-yillardan  esa  Xurosondan  Bag’dodgacha 
bo’lgan hududni o’zlariga bo’ysundirishga erishgan edilar.
1
 
 
Mintaqada  hukmronlikka  intilish  borasidagi  bu  ikki  sulola 
o’rtasida  kurashning  amaliy  ko’rinishi  sifatida  1089-yil  voqealarini 
keltirish mumkin. Chunonchi, o’sha yili saljuqiy hukmdor Malikshoh 
Buxoro,  Samarqand,  O’zgan  kabi  shaharlarda  o’z  siyosiy  hukmini 
o’rnatib,  qoraxoniylarga  qattiq  zarba  berishga  muvaffaq  bo’ladi. 
Sharqiy  Turkistonga  bostirib  kirgan  kidanlarni  (qoraxitoylar)  1128-
yilda  mag’lubiyatga  uchratgan,  qoraxoniy  Ahmad  Qoshg’ariy  ham 
arslonxon  deb  atalgan.
2
  1137-yil  qoraxoniylar  Xo’jand  atrofida 
qoraxitoylardan  yengiladi.  Xususan,  qoraxoniylar  tarix  sahnasidan 
ketishi 1213-yilda yuz berdi. Buni xorazmshohlar Sulton Muhammad 
amalga oshiradi.
3
 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin