O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Buxoro Davlat Universiteti


Xorazmshohlar davlatida dargohdagi mansablar va ularning



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/97
tarix01.01.2022
ölçüsü0,73 Mb.
#107127
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   97
ozbekiston davlat muassasalari tarixi v-xiv

Xorazmshohlar davlatida dargohdagi mansablar va ularning 
boshqaruvdagi o’rni. 
Sulton-davlatidagi 
oliy 
boshqaruvchi 
shaxs. 
Sultonlar 
“Xorazmshoh” unvoni bilan boshqarganlar. 
Bosh hojib yoki ulug’ hojib (hojibul-kabir)-oliy hukmdor shaxsi 
bilan  bog’liq  masalalar,  marosimlar,  marosimlarning  nazorati  bilan 
aloqador  ishlarga  javobgar  bo’lgan.  Ular  sultonning  eng  zarur 
topshiriqlarini  bajarganlar  hamda  hukmdorga  doimiy  ravishda 
hamrohlik  qilganlar.  Ular  vazirlik  devonining  daftarlari,  undagi 
yozuvlar, arxivlar, moliya sohasidagi kotiblar va amaldorlarining hatti-
harakatini nazorat qilgan. 
Ustozdor-dargohdagi  barcha  xo’jalik  xizmatlarini  boshqarish 
ustozdorga  yuklatilgan.    Oliy  hukmdorning  birinchi  chorlashidayoq 
ustozdor  yetib  kelib,  sulton  topshiriqlarini  boshqa  xizmatkorlarga 
yetkazar edi va bu gapni ikki qilib bo’lmagan. Bundan tashqari bosh 
xazina  mablag’laridan  nonvoyxona,  oshxona,  otxona  saroy 
xizmatchilarining xarajatlarini qoplar edi. Dargohdagi barcha masalalar 
bilan shug’ullangan. Shuningdek u ushbu mablag’dan maosh berish va 
boshqa xarajatlar uchun ham foydalangan. (Nasoviy) 
Hojib-g’oyatda  muhim  vazifalar,  masalan  muzokaralar  olib 
borish  va  hatto,  vazirlar  faoliyatini  taftish  etish  kabilar  topshirilgan.
2
 
Hojib-eski islom davlatlaridan sadriazam, vazir kabi yuksak darajadagi 
mansabdorga berilgan unvondir.
3
 
Omil (Amilon yoki ummol)-devonda moliyaviy rahbarlar ichida 
eng  kichik  vazifa.  Har  bir  tuman,  shahar,  aholi  yashaydigan  maskan 
qishloqning  soliq  yig’ish  bo’yicha  rahbari  bo’lgan.  Viloyatlarda 
                                                           
 
1
 Воҳидов.Ш, Қодиров.А. Шарқнинг машҳур сулолалари. -T.: “Akademiya”, 2013. -Б.123. 
2
 Эшов.Б. Ўзбекистон давлатчилиги ва бошқаруви тарихи. -T.: 2012. -Б.193. 
3
 Иброҳим Кафес ўғли Хоразмшоҳлар давлати тарихи. -T.: “Navro’z”, 2016. -Б.226. 


81 
 
vazirdan keyingi  eng  nuzufli  mansab egasi omil bo’lib, omil “voliy” 
ma’nosida  ishlatilgan.  Omil  boshqaruvchi  noib  kabi  vakolatga  ega 
bo’lgan.  Voliy  keyingi  davrlarda  yirik  urug’  beklari  orasidan 
tayinlangan.  Ularning  qo’l  ostida  ba’zan  qullardan  tarkib  topgan 
xususiy harbiy qismlar ham bo’lgan. 
Amiri-oxur(miroxur)-sulton  otxonalari  boshlig’ining  lavozimi. 
U sultonga qarashli minib yuriladigan otlarga egalik qilgan. Miroxurlar 
harbiy  yurishlarda  ham  faol  ishtirok  etganlar.  Otlarning  soni  30 
minggacha bo’lgani ma’lum. An-Nasaviyning asarida sulton Alouddin 
Muhammadning miroxuri Ixtiyoriddin Qushlu ixtiyorida 30 ming ot bor 
edi. 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin