85
maktublarni yozish va o’qish munshiyning vazifalaridan edi. Bundan
tashaqari, munshiy sultonning maktublarini ham yozib borgan.
Munshiyga “sohibi devoni insho” ham deyilgan.
Devoni istifo-bu devonda davlatning butun moliyaviy ishlarini
yuritgan va boshqarib turgan.
Devoni ishraf-bu devon davlat idoralarini taftish qilib turgan.
Boshlig’iga “sohibi devoni ishraf” yoki “mushrif” deyilgan.
Devoni arz-bu tashkilot qo’shin boshqaruvi, harbiylarning
iqtolari, daromadlari, maoshlari va harbiy qismlarga anjomlarining
qaydi va nazorati bilan shug’ullangan. Bu devonning boshlig’iga
“sohibi devoni arz” yoki “ariz” ham deyilgan.
Devoni nazr-moliyaviy masalalar bilan shug’ullangan. Devoni
nazrning boshlig’iga “nozir” deyishgan.
Dostları ilə paylaş: