O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Buxoro Davlat Universiteti


Ixshid-xoqonlikning farg’onadagi noibi.  Ixshid-



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/97
tarix01.01.2022
ölçüsü0,73 Mb.
#107127
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   97
ozbekiston davlat muassasalari tarixi v-xiv

Ixshid-xoqonlikning farg’onadagi noibi. 
Ixshid-xoqonlikning sug’ddagi noibi. 
Malikshoh-xoqonlikning toxaristonning ishonchli vakili. 
Xorazmshoh-Xorazmdagi xoqonlikning noibi. 
Ixrid-Shahrisabzdagi xoqonlikning ishonchli vakili. 
Xudod-xoqonlikning buxorodagi noibi. 
Afshin-xoqonlikning ustrushonadagi noibi. 
Budun-xoqonlikning chochdagi noibi. 
Dabusshoh-Dabusiyadagi xoqonlikning noibi. 
Dehqon-xoqonlikning eloqdagi noibi. 
Tarxan-Sug’ddagi xoqonlikning noibi 
 
Turk xoqonligining harbiy san’ati. 
 
Turk xoqonligi armiyasining asosiy qismini otliq askarlar tashkil 
etgan,  lekin  uning  tarkibida  piyodalar  ham  bo’lgan.  Jangchilar 
parchinlar qoplangan jang liboslari, sovutlar kiyishgan, qalqon, uzun va 
ingichka  nayza,  jangovar  bolta  va  kamon  bilan  qurollanishgan. 
Chopuvchi  qurolning  yangi  turi-qilich  va  dudama,  uzun  hamda  og’ir 
qilich-tanlash  paydo  bo’lgan.  Jangchilarga  kiydirilgan  choponning 
yoqalari yuqorida bo’lib engakka tegib turadi. Choponning uzunligi to 
boldirgacha  yetadi.  Tugmalari  o’ng  tomonda  bo’lib,  qadalganda 
choponning chap tomoni ustiga chiqadi.
1
 
 
Har bir otliq jangchi ixtiyorida kamida ikki yoki uchta ot bo’lgan, 
bu charchagan otlarni yangisiga almashtirish imkonini bergan. Ot ham 
zirhli abzal bilan himoyalangan. Turk armiyasi turli bo’linmalar o’nlik, 
yuzlik, minglik, o’n minglik-tumanlardan tashkil topgan. Tumanlarning 
                                                           
 
1
 Гумилев.Л. Қадимги Турклар. -T.: “Фан”, 2007. -Б.76. 


11 
 
ot dumi bog’langan, tepasida zarhal bo’ri boshi yoxud boshqa hayvon 
tasviri qo’yilgan uzun tayoqdan iborat o’z nishoni bo’lgan. 
 
Turk  jangchilari  yengilmas  kuch  hisoblangan.  Armiyada  qattiq 
intizom  o’rnatilgan.  Jangovar  harakatlar  chog’ida  ko’pincha 
qo’qqisdan hujum qilish hollari ko’p uchragan. Hujum, odatda tunda 
yoxud erta tongda, yov uyquga yotgan vaqtda amalga oshirilgan.
1
 Turk 
otliq qo’shinlarining yuksak harakatchanligini e’tirof etgan mualliflar 
qayd  qilishlaricha,  “qarshilikka  duch  kelgach,  ular  tevarak-atrofga 
tarqalib ketishadi, ammo shunday tezlik bilan ortga qaytishadi va yana 
olg’a  yelib,  takroran  tarqalishadi.  Dushman  ustiga  ot  qo’yib, 
orqalaridagi  sadoqdan  o’qlar  olib,  zudlik  bilan  kamondan  o’qqa 
tutganlar.  Soxta  chekinish  kabi  taktik  usuldan  foydanishgan. 
Himoyalanish  chog’ida  aylana  bo’lib  mudofaa  qilish  usulini 
qo’llashgan yoxud o’z o’tovlari orqasiga yashirinishgan”. 
 
Turklar zamonida jangning taqdirini otliq kamonchilar hal etardi, 
zirhli chavandozlar paydo bo’lishi ularni deyarli yo’qqa chiqardi. Qo’l 
jangida, agar dushman yengil qurollangan bo’lsa, turklar qurollangan 
otliqlari  katta  imkoniyatlarga  ega  bo’lar  edi.  Biroq  ochiq  jangda 
g’aroyib hunarlar ko’rsatadigan turk qo’shini, qamal qilishga mutlaqo 
vahshiy  edilar,  chunki  bu  holatda  zirhli  uchqur  otliq  jangchi  kerak 
bo’lmasdi. 
Shahar 
qal’alari, 
kanddevorlar 
turk 
saltanati 
kengaytirishdagi asosiy to’g’anoq bo’ldi.
2
  Kultegin 
yodnomasida 
yozilishicha  olib  borilgan  janglar  taqdirini  og’ir  qurollangan 
chavandozlarning  yoyilishib,  yopasiga  qilingan  hujumi  hal  etgan. 
Suvoriylar orasidagi masofa shu qadar sezilarli bo’lganki, amalda har 
bir  jangchi  o’z  holiga  tashlab  qo’yilgan.  Demak,  jangning 
muvaffaqiyatli  bo’lishi  har  bir  jangchining  shaxsiy  tayyorgarligiga 
bog’liq bo’lgan. 
 
Yakkama-yakka olishuv jangning muhim qismi bo’lgan. Agarda 
bahodirlar  soni  doimo  ozligini  e’tiborga  olsak,  mana  shunday  taktik 
usul  bilan  o’nta  oddiy  jangchidan  ko’ra  bitta  bahodirni  o’ldirishning 
ahamiyati  naqadar  katta  bo’lganligi  tushunarli  bo’ladi.  Bahodirlar 
qo’shinining  zarbdor  qismi  bo’lib  ularning  o’limi  odatda  qo’shin 
                                                           
 
1
  Ҳaсанов.Ф.  Турон  халқлари  ҳарбий  санъати.  -T.:  “Давлат  илмий  нашриёти”,  2018.  -
Б.166. 
2
 Гумилев.Л. Қадимги Турклар. -T.: “Фан”, 2007. -Б.78-79. 


12 
 
orasida  sarosimalik  tug’dirib,  mag’lubiyatga  olib  kelgan.  Biroq  jang 
qilishning  bunday  sodda  usullaridan  boshqa,  manyovir  qilish-
yonboshdan aylanib o’tish usuli ham bo’lgan.
1
 
Turk  sarkardalari  raqibni  g’aflatda  qoldirish  usulidan  keng 
foydalanganlar.  Urush  shafqatsiz  suratda  olib  borilgan,  ayol  va 
bolalarga  ham  rahm  qilinmagan.  Ularni  yoki  qul  qilishgan  yoxud 
o’ldirishgan.  Odatda,  rivojlanishning  ilk  bosqichda  bo’lgan  xalqlarda 
qabilalararo urushlarda ayollar daxlsiz sanalgan.   

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin