O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Buxoro Davlat Universiteti


Chig'atoy ulusining tashkil topishi va siyosiy tarixi



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/97
tarix01.01.2022
ölçüsü0,73 Mb.
#107127
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   97
ozbekiston davlat muassasalari tarixi v-xiv

  Chig'atoy ulusining tashkil topishi va siyosiy tarixi. 
Chingizxon  o'z  hukmronligining  so'nggi  davrlariga  kelib,  1224-
yilda o'z qo'l ostiga kiritgan barcha hududlarni avlodlari o'rtasida taqsim 
qiladi.  Chunonchi,  Irtish  daryosi  sohillaridan  g'arbga  tomon  to 
“mo'g'ullar  otining  tuyog'i  yetgan  joygacha”  bo'lgan  yerlar, 
Sirdaryoning  quyi  oqimi  va  Xorazmning  shimoli-g'arbiy  qismlari 
to'ng'ich  o'g'li  Jo'jiga,  Sharqiy  Turkiston,  Yettisuv  va  Movarounnahr 
yerlari Chingizning ikkinchi o'g'li Chig'atoyga berildi.
1
 Uchinchi o'g'il 
O'qtoyga  esa  G'arbiy  Mo'g'uliston  va  Tarbag'atoy  yerlari  ajratildi, 
Kenja o'g'il va voris Tuliga Mo’g'uliston, Xitoy va Qirg'iziston yerlari 
meros  qilib  berildi.  Keyinchalik,  Chingizxonning  jahongirlik 
yurishlarini  davom  ettirib,  Sharqiy  Yevropaning  katta  qismini  bosib 
olib,  Oltin  O'rdaga  asos  solgan  uning  nabirasi  Botuxon  hukmronligi 
davrida  (1227-1255)  Movarounnahrning  qator  hududlari  ham  uning 
ta'sirida bo'lgan.
2
 
                                                           
 
1
 Эшов.Б. Ўзбекистон давлатчилиги ва бошқаруви тарихи. -T.: 2012. -Б.212. 
2
  Сагдуллаев.A,  Аминов.Б,  Мавлонов.Ў,  Норқулов.Ҳ.  Ўзбекистон  тарихи:  Давлат  ва 


105 
 
Shunday  qilib,  Chingizxon  avlodlari 
o'rtasidagi 
meros 
taqsimlanishi natijasida Movarounnahr, Sharqiy Turkiston va Yettisuv 
o'lkalari  Chig'atoy  va  uning  vorislariga  o'tib,  u  Chig'atoy  ulusi  nomi 
bilan  atala  boshlandi.  Endilikda  mo'g'ul  hukmdorlari  Movarounnahr 
o'lkasini  boshqarishga  kirishar  ekanlar,  ular  qanday  qilib  bo'lmasin, 
uning  xalqini  yanada  itoatda  tutish,  bu  yerdan  mo'g'ul  zodagonlari 
uchun  ko'proq  soliq  va  o'lponlar  undirish,  qo'shimcha  majburiyatlar 
yuklash harakatida bo'ladilar. Mo'g'ullar Movarounnahrni idora etishda 
mahalliy  amaldorlar  xizmatidan  ustamonlik  bilan  foydalandilar.  Shu 
o'rinda  Mahmud  Yalavoch,  Badriddin  Amid,  Hasan  Xoja,  Ali  Xoja, 
Yusuf  O'troriy,  Qutbiddin  Habash  Amid  singari  mo'g'ul  hukmdorlari 
bilan yaqindan hamkorlik qilgan mahalliy amaldorlar ismlarini keltirib 
o'tish  joiz.  Shu  boisdan  ham,  Chig'atoy  ulusi  hukmdori  Chig'atoy 
(1224-1242)  davrida  Movarounnahrni  boshqarish  mahalliy  yirik 
savdogar,  diplomat,  sotqinlik  evaziga  mo'g'ullar  ishonchini  qozongan 
Mahmud  Yalavochga  berilgani  tasodifiy  emas.  U  xoqon  nomidan 
raiyatni  boshqaradi.  Uning  qarorgohi  (poytaxti)  Xo'jand  edi.
1
  Harbiy 
hokimiyat, aholini ro'yxatdan o'tkazish, soliq yig'ish ishlari dorug’achi 
va tamg'ach deb ataluvchi mo'g'ul amaldorlari qo'lida bo'ladi. Mo'g'ul 
bosqoqlari  ixtiyoridagi  ko'p  sonli  jangchilar  Mahmud  izmiga 
bo'ysundirilgan. Aholidan markaziy hokimiyat xazinasi uchun ko'plab 
soliqlar undirilgan. 
Bundan  tashqari,  aholi  turli-tuman  to'lovlar  berishga  majbur 
etilgan.  Masalan,  aholi  savdo  yo'llaridagi  bekatlar  (yomlar)  uchun 
go'sht, un, guruch, ot-ulov berishga ham majbur etilgan. Bosib olingan 
mamlakat hunarmandlari «din tugun», deb atalgan maxsus o'lpon to'lab 
turganlar. 
Mo'g'ullarning Movarounnahr hududini bosib olib, ship-shiydon 
etib,  talon-taroj  qilishi,  so'ngra  mahalliy  aholini  haddan  ziyod  soliq, 
o'lpon  va  to'lovlar  yo'li  bilan  zulm-asoratga  duchor  etishi,  pirovard 
oqibatda xalqning ko'tarilishiga, o'z erki, mustaqilligi uchun qalqishiga 
sabab  bo'ladi.  1231-yilda  Buxoro  yaqinidagi  Tarob  qishlog'ida 
boshlangan  oddiy  g'alvir  yasovchi  hunarmand  Mahmud  Tarobiy 
                                                           
 
жамият тарихи. I-Қисм. -T.: “Академия”, 2000. -Б.123. 
1
 Эшов.Б. Ўзбекистон давлатчилиги ва бошқаруви тарихи. -T.: 2012. -Б.214. 


106 
 
boshchiligidagi  xalq  qo'zg'oloni  shu  tariqa  yuz  bergan  edi.
1
  Kelgindi 
mo'g'ul  zodagonlarining  mahalliy  yuqori  tabaqa  vakillari  bilan  til 
biriktirib,  bechorahol  xalqni  talab,  boylik  orttirayotganligi,  shohona 
aysh-u  ishrat  qurayotganligi,  oddiy  fuqaroning  turmushi  tobora 
nochorlashib  borayotganligi  Mahmud  va  uning  maslakdoshlarini 
g'azabga  keltiradi  va  qo'lga  qurol  olib,  mo'g'ullar  zulmini  ag'darib 
tashlash  uchun  kurashga  undaydi.  Uning  tevaragiga  ming-minglab 
alamzada  oddiy  mehnat  kishilari  to'planadi.  Buxoro  atrofidagi 
qishloqlar  aholisi  bilan  ko'payib  borgan  qo'zg'olonchilar  Buxoroga 
kelib,  mo'g'ul  amaldorlarini,  shuningdek,  mahalliy  zodagonlar, 
sadrlarni  yengib,  shaharni  egallaydilar.  Buxoro  sadrlari  Mahmud 
Tarobiy  hokimiyatini  tan  olib,  uni  xalifa  deb  e'lon  qilishga  majbur 
bo'ladilar. 
Mahmud  Tarobiy  Buxoroni  egallagach,  hukmron  kuchlar 
hokimiyatini  cheklaydi  va  oddiy  xalq  manfaatlarini  ko'zlaydigan  bir 
qator  tadbirlar  o'tkazadi.  Qo'zg'olonchilar  zarbidan  Karmanaga 
qochgan  mo'g'ul  bosqoqlari  va  mahalliy  amaldorlar  qo'zg'olonni 
bostirish  uchun  yangidan  katta  kuch  to'playdilar  va  Buxoroga  yurish 
boshlaydilar.  Ammo  bu  davrga  kelib  katta  kuchga  aylangan 
qo'zg'olonchilarning  qo'li  baland  keladi.  10  mingdan  ziyod  mo'g'ul 
askarlari qirib tashlanadi. Qo'zg'olonchilar mo'g'ullarni Karmanagacha 
quvib  boradilar.  Biroq,  mana  shu  hal  qiluvchi  olishuvda  qo'zg'olon 
rahnamolari  Mahmud  Tarobiy  va  Shamsiddin  Mahbubiylar  halok 
bo'ladi.  Tez  orada  qo'zg'olonga  qarshi  yuborilgan  Eldiz  No'yon  va 
Chekan Qurchi boshchiligidagi mo'g'ul qo'shinlari Karmana yaqinidagi 
Malik rabotida qo'zg'olonni bostiradi. Bu jang-u jadal to'qnashuvda 20 
mingdan  ziyod  qo'zg'olonchilar  halok  bo'ladi.  Garchi  bu  xalq 
qo'zg'oloni mag'lub etilsada, biroq u Movarounnahr erksevar xalqining 
ozodlik  va  mustaqillik  yo'lidagi  mardonavor  kurashi,  qat'iyatini  to'la 
namoyon 
etdi. 
Ayni 
chog'da, 
Tarobiy 
qo'zg'oloni 
mo'g'ul 
hukmdorlariga  mahalliy  xalq  bilan  munosabatlarini  qayta  ko'rib 
chiqish,  siyosiy  va  taktik  yo'llarni  o'zgartirish  uchun  muhim  saboq 
bo'ldi.  Mahalliy  xalq  orasida  ancha  obro'sizlanib  qolgan  Mahmud 
Yalavochning  mo'g'ul  hukmdorlari  tomonidan  Movarounnahrdan 
olinib,  Pekinga  hokim  etib  tayinlanishi,  uning  o'rni  katta  o'g'li 
                                                           
 
1
 Асқаров.A. Ўзбекистон халқлари тарихи. -T.: “Фан”, 1992. -Б.146. 


107 
 
Ma’sudbekka  berilishi  ham  qo'zg'olonning  muhim  saboqlaridan  biri 
bo'ldi. 
Ma’sudbek  (1238-1289-yil)  bir  tomondan,  hukmron  mo'g'ul 
xonlari,  aslzodalari  bilan  umumiy  til  topishga  harakat  etib,  ularning 
manfaatlari,  qiziqishlariga  mos  keladigan  siyosat  yuritgan  bo'lsa, 
ikkinchi  tomondan  mo'g'ul  xonlari  o'rtasidagi  toj-u  taxt,  hukmronlik 
uchun yuz bergan o'zaro ixtiloflardan ustalik bilan foydalanib, o'lkada 
savdo-sotiqni  jonlantirish,  iqtisodiy  tadbirlarni  amalga  oshirishga 
intildi. 
Movarounnahr  hududlarida  yuz  bergan  bu  xildagi  ijobiy 
o'zgarishlarda Chig'atoy ulusi xoni tashabbusi bilan mo'g'ul no'yonlari 
va shahzodalarining 1269-yilda Talos vodiysida bo'lib o'tgan qurultoyi 
va  undagi  tarixiy  kelishuvning  roli  va  ta'siri  katta  bo'ldi.  Mazkur 
qurultoy barcha mo'g'ul xonlari, aslzodalariga qayerda yashashlaridan 
qat'i  nazar  mahalliy  aholi  hayoti,  turmush  tarziga  aralashmaslik, 
belgilab qo'yilgan soliq, to'lovlar bilan qanoatlanish, ekin maydonlarini 
payhon  qilmaslik  majburiyatini  yukladi.  Ularni  Movarounnahr 
yerlariga ko'chib, asta-sekin o'troq hayotga o'ta borishga da'vat etdi. 
XIII  asrning  ikkinchi  yarmiga  kelib  mo'g'ullarning  mahalliy 
aholiga,  ularning  turli  ijtimoiy  qatlamlariga  nisbatan  munosabatlari 
ham  keskin  o'zgarib  bordi.  Mo'g'ul  hukmron  doiralarining  bir  qismi 
yerlik aholining yirik mulkdorlari, ruhoniylari, savdo-sotiq, hunarmand 
tabaqalari bilan umumiy til topib, o'z qarashlarini o'zgartirib, musulmon 
ruhoniylariga  xayrixohlik  va  hurmat  bilan  munosabatda  bo'la 
boshladilar. Chig'atoy ulusida islom rasmiy davlat dini maqomiga ega 
bo'ldi. Shuningdek, mo'g'ul qabilalari, elatlari bilan birga XIII asrning 
ikkinchi  yarmidan  boshlab  ko'plab  turkiy  urug'-qavmlar  ham 
Movarounnahrga  kelib  o'rnasha  boshladi.  Jumladan,  barloslar 
Qashqadaryoda,  jaloiriylar  Ohangaron  vodiysida,  arlotlar  Afg'oniston 
shimolida,  qavchinlar  Tojikiston  janubida,  turkiylashgan  mo'g'ullar 
urug'i-so'fiylar  Xorazmda  joylashib,  chuqur  tomir  otib  bordi.  Bu  esa 
turkiy 
xalqlar, 
elatlarning 
o'lkadagi 
mavqeyining 
yanada 
mustahkamlanishiga,  turkiy  til  va  uning  shevalari  ta'sirining  ortib 
borishiga sabab bo'ldi. XIV asrdan boshlab Chig'atoy ulusida  mo'g'ul 
xonlari  boshqaruvi  sohasida  ham  muhim  o'zgarishlar  yuz  beradi.  Bu 
o'zgarishlar,  dastavval,  Chig'atoy  xonlaridan  Duvaxon  (1274-1306), 
uning  o'g'illari  Kebekxon  (1318-1326),  Tarmashirin  (1326-1334) 
nomlari  bilan  bog'liqdir.  Jumladan,  Duvaxon  davrida  katta  vakolatga 


108 
 
ega  bo'lgan  Ma’sudbek  sa'y-harakatlari  bilan  shaharsozlik  rivojlan-
ganligi,  savdo-sotiq  ahli  katta  naf  topganligi,  qishloq  xo'jaligi  ancha 
yuksalganligi ko'zga tashlanadi. Kebekxon esa o'z qarorgohini mo'g'ul 
hukmdorlari  orasida  birinchi  bo'lib  Movarounnahrga  ko'chirdi. 
Qashqadaryo vohasidagi Nasaf shahridan uncha uzoq bo'lmagan joyda 
uning buyrug'i bilan saroy (mo'g'ulcha ma'nosi «qarshi») bunyod etilib, 
Qarshi  nomi  bilan  poytaxtga  aylantirilishi  o'sha  davrning  muhim 
voqealaridan bo'lgan. 
Kebekxonning muhim xizmatlaridan yana biri - bu uning pul va 
ma'muriy-hududiy  sohalarda  o'tkazgan  islohotlaridir.  Xususan,  1321-
yilda  o'tkazilgan  pul  islohotida  Xuroson,  Eron  va  Oltin  O'rdadagi 
amaldagi  pul  tizimi  hisobga  olingan  edi.  Og'irligi  8  grammlik  katta 
kumush  tanga  va  1  grammlik  kichik  tanga  zarb  etildi.  Katta  tanga 
«dinor»  deb,  kichik  tanga  «dirham»  deb  atalgan.  Yangi  pul  birligi 
«Kepaki» nomi bilan mashhur bo'lgan. Islohotning dastlabki yillarida 
Kebek  nomi  bilan  mashhur  bo'lgan  bu  tangalar  ko'p  miqdorda 
Samarqand va Buxoroda zarb qilinib, muomalaga chiqarilgan. Bu ikki 
xil  qimmatga  ega  bo'lgan  kumush  tangalar  keyinchalik  boshqa 
hukmdorlar tomonidan ham chiqarilgan. Masalan, Tarmashirin davrida 
O'trorda  ko'plab  kumush  tangalar  chiqaradigan  zarbxona  muntazam 
ishlab  turgan.  Kebekning  pul  islohoti  tashqi  va  ichki  savdoning 
rivojlanishi uchun qulay shart-sharoit yaratishga xizmat qildi. 
Ma'muriy islohotga ko'ra, Movarounnahr hududlari viloyatlarga, 
viloyatlar tumanlar (mo'g'ullar tartib qilgan 10 ming askar beradigan, 
aholisi  40-50  ming  nafar  bo'lgan,  hozirgi  tumanlarimizga  qiyos  etsa 
bo'ladi  -  izoh)  ga  bo'lindi.  Jumladan,  Samarqand  viloyatida  7  ta, 
Farg'ona  viloyatida  9  ta  tuman  tarkib  topgan.  Kebekxonning  o'lkada 
tinchlik,  osoyishtalik  va  totuvlik  o'rnatish  borasidagi  siyosatini 
Tarmashirin  izchil  davom  ettirdi.  U  islomni  qabul  etib,  uni  dinning 
rasmiy  dini  darajasiga  ko'tardi.  Kebekxon  yo'nalishida  siyosat 
yurgizgan  mo'g'ul  xonlarining  navbatdagi  vakili  Qozonxon  (1334-
1346)  ham  Movarounnahr  hududlari  birligini  saqlash,  tubjoy  aholi 
manfaatlarini  himoya  qilish  uchun  mahalliy  mo'g'ul  va  turk  amirlari, 
no'yonlarining  olib  borayotgan  bir  yoqlama  kurashlarini  bartaraf 
etishga  intildi.
1
  U  o'zi  uchun  qarorgoh  sifatida  Qarshi  bilan  Buxoro 
                                                           
 
1
 Эшов.Б. Ўзбекистон давлатчилиги ва бошқаруви тарихи. -T.: 2012. -Б.218. 


109 
 
oralig’ida  (hozirgi  Muborak  tumani  hududida)  mashhur  Zanjirsaroy 
qal'asini qurdirdi.
1
 Biroq markazdan qochuvchi kuchlarning, dastavval, 
ko'chmanchi mo'g'ul amirlarining kuchayib borayotgan ta'siri va fitnasi 
oqibatida 1346-yilda Qozonxon qatl etiladi. Shundan so'ng hokimiyat 
tepasiga  kelgan  amir  Qazog'on  (1347-1358)  mo'g'ul  zodagonlari 
manfaatlarini yoqlab siyosat yurgizdi. Uning o'zi ham bir joyda muqim 
yashamasdan ko'p vaqtini bosqinchilik yurishlarida o'tkazardi. Buning 
oqibatida  uning  davrida  mahalliy  aholi  tub  manfaatlari  bilan  mo'g'ul 
hukmdorlari  manfaatlari  bir-biriga  tobora  zid  kela  bordi.  Bu  esa 
Movarounnahrda 
yana 
siyosiy 
vaziyatning 
keskinlashuviga, 
hokimiyatga  intiluvchi  kuchlarning  faol  harakatga  kelishiga  sabab 
bo'ldi. XIV asrning 40-yillarida Chig'atoy ulusi ikki qismga: Yettisuv, 
Sharqiy  Turkistondan  iborat  Mo'g'ulistonga  va  Movarounnahrga 
bo'linib  ketdi.  1348-yilda  Chig’atoy  naslidan  bo'lgan  Tug'luq  Temur 
Mo'g'uliston  hokimi  etib  ko'tarildi.  Movarounnahrda  hokimiyatni 
egallagan amir Husayn 1358-yilda o'ldiriladi. 
Bunday  sharoitda  Movarounnahr  yurtini  birlashtirish,  mahalliy 
hukmdorlarning  o'zboshimchalik,  boshboshdoqlik  harakatlariga  chek 
qo'yish, jafokash xalqni mo'g'ullar zulmi va istibdodidan butkul xalos 
etish  va  unda  qudratli  markazlashgan  davlat  barpo  etishdan  iborat 
yuksak vazifa tarixiy zaruriyat taqozosi bilan kun tartibiga qo'yildi. Uni 
muvaffaqiyatli uddalash esa ulug' bobokalonimiz Amir Temurga nasib 
etdi. 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin