O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Buxoro Davlat Universiteti



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/97
tarix01.01.2022
ölçüsü0,73 Mb.
#107127
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   97
ozbekiston davlat muassasalari tarixi v-xiv

Arablar jang taktikalari. 
 
Dushmanga  yaqinlashganda  avang’or  otliq  qo’shin  jangni 
boshlab,  asta-sekin  o’zlarining  asosiy  kuchlari  tomon  chekingan.  Bu 
paytda og’ir piyodalar saflangan. Piyodalar bir oyoqlarida tiz cho’kib, 
dushmanning  o’q  va  nayzalaridan  o’zlarini  qalqonlar  yordamida 
himoya qilishgan. Ular o’zlarining uzun nayzalarini yaqinlashayotgan 
dushmanga qarata qiyshaytirib yerga sanchib qo’yganlar. Kamonchilar 
og’ir piyodalar ortida joylashib ularning boshlari uzra hujum qilayotgan 
dushmanni o’qqa tutganlar. Arablarning jangovar tartibi front bo’ylab 
va tomonga qarab taqsimlangan. Besh qator bo’lib saf tortgan har bir 
qatorning  o’zining  alohida  nomi  bo’lgan:  birinchi  qator  “it  hurishi 
tonggi”  suvoriylarning  sochma  safidan  tashkil  topgan;  ikkinchi  qator 
                                                           
 
1
  Ҳaсанов.Ф.  Турон  халқлари  ҳарбий  санъати.  -T.:  “Давлат  илмий  нашриёти”,  2018.  -
Б.153. 


23 
 
“yordam  kuni”;  uchinchi  “larzaga  keltiruv  kecha”  qatorlar  asosiy 
kuchlar  bo’lib,  suvoriylar  kolonnasi  yoxud  shaxmat  tartibida 
joylashgan  piyodalar  falangasidan  iborat  edi;  to’rtinchi  qatorga 
umumiy  zahira-saralangan  askarlar  kirib,  ular  asosiy  bayrog’  tug’ni 
himoya qilishgan; beshinchi qator bu umumiy zahira faqat juda zarur 
hollardagina jangga kirgan. 
Jangni  birinchi  qator  boshlagan,  u  dushman  qo’shinini  tuzdirib 
yuborishga,  kuchini  sindirishga  intilgan.  Arablarning  asosiy  kuchlari 
mudofaa janggi olib borishni afzal ko’rib, bu bilan yengil otliq qo’shin 
va  piyodalar  harakati  uchun  tayanchi  xizmatini  o’tagan.  Arab 
qo’shinlari  jangda  sabr-matonatli  bo’lgan.  Ular  odatda  dushman 
jangovar  tartibining  qanotlarini  qamrab  olishga  intilganlar.  Dushman 
holda toygach, ular umumiy hujumga o’tganlar, so’ngra uni batamom 
yakson etmagunga qadar taqib etganlar, taqibni otliq qo’shin qilgan.
1
 
 
Harbiy intizomni mustahkamlashda islomning roli katta bo’lgan. 
Arablar jangchining jangovarlik qobilyatini tarbiyalashga katta e’tibor 
berganlar.  Mana  shunday  sifatlarni  tarbiyalash  vositalaridan  biri  ov 
bo’lgan.  XII  asr  arab  muallifi  Usoma  ibn  Munqiz  o’zining  otasi 
to’g’risida  bunday  deb  yozadi:  “Ov  qilish  uning  ko’ngil  ochish 
mashg’uloti edi. Uning jang qilish, franklar bilan urushishdan va Olloh 
taoloning  kitobini  qayta  ko’chirishdan  o’zga  ishi  bo’lmagan”.  Shuni 
qayd etish lozimki, arablar vizantiyaliklar, slavyanlar, forslar, hindlar, 
Markaziy Osiyo xalqlari va xitoyliklar harbiy san’atidan ko’p narsani 
olib o’zlashtirganlar.
2
 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin