Somoniylar davlatida davlat boshqaruv tizimi. Dargohdagi mansab va unvonlar tartibi. Amir-davlat boshqaruvchi oliy hukmdor. Xojibi buzrug (ulug’ hojib)-saroydagi eng ulug’ mansabdor
bo’lib, unga saroy ahliga ko’z-quloq bo’lib turish vazifasi yuklatilgan
edi.
Sohibi xaros (saroy soqchilari boshlig’i)-amiri xaros oliy
hukmdor farmonlarini ijro etuvchi bo’lganligi sababli, odamlar undan
hukmdordan ko’ra ko’proq qo’rqar edilar.
Bosh hojib-dargoh hamda boshqa muhim davlat idoralarining
xafsizligini amalga oshirish xizmatini olib borgan.
Vakil-saroydagi barcha xo’jalik ishlarini boshqargan. Bu lavozim
saroydagi eng e’tiborli kishilardan biri hisoblangan.