Sharbatdor- amir sharobxonasining boshlig’i. Dasturxonchi-amirning oziq-ovqatiga javobgar shaxs bo’lgan.
Tashtadorlar- amir hammomlari va hovuzlarining boshlig’i.
Uning qo’l ostida bir necha mulozimlar bo’lgan. Tashtadorlar amirga
juda yaqin odamlar bo’lgan. Ot boqarlar- amir otxonalari boshlig’i. U amirga qarashli minib
yuriladigan otlarga egalik qilgan. Xo’jalik Bekasi-saroydagi xo’jalik ishlari bajargan.
Devondagi mansab va unvonlar. Vazir yoki Xo’jayi kalon-davlatdagi barcha ma’muriy, siyosiy
va xo’jalik muassasalarini nazorat qilgan. Bundan tashqari barcha
harbiy kuchlarni ham boshqargan.
Mustavfi-moliyaviy ishlar ustidan nazorat olib borilgan. U
xazinani ham boshqargan.
Amid al-mulk-elchilik ishlari va muhim davlat ishlarini
boshqargan.