Ashiniylar sulolasi davrida davlat boshqaruv tizimi. Xoqon-turk xoqonligida davlatning oliy hukmdori unvoniga ega
bo’lgan. Xoqonlik nasldan naslga o’tib kelgan.
Elxon-Bumin xoqon jujanlar ustida qozonilgan to’la g’alaba
sharafiga “elxon” unvoni bilan boshqargan.
Tavachi-hukmdorning
muhim
topshiriqlarini
bajaruvchi
yordamchisi, saroy amaldorlarni ustidan nazoratchi. Dele (teginlar)-taxt vorisi yoki valiahd shahzodalar ular ma’lum
bir hududni boshqarishgan.
Abag’asi-xoqonning amakisi va maslahatchisi hisoblanadi.
Cho’r-xoqonlik g’arbidagi o’n o’q qabila ittifoq dulu (tulis)
qabila urug’lari sardori G’arbiy qanot amaldorlarini rahbari
hisoblangan vazir darajasidagi amaldor.
Erkin-o’n o’q qabilalar ittifoqining besh nushibi urug’i sardorlari.
Sharqiy qanot amaldorlarini rahbari hisoblangan vazir darajasidagi
amaldor.