Omil-joylarda soliq yig’ish bilan shug’ullanganlar.
So’boshi-qo’shin sarkardalaridan biri hisoblangan. Mahmud
Qoshg’ariy ma’lumotiga ko’ra.
Davlatda faoliyat yuritgan devonning nomlari va vazifalari.
Devoni tug’ro-eng muhim devon, uning boshlig’i bosh vazir
o’rinbosari mavqeyiga ega bo’lgan. Devoni tug’ro sulton farmoni,
qarorlari, rasmiy hujjatlarini tayyorlash, ularni tasdiqlash uchun taqdim
etish, markazdan joylarga rasmiy hujjatlarni yuborish, joylardan
markazda qabul qilish, chet ellarga maktublar yuborish, davlat
hujjatlarida maxfiylikni ta’minlash ishlariga rahbarlik qilgan.
Devoni istifo-moliya devoni. Davlat kirim-chiqimlari, soliqlar
bilan shug’ullangan, ularni ro’yxatga olishga ma’sul devon.
Devoni ishrof-davlat nazorati devoni. Ushbu devon moliya-soliq
ishlarni, hisoblarni tekshirish, vaqt mulklar ustidan nazorat qilish,
sulolaga tegishli yer-suv, qimmatbaho moliya qog’ozlari, zarbxonalar,
bozorlar mutasaddilari, soliqchilar, amaldorlar ustidan nazorat olib
borgan.
Dostları ilə paylaş: |