O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Buxoro Davlat Universiteti


Saljuqiylar davlatida harbiy san’at



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/97
tarix01.01.2022
ölçüsü0,73 Mb.
#107127
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   97
ozbekiston davlat muassasalari tarixi v-xiv

Saljuqiylar davlatida harbiy san’at. 
Saljuqiylar  ulkan  davlat  tuzish  yo’lida  cheksiz  muvaffaqiyatlar 
keltirgan omil bu shubhasiz ularning harbiy texnikasi va mahoratidir.  
Albatta, o’g’uz-turkman qabilalarining o’z raqiblari ustidan qozongan 
g’alabalarida ularning jangovar sifatlarini rolini inkor etib bo’lmaydi. 
Bundan tashqari, XI asr o’rtalariga kelib istilolar jarayonida sajuqiylar 
harbiy  tashkiloti  yuksalib  boradi.  Ularning  harbiy  quvvati  va 
hukmronligi  asosini  nisbatan  oz  muddat  ichida  muntazam  qo’shin 
tashkil  etilib,  ko’chmanchilarning  urug’-qabila  lashkarlarining 
endilikda mavqelari ancha pasayib qolgan edi.
1
 
Saljuqiylar harbiy tuzilmasi o’sha davrda “lashkari ijaraxo’r” va 
“jaridayi  iqtaat”ga  bo’lingan.  Ulardan  birichisining  ma’nosi  “maosh 
                                                           
 
1
  Ҳaсанов.Ф.  Турон  халқлари  ҳарбий  санъати.  -T.:  “Давлат  илмий  нашриёти”,  2018.  -
Б.258. 


59 
 
oluvchi lashkar” va ikkinchisi “iqto ro’yxatlarida turuvchi lashkarlar” 
deb atalgan.  
Qo’shinning  o’zi  bir  necha  qismlardan  tashkil  topgan:  sulton 
gvardiyasi  (xos),  saroy,  qo’shinlari(mufridot),  shahzodalar  va 
sulolaning  boshqa  a’zolarini  qo’shini,  shuningdek,  vassallar 
lashkarlaridan iborat edi. Xazinadan maosh oluvchi lashkar boshliqlari 
va oddiy jangchilar devoni jaysh ro’yxatlarida qayd etilgan. 
Professional  qo’shin  turkiylar,  eroniylar,  arab,  kurd,  arman  va 
boshqa  millatlarda  tashkil  topgan  edi.    Davlat  qo’shinida  iqto  olgan 
amaldorlar  ham  davlat  ro’yxatida  turgan  va  boshqaruv  tarkibiga 
kiritilganlar.    Malikshoh  hukmronligi  davrida  40  mingdan  47 
minggacha  otliqlar  soliqlardan  ozod  qilinganlar  ular  tinch  davrlarda 
favqulodda soliqlar va nafaqa hisobidan kun kechirganlar. 
Saljuqiylar  qo’shini  asosan  kamon  bilan  jang  qilishni  yaxshi 
ko’rishgan.  Bo’ri  uvullashini  eslatadigan  janggovar  hayqiriq  bilan 
dushmanga  qo’qqisdan  hujum  qilib,  ular  odatda  dushmanga  asosan 
kamon  o’qi  yog’dirib  yolg’ondan  chekinganlar  ko’chmanchilarning 
ko’ngilli  lashkarlari  qo’shni  yerlarga  tez-tez  bosqinchilik  hujumlari 
qilib  asirlar,  otlar,  xachirlarni  o’lja  olishgan.  Nikita  Xoniatning 
ta’kidlashicha, jangdan so’ng kamonchilar o’lgan dushmanlarini bosh 
terisini shilib olishgan.  
Sulton Sanjar hukmronligi davrida o’g’uz harbiy an’analari qayta 
tiklana boshlandi. Esiji o’gli Alining guvohlik berishicha, uning vaqtida 
“o’g’uz  to’ra”  rasmiga  rioya  qilingan.  Unga  ko’ra  qo’shinning  o’ng 
qanotini  an’ana  sifatida  qayi  va  bayot  qabilasining  beklarbegi,  so’l 
qanotni  esa  bayundur  va  bijanak  qabilasidan  beklarbegi  tayinlangan, 
Ibn  al-Asir  va  Hofizi  Abro’larning  qayd  qilishlaricha  ikki  katta 
guruhga-Nosiriddin  Abu  Shujo  To’tibek  rahbarligidagi  uchuqlar  va 
Ko’rduq  ibn  Abdon  Hamid  boshchiligidagi  buzuqlarga  bo’lingan. 
Uchuqlar  “katta”  va  buzuqlar-  “kichik”  qabilalar  ro’yxatiga 
kiritilganlar va ular qo’shinning o’ng qanotini tashkil qilganlar.  O’g’uz 
qo’shinning  ikki  qanotidan  tashqari  markaz  (manglay),  shuningdek 
avanggard va qo’riqchi qo’shinlar, kuzatuvchi harbiy qismlardan iborat 
bo’lgan. 
Saljuqiylar  qo’shini  tarkibida  mamluklardan  tuzilgan  qismlar, 
ko’chmanchilardan  tashkil  topgan  ko’ngilli  lashkarlar.  Shuningdek, 


60 
 
yollanma vassallar qo’shini ham bor edi. Har bir qo’shinning alohida   
qurol-yarog’i, kiyim-boshi, harbiy tug’ va bayrog’i bo’lgan.
1
 
XI-XII  asrlarda  Xuroson  sultonligida  Yaqin  va  O’rta  Sharqning 
ko’pchilik  boshqa  regionlari  kabi  qurol-yarog’lar  og’irlashadi.  
Shamshirning  roli  oshadi,  sovut  va  zirhlarni  chopib  tashlovchi  ikki 
dastalik  shamshirlar  paydo  bo’ladi.  Og’ir  qurollangan  otliqlarning 
asosiy roli dastalik 6-8 m. li uzun nayza edi. Yengil qurollangan otliq 
jangchilar esa kalta nayzalardan foydalanishgan. Asosan dehqonlardan 
olingan  piyoda  askarlar  esa  sepoya  va  shohalardan  qurollanganlar.  
Ko’chmanchi jangchilar esa qilich, pichoq, qalqon, cho’qmor, so’yil, 
tig’i torayib boruvchi yengil jang boltalari mavjud edi.  Ular shaharlarni 
qamal qilishda maxsus arqonlardan ham foydalanishgan. Astariga yirik 
metall halqalar o’rnatilgan zirhlar, tangasimon, qat-qat, asosi charm teri 
bo’lgan jang sovutlari (javshan tanure) bo’lgan.
2
 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin