Qoraxoniylar davlatining boshqaruvidagi mansab va unvonlar. Xoqon-ul-xoqon-Qoraxon yoki Tamg’achxon. Qoraxoniylar
davlatining oliy boshlig’i. Xoqonlik taxti merosiy hisoblangan. Arab
manbalarida mazkur unvon sulton ul salotin, fors manbalarida
shahanshohga muvofiq keladi.
Eloqxon-xoqondan keyingi pog’onada turuvchi shaxs. U xoqon
xonadoniga mansub bo’lib, viloyatning mulk sohibi hisoblangan. El-
yurt hokimi hamdir.
Ulug’ hojib (Tayangu)-davlat va fuqarolar ishlari bo’yicha
xonning yaqin maslahatchisi deb hisoblangan. Uning vazifalari: qonun
va odatlarga rioya etish, rasmiy tantanalarni tashkil etish, fuqarolarning
iltimos va shikoyatlarini qabul qilish va oliy hukmdorga yetkazish,
shuningdek, u elchilarni qabul qilish ishlariga ham ma’sul xodim
bo’lgan.
Bosh Vazir-u barcha ma’muriy, siyosiy va xo’jalik muassasalarni
nazorat qilgan
1
Ўша жойдан. -Б.106.
2
Ҳaсанов.Ф. Турон халқлари ҳарбий санъати. -T.: “Давлат илмий нашриёти”, 2018 -
Б.268.
3
Азамат Зиё. Ўзбек давлатчилиги тарихи. -T.: “Шарқ”, 2000. -Б.106.