O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Buxoro Davlat Universiteti



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/97
tarix01.01.2022
ölçüsü0,73 Mb.
#107127
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   97
ozbekiston davlat muassasalari tarixi v-xiv

Amiri-shikor-sulton  ovlarini  tashkil  etuvchi  va  boshqaruvchisi 
lavozimi. 
Tashtdor-sulton hammomlari va hovuzlarining boshlig’i. Uning 
qo’l ostida bir necha g’ulom bo’lgan. Tashtdorlar sultonga juda yaqin 
odamlar  bo’lgan.  Ayrim  sultonlar  tashtdorlarga  malik  unvonini  ham 
berishgan. Ayrim tashtdorlar hatto o’n ming askarlarga boshchilik qilib, 
harbiy  yurishlarga  ishtirok  etganlar,  ba’zilari  esa  sultonning  shaxsiy 
elchisi  vazifasini  ham  bajargan  deb  A.  Sagdullayevning  O’zbekiston 
tarixi:  davlat  va  jamiyat  taraqqiyoti  kitobida  ko’rsatib  o’tilgan. 
Hukmdor unga o’zining eng maxfiy fikrlarini ham izhor qilish mumkin 
edi.    Saroydagi  xuddi  mana  shunday  tashtdor  mavqeiga  erishganda, 
unga  mazkur  mansabga  viloyatda  mutanosib  keluvchi  shihnalik. 
Chunki  tashtdor  xizmat  bilan  bog’liq  barcha  xarajatlar  Xorazm 
viloyatidan tushadigan soliqlar bilan qoplangan.
1
 
Sharobdor-sulton  sharobxonasining  boshlig’i.  Sharobxonada 
turli  sharoblar  tayyorlash  bilan  birga  shirin  ichimliklar  tayyorlash 
uchun shakar ham saqlangan. Sharobdorlar amirlar orasidan tayinlanib, 
uning qo’l ostida bir nechta g’ulomlar bo’lgan. 
Qissador-bir  hafta  davomida  sulton  nomiga  yozilgan  ariza  va 
iltimosnomalarni  yig’ib  payshanbadan  jumaga  o’tar  kechasi  sultonga 
topshirgan.  Juma  kuni  esa  sultonning  javobini  ariza  egalariga 
yetkazgan. Xorazmshohlar saroyida qissador eng obro’li mansablardan 
biri hisoblangan. 
                                                           
 
1
 Эшов.Б. Ўзбекистон давлатчилиги ва бошқаруви тарихи. -T.: 2012. -Б.194. 


82 
 
Chashnegir(bakovul)-u dasturxon yozilganda sulton taomlaridan 
zaharlanmasligi  uchun  o’zi  birinchi  bo’lib  tatib  ko’rar  edi.  Bundan 
tashqari sulton sharobini tatib ko’ruvchi deb An-Nasoviyning asaridan 
keltirib o’tilgan. 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin