O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Buxoro Davlat Universiteti


Davlatdagi devon nomlari va uning vazifalari



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/97
tarix01.01.2022
ölçüsü0,73 Mb.
#107127
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   97
ozbekiston davlat muassasalari tarixi v-xiv

Davlatdagi devon nomlari va uning vazifalari. 
 
Buyuk  devon  yoki  Devoni  oliy-hukumat  idorasining  eng  oliy 
organi  bo’lgan.  Buyuk  devon  davlat  ishlari  muhokama  etilgan  va 
qarorlar  chiqarilgan  bir  kengashdir.  Biroq  shunisi  shubhasizki,  uzil-
kesil qarorni sultonning o’zi chiqargan. Viloyatlarning noib va vazirlari 
Buyuk  devonga  bog’liq  bo’lgan.  Sultonning  amri  bilan  yuqorida 
nomlari  tilga  olingan  maqom  egalari  ustidan  Buyuk  devonda  taftish 
o’tkazilishi mumkin edi. 
 
Devoni  insho-davlatning  tashqi  va  ichki  ishlari  yuzasidan 
vasiqalar hozirlash, aloqani boshqarib turish shu tashkilotning vazifasi 
edi.  Bu  devonning  boshlig’i  “munshiy”  deyilgan.  Shifrlangan 


85 
 
maktublarni yozish va o’qish munshiyning vazifalaridan edi. Bundan 
tashaqari,  munshiy  sultonning  maktublarini  ham  yozib  borgan. 
Munshiyga “sohibi devoni insho” ham deyilgan. 
 
Devoni  istifo-bu  devonda  davlatning  butun  moliyaviy  ishlarini 
yuritgan va boshqarib turgan. 
 
Devoni  ishraf-bu  devon  davlat  idoralarini  taftish  qilib  turgan. 
Boshlig’iga “sohibi devoni ishraf” yoki “mushrif” deyilgan. 
 
Devoni  arz-bu  tashkilot  qo’shin  boshqaruvi,  harbiylarning 
iqtolari,  daromadlari,  maoshlari  va  harbiy  qismlarga  anjomlarining 
qaydi  va  nazorati  bilan  shug’ullangan.  Bu  devonning  boshlig’iga 
“sohibi devoni arz” yoki “ariz” ham deyilgan. 
 
Devoni  nazr-moliyaviy  masalalar  bilan  shug’ullangan.  Devoni 
nazrning boshlig’iga “nozir” deyishgan. 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin